Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2022-yil 20-iyul kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida;
“Oʻzbekistonning turizm salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan ekoturizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A. Abduxakimovning javobi haqida;
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B. Saidovning axborotini eshitish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-iyul,
2322-IV-son