1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.03 (Кучини йукотган) Litseylar, kollejlar / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishi uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada mustahkamlash, ularning taʼlim-tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xotin-qizlar orasidagi ishsizlik darajasini keskin kamaytirish uchun ularni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitishga keng jalb etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori 3-bandiga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakli boʻyicha talaba xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari uchun 14 foiz stavkasida taʼlim krediti ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim kreditining asosiy qarzini kredit oluvchi tomonidan taʼlim tashkilotida taʼlimning tegishli turi boʻyicha rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim kreditining foiz toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan talaba xotin-qizlarga taʼlim kreditlari uchun depozit mablagʻlarini joylashtirishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan taʼlim kreditlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari ularning filiallarida), shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavriat, magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan yoki tavsiya etilgan, oʻqishini koʻchirgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talaba xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan limit doirasida mablagʻlar yetarli boʻlmagan holatlarda, shuningdek, kontrakt toʻlovlari qoplab berilmagan talaba xotin-qizlarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda taʼlim kreditlari, shu jumladan, toʻlov-kontrakt asosida talaba xotin-qizlar tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratishning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
457-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi 457-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom qoidalari tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taʼlim kreditlarini berish tijorat banklari tomonidan ularning qaytarilishi, toʻlovliligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan respublikadagi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallarida) (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) hamda qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavriat, shuningdek, magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek, oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talaba xotin-qizlarga (keyingi oʻrinlarda — kredit oluvchi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush oʻrtogʻi) yoki uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti shartnomasida qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim kreditining asosiy qarzi kredit oluvchi tomonidan taʼlim tashkilotida taʼlimning tegishli turi boʻyicha rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qarz oluvchiga taʼlim krediti 14 foiz stavkasida ajratiladi va kredit foiz stavkalarini qoplash Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklarining talabnomasiga muvofiq har uch oyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlari va taʼlim krediti uchun ularga depozitlarni joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun depozitlarni joylashtirishda tijorat banklariga nisbatan quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankida taʼlim kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poorʼs” reyting agentliklarining “V” darajasidan yoki “Moodyʼs Investors Service” reyting agentligining “V2” reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy xulosasining mavjudligi. Agar tijorat banki uch yildan kam muddat faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, tijorat bankining faoliyat yuritgan yillar uchun moliyaviy hisobotlari boʻyicha auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankining regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan joylashtirilgan depozitlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan taʼlim krediti berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni murojaat etuvchi tijorat banklaridan, mazkur bandning yettinchi xatboshisida keltirilgan maʼlumotlarni Markaziy bankdan belgilangan tartibda soʻrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tijorat banklarining muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar Jamgʻarma tomonidan besh ish kunida ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari va Moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim kreditlari uchun depozit joylashtirish yuzasidan Bosh bitim (keyingi oʻrinlarda — Bosh bitim) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizom doirasida joylashtirilgan depozit tijorat bankining birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklari ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida tegishli tijorat banklari yozma tarzda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi doimiy ravishda ushbu Nizom doirasida Moliya vazirligi bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banklari tomonidan taʼlim krediti olish istagini bildirgan kredit oluvchilar reyestri shakllantiriladi va ushbu reyestr asosida taʼlim krediti uchun depozit olish maqsadida Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning taʼlim kreditiga boʻlgan talabini oʻz vaqtida qondirish maqsadida tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomda belgilangan shartlarda ajratilgan taʼlim kreditlari Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan depozit hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taʼlim tashkilotlari oʻquv yili davomida toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma buyurtmanomalar tushgan kundan boshlab besh ish kunida tijorat banklari va Moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim krediti uchun depozit joylashtirish boʻyicha depozit shartnomasi imzolanib, tegishli mablagʻlar tijorat banklarining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bosh bitimga muvofiq Jamgʻarma depozitni tijorat banklariga 10 foiz stavkada joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Taʼlim kreditini