Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
2. “Oʻzbekistonning turizm salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan ekoturizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A. Abduxakimovning javobi haqida.
3. “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B. Saidovning axborotini eshitish haqida.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-iyul,
2323-IV-son