Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-882-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”)
(“Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi QL-882-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
2288-IV-son