Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ayrim qonun loyihalarini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlariga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 25-fevralda qabul qilingan “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-874-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida”gi 1881-IV-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 2, 134-modda) 2-bandidagi “ikki oy” degan soʻzlar “besh oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-883-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida”gi 1925-IV-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 233-modda) 2-bandidagi “uch oy” degan soʻzlar “besh oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 29-martda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi QL-888-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 1988-IV-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 268-modda) 2-bandidagi “uch oy” degan soʻzlar “besh oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 31-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-910-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 2169-IV-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 5, 494-modda) 2-bandidagi “ikki oy” degan soʻzlar “toʻrt oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qonun loyihalarini koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihalarini belgilangan muddatlarda maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
2290-IV-son