25.07.2022 yildagi 2348-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2022-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirishga, qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini hududlarda nazorat-tahlil tartibida oʻrganishga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sanoat, qurilish va savdo sohalarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning huquqiy asosini takomilashtirishga qaratilgan 9 ta qonun loyihasiga Qoʻmita masʼul boʻlib, shundan 4 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish haqida”gi, “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini va huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqqan holda oʻrganish, qonunlarning amaliyotda qoʻllanilishiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida 6 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 8-aprel kuni “Hududgaztaʼminot” AJ raisining aholini barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlash, gaz taʼminoti tizimidagi raqamli transformatsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish, shuningdek sohani yanada takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti Qoʻmita majlisida eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek 19-may kuni Qoʻmitaning Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan qoʻshma yigʻilishida Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining, shuningdek Jizzax va Fargʻona viloyatlari hokimliklarining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan axboroti eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Qonunchilik palatasining 2 ta va Qoʻmitaning 6 ta qarori ijrosiga doir masalalar tahliliy oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 6 ta davra suhbati, 7 ta seminar, 1 ta konferensiya tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita nomiga yuborilgan 307 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan hamda fuqarolar tomonidan koʻtarilgan muammolarni hal etish uchun mutasaddi vazirliklar va idoralarga kiritilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 1 363 ta chiqish tashkil etildi. Shundan bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar 154 tani tashkil etadi, televideniyeda 102 ta, radio kanallarida 23 ta hamda ijtimoiy internet tarmoqlarda 1 084 ta chiqish qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili uning faoliyatida ayrim jihatlarga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozimligini koʻrsatmoqda. Xususan, Qoʻmitaning sanoat, qurilish, transport, energetika, uy-joy kommunal, geologiya va savdo sohalariga oid qonun hujjatlarining joylardagi ijrosi taʼminlanishi ustidan taʼsirchan parlament va deputat nazoratini amalga oshirishga doir faoliyatini yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlash va ularni qonunlarda aks ettirish boʻyicha tashabbus bilan chiqish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazishda, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda doimiy ravishda keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmitaga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga toʻliq yechim topish borasida tegishli davlat organlari tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qonun hujjatlarining ijro etilishi holatining doimiy monitoringini yuritish va monitoring natijalarini Qoʻmitada muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan bandlarining ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2348-IV-son