19.08.2022 yildagi 463-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻining kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻining kengaytirilishi munosabati bilan ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etishga yagona yondashuv belgilandi, ushbu maktablar tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda taʼlim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash jarayonlarining yagona tizimi joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2022-yil 1-sentabrga qadar 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni, 141 ta ixtisoslashtirilgan maktablarni, 2023-yil 1-iyunga qadar 5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish hamda 2022 — 2024-yillarda 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni qurish belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, kelgusida ixtisoslashtirilgan yangi maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faqat Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilib, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi fanlar chuqur oʻqitiladigan maktablar hamda maktab-internatlar bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim maktablari sifatida qayta tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari uchun davlat taʼlim standarti, oʻquv rejalari, taʼlim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda ularni xarid qilish, ushbu Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish va taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifalari sifatida belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi muassasalar soni koʻpayganligi, markaziy apparati tuzilmasida yangi boʻlimlar ochilganligi hamda umumiy cheklangan shtat birliklari soni belgilanganligi, hududiy boʻlimlar tashkil etilganligi, bolalarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini koʻrsatuvchi autsorserlar tanlovini oʻtkazuvchi komissiya tarkibi oʻzgarganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkiliy tuzilmasiga Agentlik markaziy apparatida Sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish shuʼbasi, Ichki audit xizmati, Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash boʻlimini, shuningdek, Agentlikning har biri 4 ta shtat birligidan iborat 13 ta hududiy boʻlimlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarining davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga belgilangan imtiyozlar asosida qabul qilinishini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi fanlar chuqur oʻqitiladigan maktablar hamda maktab-internatlarni bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim maktablari sifatida qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifalarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori X.Oʻ. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) II bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 22-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 28, 33 va 34-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Agentlikning tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning markaziy apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident maktablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lardagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi maktablar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boʻlimlari boshliqlari komissiya raisi hisoblanadi hamda komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi maktablar uchun Agentlik direktori oʻrinbosari komissiya raisi hisoblanadi va komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi toq sonli aʼzolardan iborat boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, hududlarda tegishlicha ularning hududiy boshqarmalarining 2 nafar xodimlari hamda Agentlik markaziy apparatining 1 nafar xodimidan tashkil topadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 7-dekabrdagi 741-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qaror nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 11-bandiga muvofiq Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta nomlanganligi, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanganligi hamda tuzilmasi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari uchun davlat taʼlim standarti, oʻquv rejalari, taʼlim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, oʻqituvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash va sertifikatlashni xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi va uning faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ustav fondi miqdori Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari, professor-oʻqituvchilari hamda metodistlariga Davlat test markazining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan, shu jumladan, taʼlim xizmatlaridan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)