rasmiylashtirish va ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taʼlim krediti olish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/faktura (mavjud boʻlganda). Shartnoma (kontrakt)da oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tijorat bankining kredit siyosatiga muvofiq taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar xotin-qizlari uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kredit oluvchi ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlarni tijorat bankiga taqdim etish bilan bir vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni shaxsan koʻrsatadi. Tijorat banki taqdim etilgan hujjatlardan zarur koʻchirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tijorat banki kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti berishni soʻrab taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqib, taʼlim krediti shartnomasini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom va tijorat bankining kredit siyosati talablariga muvofiq boʻlmagan holatlarda tijorat banki tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda ariza beruvchiga kredit berishni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda javob xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Taʼlim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt)da koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda keyingi oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnomada belgilangan toʻlov miqdori va taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi arizadan kelib chiqib kredit miqdori taʼlim krediti shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv imzolash orqali oshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tijorat banklari tomonidan taʼlim kreditini ajratish kredit oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning shaxsiy yozma topshirigʻi asosida kredit oluvchi va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/fakturada koʻrsatib oʻtilgan hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Taʼlim kreditini qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taʼlim kreditining asosiy qarz toʻlovlari kredit oluvchi tomonidan taʼlim krediti shartnomasida koʻrsatilgan shartlarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) taʼlim krediti boʻyicha asosiy qarzni taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kredit oluvchi taʼlim krediti boʻyicha asosiy qarzni taʼlim krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, tijorat banki taʼlim krediti boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarni oʻzining ichki hujjatlariga asosan qaytarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kredit oluvchi taʼlim krediti boʻyicha asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmagan taqdirda, tijorat banki kredit shartnomasiga asosan muddati oʻtgan qarz boʻyicha neustoyka yoki boshqa turdagi jarima hisoblashi va ushbu neustoyka (jarima) summasini qarz oluvchidan (birgalikda qarz oluvchidan) undirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻyicha hisoblangan neustoyka (jarima) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bosh bitimga muvofiq tijorat banklari qarz oluvchilarga ajratilgan taʼlim kreditlari foizlarini qoplash yuzasidan talabnomani shakllantirib, Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamgʻarma tomonidan har uch oyda tijorat banklari tomonidan berilgan talabnomaga muvofiq besh ish kunida tijorat banklarida ochilgan alohida hisobvaragʻiga taʼlim krediti foizlarini qoplash uchun tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan taʼlim krediti uchun depozitni qaytarish tijorat banklari va Moliya vazirligi oʻrtasida tuzilgan depozit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tijorat banklari
Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) taqdim etadi.
Yil davomida
2-bosqich
Jamgʻarma
Tijorat banklari ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganiladi.
Tijorat banklari belgilangan mezonlarga muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida yozma tarzda xabardor qilinadi.
5 ish kunida
3-bosqich
Moliya vazirligi
Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari va Moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim kreditlari uchun depozit joylashtirish yuzasidan Bosh bitim (keyingi oʻrinlarda — Bosh bitim) tuziladi.
Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining roʻyxati Moliya vazirligining va boshqa rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinadi.
Oʻzaro kelishuvga muvofiq
4-bosqich
Kredit oluvchi
Eʼlon qilingan roʻyxatdagi istalgan tijorat bankiga taʼlim krediti berishni soʻrab ariza va unga ilova qilgan holda tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
5-bosqich
Tijorat banklari
Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, kredit shartnomasini imzolaydi yoki kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ariza beruvchiga bu haqida aniq sabablarini koʻrsatgan holda javob xati yuboradi.
5 ish kunida
6-bosqich
Tijorat banklari
Kredit oluvchilar reyestrini shakllantiradi va ushbu reyestrlar asosida taʼlim krediti uchun depozit olish maqsadida Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim qiladi.
Bosh bitimda koʻrsatilgan muddatlarda
7-bosqich
Jamgʻarma
Tijorat banklari va Moliya vazirligi oʻrtasida taʼlim krediti uchun depozit joylashtirish boʻyicha depozit shartnomasi imzolanib, tegishli mablagʻlar tijorat banklarining hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishini taʼminlaydi.
Buyurtmanomalar tushgan kundan boshlab 5 ish kunida
8-bosqich
Tijorat banklari
Taʼlim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt)da koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
5 ish kunida
9-bosqich
Tijorat banklari
Bosh bitimga muvofiq tijorat banklari qarz oluvchilarga ajratilgan taʼlim kreditlari foizlarini qoplash yuzasidan talabnoma shakllantirib, Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Har uch oyda
10-bosqich
Jamgʻarma
Tijorat banklari tomonidan berilgan talabnomaga muvofiq besh ish kunida tijorat banklarida ochilgan alohida hisobvaraqqa taʼlim krediti foizlarini qoplash uchun tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi.