Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarining 2.177*-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 105]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 2-apreldagi 01/2-7-sonli “SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (hisob raqami 249, 06.05.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga asosan buyuraman:
1. SHNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarning 2.177*-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.177*. Issiq suv taʼminoti maqsadlari uchun tom tepasiga oʻrnatiladigan quyosh kollektorlarini qoʻllash tavsiya etiladi. Bunda, quyosh kollektorlari QMQ 2.04.16 ga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
Quyosh kollektorlari bino fasadlarida qoʻllanilganda, ularni oʻrnatish uchun mahkamlash joylari nazarda tutilishi kerak.
Quyosh kollektorlarini tom tepasiga, fasadlarga yoki yer sathiga joylashtirish joyini tanlash loyiha topshirigʻiga asosan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Jamoat binolari va inshootlarini loyihalashtirishda yilning iliq davrida issiq suv taʼminotining kamida 25 foiz miqdorini, taʼlim tashkilotlari hamda davolash-profilaktika muassasalari binolarida issiq suv taʼminotining kamida 50 foiz miqdorini quyosh kollektorlarini qoʻllagan holda qoplash nazarda tutiladi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-avgust,
145-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
2022-yil 15-avgust
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOSHKULOV
2022-yil 11-avgust
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. INOYATOV
2022-yil 15-avgust
Maktabgacha taʼlim vaziri A. SHIN
2022-yil 9-avgust
Energetika vazirning birinchi oʻrinbosari A. AXMEDXADJAYEV
2022-yil 10-avgust
Xalq taʼlimi vaziri B. SAIDOV
2022-yil 16-avgust