11.08.2022 yildagi PF-189-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish, sanitar tozalash korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash va sohaga davlat-xususiy sheriklik joriy etilishini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik subyektlari — sanitar tozalash korxonalaridan (davlat unitar korxonalari bundan mustasno) undiriladigan quyidagi majburiy toʻlovlar bekor qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlariga sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanitar tozalash korxonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sohada uzoq muddatli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-yanvarga qadar asosiy faoliyati chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash hisoblangan tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qoʻllanilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sherikka berish muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytirilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtotransport vositalari va texnikalari baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur jarayonda hisoblanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq organlarini xabardor qilgan holda Soliq kodeksida belgilangan foizlar hisoblanib, 3 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maishiy, qurilish va tibbiyot chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinishi boʻyicha imtiyozlari 2025-yil 1-avgustga qadar uzaytirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari boʻlgan sanitar tozalash korxonalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kreditlari boʻyicha 50 foizgacha (50 foiz ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafilliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvarga qadar investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha “2+1” tamoyili asosida kompensatsiyalar taqdim etilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qonunchilik hujjatlarida belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat ekologiya qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik nazoratini ragʻbatlantirish va qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini quyidagicha isloh qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan yuritiladigan “Yashil makon” va boshqa platformalardan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda ularni sohada amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami va natijalari toʻgʻrisida muntazam xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga tegishli hududda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I — IV toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi obyektlarda belgilangan tartibda olib boriladigan ekologik nazorat tadbirlarida ishtirok etish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi yoki u vakolat bergan boshqa masʼul shaxslar tomonidan guvohnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini ularning faoliyati natijalariga koʻra “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlariga mahallalarda ekologik nazoratni amalga oshirish boʻyicha quyidagi vazifa va vakolatlarni berish orqali “Ekologik patrul” ishlash tizimini kengaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek, brakonyerlikka qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar hamda brakonyerlikka qarshi kurashish boʻyicha bevosita maʼmuriy javobgarlikka tortish va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik holatlarini aniqlashi va zarur choralar koʻrishi natijalariga koʻra Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari, Patrul-post xizmati xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 30 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat ekologiya qoʻmitasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini uning qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi haqida foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yuritish billing tizimi orqali xabardor qilish tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi hamda foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yuritish billing tizimi oʻzaro uygʻunlikda ishlashini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur tizim joriy etilishi, shu jumladan texnik va dasturiy taʼminot, zarur uskunalar xaridi hamda serverlar yangilanishi bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi quriladigan koʻp kvartirali uylarni chiqindi toʻplash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi quriladigan koʻp kvartirali uylarning chiqindi toʻplash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi toʻplash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi yangi qurilgan koʻp kvartirali uylar chiqindi toʻplash joylari belgilanmasdan foydalanishga qabul qilinmasligini qatʼiy nazoratga olsin va taʼminlab borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-oktabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda aholiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlarni barcha mavjud toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-noyabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi va “Xorijga chiqish pasporti” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda sanitar tozalash sohasida boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-189-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan” soʻzlari “bevosita” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5580-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning “a”, “b” va “d” kichik bandlari, 3-band hamda 6-bandning “g” kichik bandi, shuningdek, Farmonga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay Markazning maxsus tranzit bank hisob raqamlariga toʻlanadi va uning maxsus bank hisob raqamida jamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Markazning maxsus bank hisob raqamida jamlangan mablagʻlar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar haqini sanitar tozalash korxonalariga markazlashgan tartibda toʻlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sanitar tozalash korxonalariga — ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarning 100 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash davlat korxonalariga — ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy toʻlovlarning 90 foizi miqdorida yoʻnaltiriladi. Bunda, qolgan mablagʻlar Markaz va uning hududiy filiallari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-son Farmoni 11-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aholidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovlar ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazida yuritiladigan yagona billing tizimida aks etgan holda, qoida tariqasida, elektron toʻlov tizimlari orqali yigʻiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari boʻyicha toʻlovlar va qarzdorliklarning hisobini yagona billing tizimida yuritish, shuningdek, qarzdorliklarni sud orqali undirish Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining hududiy filiallari tomonidan amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilovaning 38-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2966-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovadagi “Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi milliy tabiat bogʻi — 4, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi — 10” blokidagi “milliy tabiat bogʻi — 4” soʻzlari “milliy tabiat bogʻi — 8” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va boshqarmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomi

Soni

(birlik)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

1

Respublika tashkilotlari

2.

“Oʻrmonloyiha” loyihalash instituti

1

3.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

1

4.

Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi

1

5.

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi

1

6.

“Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasi

1

7.

“Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasi

1

8.

Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi

1

Jami

7

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari

9.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi

1

10.

Buxoro viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

11.

Jizzax viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

12.

Qashqadaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

13.

Navoiy viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

14.

Namangan viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

15.

Samarqand viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

16.

Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

17.

Toshkent viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

18.

Fargʻona viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

1

Jami

10

Milliy tabiat bogʻlari

19.

Zomin milliy tabiat bogʻi

1

20.

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi

1

21.

