Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli bajarilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, qoʻmitalari (komissiyalari) raislari, Devoni rahbari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat va monitoring boʻlimi (A. Abdukodirov) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridagi chora-tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlarni amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-iyul,
2326-IV-son