05.07.2022 yildagi KQ-380-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda muhokama qilishda senatorlarning ishtirokini kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda dunyoda yuz berayotgan pandemiya sinovlari, iqtisodiyot sohasidagi mavjud qiyinchiliklar va boshqa muammolarga qaramasdan, hududlarning barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlash, ularni kompleks rivojlantirish maqsadida mamlakatimizga investitsiyalarni keng jalb qilish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli qarori bilan kelgusi besh yilda 70 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-sonli qarori bilan qishloq va mahallalarni yanada obod qilish, joylarda qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan 2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga oliy darajadagi tashriflari davomidagi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlardagi investitsiya loyihalari ijrosi ustidan parlament nazorati yoʻlga qoʻyilib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlari Senat qoʻmitalari majlislarida doimiy ravishda muhokama qilib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida investitsiya loyihalari ijrosini toʻliq va sifatli taʼminlashda bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashriflari davomida rejalashtirilgan umumiy qiymati 608,3 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 49 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya boʻyicha qabul qilingan umumiy qiymati 4 mlrd 393 mln AQSh dollari miqdoridagi 40 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishga yetarli eʼtibor qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, respublika investitsiya dasturiga koʻra (PQ-4563 09.01.2020) Xorazm viloyatida umumiy qiymati 418 mln AQSh dollari miqdoridagi 14 ta investitsiya loyihasidan 12,0 mln AQSh dollari miqdoridagi 2 ta loyiha muddatidan kechiktirib bajarilgan boʻlsa, 2,5 mln dollarlik 1 ta loyiha istiqbolsiz deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlarning yuzaga kelishi hududlarni rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan ustuvor investitsiya loyihalarini aniqlash strategiyasi mavjud emasligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va yoʻlga qoʻyishda, yaʼni loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida haligacha byurokratik toʻsiqlar yuqori darajada saqlanib qolgan, buning oqibatida loyihani moliyalashtirish, mablagʻlarni oʻzlashtirish va belgilangan muddatlarda ishga tushirishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Navoiy viloyati Zarafshon shahrida “Zarafshon Oyna” MChJning float texnologiyasi asosida kvars xomashyosidan shisha ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi tomonidan mazkur zavodni qabul qilib olish boʻyicha dalolatnomaning rasmiylashtirilishi rad etilgan. Bunda zavodni qabul qilib olish boʻyicha xulosa uchun toʻlanadigan yirik miqdordagi summani (887,1 mln soʻm) tadbirkor bir yoʻla toʻlay olmaganligi sabab boʻlgan. Bu boʻyicha Senatning Hukumatga tegishli murojaati kiritilganidan soʻng tadbirkor uchun yengillik yaratilib, mazkur summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda senatorlar tomonidan olib borilgan oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, davlat organlari investitsiya loyihalarini tayyorlash va ijrosini taʼminlash jarayonida koʻp hollarda ishga yuzaki yondashmoqda, ularda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tashabbuskorlik sezilarli darajada kuzatilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo hamkorlik tizimining pastligi sababli ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari ijrosini taʼminlash boʻyicha nazorat tizimi talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, hududlarni rivojlantirish dasturlari va investitsiya dasturlarining shakllantirilishi va muhokama jarayonlarida mazkur hududdan saylangan senatorlarning ishtiroki sustligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika miqyosidagi muhokamalar esa hududlardagi muammolarni yaqindan biladigan xalq vakillari (senatorlar) ishtirokisiz oʻtkazilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda muhokama qilishda hududlardan saylangan senatorlarning ishtirokini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlash, kompleks rivojlantirish choralari samaradorligini yanada oshirish maqsadida hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlarini ishlab chiqishga oid yagona tartibni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda davlat investitsiya dasturini shakllantirish va muhokama jarayonlarida tegishli hududdan saylangan Senat aʼzolari bilan hamkorlik qilish va ularning ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman va shaharlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va ularga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalariga yaqindan koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va ular doirasida mablagʻlar oʻzlashtirilishining doimiy monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, mahalliy sanoatni rivojlantirish maqsadida tumanlar (shaharlar) salohiyatidan kelib chiqib, ustuvor va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda investitsiyalarni jalb qilishga toʻsiq boʻlayotgan holatlarni bartaraf etish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda investitsiyalarni jalb qilish orqali iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy strategik yoʻnalishlarini, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda doimiy ishtirok etsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlarida belgilangan har bir loyihani joyiga chiqqan holda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish jarayonida investitsiya loyihalarini, xususan ishlab chiqarish kuchlari, infratuzilma va turar joylarni hududga tabiiy, iqtisodiy, arxitektura-qurilish, shuningdek, isteʼmol bozori kabi omillarni inobatga olgan holda maqbul joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli loyihaning mahalliy Kengashlar sessiyalaridagi muhokamalarida faol qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash tomonidan maʼqullangan va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan dasturlar loyihalarini koʻrib chiqish uchun Hukumat tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh ishida hududlar manfaatlaridan kelib chiqib, dasturlardagi har bir loyihaning tasdiqlanishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularni yanada rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy oʻrganib borish va bu borada parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda investitsiya dasturlari bajarilishini tahlil qilib borish, investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududga investitsiya jalb etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha hokimliklar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini oʻrganishda deputatlik nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan prognoz limitlari oʻz vaqtida taqdim etilishi, shuningdek, loyihalarning markazlashtirilgan manbalar hisobidan toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashlar sessiyalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan masʼul davlat organlari hududiy boʻlinmalari rahbarlarining axborotini eshitish va muhokama qilish, hududlarning salohiyatini oʻrganish natijasida hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish hamda ishlab chiqish jarayonlarida Senat aʼzolari bilan hamkorlik qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi mazkur Kengash qarori yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida joriy yilning 1-noyabriga qadar Senat Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-380-IV-son