“Orolqum” milliy tabiat bogʻi

1

22.

“Orolboʻyi” milliy tabiat bogʻi

1

23.

“Pop” milliy tabiat bogʻi

1

24.

“Omonqoʻton” milliy tabiat bogʻi

1

25.

“Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi

1

26.

“Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻi

1

Jami

8

Davlat oʻrmon xoʻjaliklari

27.

Boʻzatov davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

28.

Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

29.

Xoʻjayli davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

30.

Nukus davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

31.

Taxtakoʻpir davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

32.

Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

33.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

34.

Ellikqalʼa davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

35.

Chimboy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

36.

Toʻrtkoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

37.

Qoraoʻzak davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

38.

Nukus ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

39.

Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

40.

Buxoro davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

41.

Jondor davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

42.

Olot davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

43.

Qorakoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

44.

Qizilqum davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

45.

“Neftchi” davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

46.

Shofirkon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

47.

Qorovulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

48.

Gʻijduvon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

49.

Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

50.

Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

51.

Zomin davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

52.

Forish davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

53.

Xoʻjamushkent davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

54.

Qashqadaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

55.

Qamashi davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

56.

Muborak davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

57.

Kitob davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

58.

Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

59.

Jovuz davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

60.

Shoʻrtan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

61.

Qumdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

62.

Navoiy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

63.

Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

64.

Konimex davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

65.

Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

66.

Uchquduq davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

67.

Tomdi davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

68.

Navbahor davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

69.

Namangan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

70.

Kosonsoy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

71.

Oʻrtaorol davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

72.

Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

73.

Paxtachi davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

74.

Saroyqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

75.

Kattaqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

76.

Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

77.

Oqdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

78.

Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi

1

79.

Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

80.

Surxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

81.

Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

82.

Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

83.

Uzun davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

84.

Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

85.

Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

86.

Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

87.

Saksonota davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi

1

88.

Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

89.

Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

90.

Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

91.

Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

92.

Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

Jami

66

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari

93.

Qorakoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

94.

Yakkabogʻ ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

95.

Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

96.

Hisor ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

97.

Quyichirchiq ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

98.

Shahrisabz ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

99.

Shumanay ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

100.

Qonlikoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

101.

Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

102.

Gʻallaorol ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

103.

Kogon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

104.

Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

1

105.

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi (hududiy (tuman) mansubligi boʻyicha)

1

Jami

13

Davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklari

106.

Qoʻngʻirot davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

107.

Qozoqdaryo davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

108.

Qorakoʻl davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

109.

Qolgansir davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

110.

Dalvarzin davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

111.

Qorovulbozor davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

112.

Forish davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

113.

Muborak davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

114.

Nurota davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

115.

Xorazm davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi

1

Jami

10

Ilmiy-tajriba stansiyalari

116.

Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi

1

117.

Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi

1

118.

Qoʻqon ilmiy-tajriba stansiyasi

1

119.

Qoraqum ilmiy-tajriba stansiyasi

1

120.

Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasi

1

Jami

5

Boshqalar

121.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali

1

122.

Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi

1

123.

Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsion markazi

1

Jami

3

Hammasi

123

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3956-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-band, 5-bandning “b” kichik bandi, shuningdek, qarorga 6 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Tovarlarni (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan mablagʻlar, Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning tuzilmaviy boʻlinmalariga Markaz bilan xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) uchun tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4845-son qarori 1-bandi “a” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat korxonalari hisobidagi chiqindi poligonlari, bino va inshootlar, shu jumladan chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash konteynerlari (oʻzaro kelishuv boʻyicha boʻlib toʻlash tartibida sotib olingan konteynerlar bundan mustasno) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishi uchun, mazkur obyektlarni joriy va kapital taʼmirlash, uskunalarni ishchi holatda saqlash, ushbu mulklar boʻyicha belgilangan soliqlarni toʻlash hamda chiqindilar bilan bogʻliq infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha texnologiyalarni tatbiq etgan holda qoʻshimcha ravishda kapital qoʻyilmalar va investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatga begʻaraz foydalanishga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari xususiy sherikka 10 yil muddatga bir yil imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda sotiladi hamda loyiha yakuni boʻyicha toʻlovlar toʻliq toʻlab boʻlinganidan soʻng ularni tasarruf etish huquqi xususiy sherikka oʻtkaziladi;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oqtogʻ” davlat qoʻriqxonasi**” bloki “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasi**” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi*” bloki “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hamda uning hududiy filiallari*” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari*” bloki chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

21.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha undiriladigan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun undirilgan kompensatsiya toʻlovlari summasi

26

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 39-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

39.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan tashqari) uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari)tomonidan undiriladigan jarimalar summasi

30

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 95-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning yettinchi xatboshisidagi, 25-bandning ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 31-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 37-banddagi “istiqomat qiluvchi” soʻzlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 35, 36 va 38-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 39-bandning ikkinchi xatboshisidagi “abonentlar va birga istiqomat qiluvchi shaxslarning” soʻzlari “abonentlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur ilovaning 10-bandi 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 27.09.2023-y., 06/23/161/0728-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)