Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qoʻshma Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-iyul,
2328-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 20-iyul,
SQ-581-IV-son