Hujjat 10.11.2022 sanasi holatiga | Joriy versiya | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida | Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida | ||||||||||||||||||||||||
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda maʼqullangan | ||||||||||||||||||||||||
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar | ||||||||||||||||||||||||
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | ||||||||||||||||||||||||
2-modda. Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan mehnatga oid munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. | Davlat fuqarolik xizmatchilarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan mehnatga oid munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. | ||||||||||||||||||||||||
3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi | 3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi. | Ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Qonunning amal qilishi: | Ushbu Qonunning amal qilishi: | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati aʼzolarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining, sudyalarning va sud tizimi xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi aʼzolarining, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni oʻtayotgan davlat xizmatchilarining, shu jumladan harbiy xizmatchilarning; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati aʼzolarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining, sudyalarning va sud tizimi xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi aʼzolarining, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni oʻtayotgan davlat xizmatchilarining, shu jumladan harbiy xizmatchilarning; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi. | davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Qonunning 24 va 43-moddalari diplomatiya xizmati xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ushbu Qonunning 24 va 43-moddalari diplomatiya xizmati xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Qonunning 43-moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ushbu Qonunning 43-moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
4-modda. Asosiy tushunchalar | 4-modda. Asosiy tushunchalar | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | ||||||||||||||||||||||||
davlat organi — Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatiga kiritilgan davlat hokimiyat vakolatlariga ega boʻlgan tashkiliy jihatdan alohida tuzilma; | davlat organi — Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatiga kiritilgan davlat hokimiyat vakolatlariga ega boʻlgan tashkiliy jihatdan alohida tuzilma; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati — davlat xizmatining bir turi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlashga doir haq toʻlanadigan kasbiy faoliyatini ifodalaydi; | davlat fuqarolik xizmati — davlat xizmatining bir turi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlashga doir haq toʻlanadigan kasbiy faoliyatini ifodalaydi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi — davlat organining vakolatlarini lozim darajada amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bilimlar, malakalar va koʻnikmalar majmui; | davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi — davlat organining vakolatlarini lozim darajada amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bilimlar, malakalar va koʻnikmalar majmui; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati lavozimi — davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozim; | davlat fuqarolik xizmati lavozimi — davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozim; | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan rioya etilishi shart boʻlgan odob-axloq normalari majmui; | Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan rioya etilishi shart boʻlgan odob-axloq normalari majmui; | ||||||||||||||||||||||||
malaka talablari — davlat fuqarolik xizmatining muayyan malaka darajasi berilishi va (yoki) davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor boʻlayotgan nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablar. | malaka talablari — davlat fuqarolik xizmatining muayyan malaka darajasi berilishi va (yoki) davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor boʻlayotgan nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablar. | ||||||||||||||||||||||||
5-modda. Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari | 5-modda. Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: | Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi; | davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi; | ||||||||||||||||||||||||
qonuniylik; | qonuniylik; | ||||||||||||||||||||||||
adolatlilik; | adolatlilik; | ||||||||||||||||||||||||
xalqqa xizmat qilish; | xalqqa xizmat qilish; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼulligi; | davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼulligi; | ||||||||||||||||||||||||
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; | inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; | ||||||||||||||||||||||||
ochiqlik va shaffoflik; | ochiqlik va shaffoflik; | ||||||||||||||||||||||||
xolislik, professionallik va kompetentlik; | xolislik, professionallik va kompetentlik; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatiga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi; | davlat fuqarolik xizmatiga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi. | davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi. | ||||||||||||||||||||||||
2-bob. Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi | 2-bob. Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi | ||||||||||||||||||||||||
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari | 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti: | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi; | davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilaydi; | davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilaydi; | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari | 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | ||||||||||||||||||||||||
vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; | vazirliklarning va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi hamda ularni tasdiqlaydi. | davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi hamda ularni tasdiqlaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari | 8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). | ||||||||||||||||||||||||
Maxsus vakolatli davlat organi: | Maxsus vakolatli davlat organi: | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; | davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; | davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi; | davlat organlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarining monitoringi hamda tahlilini amalga oshiradi, shuningdek mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; | davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarining monitoringi hamda tahlilini amalga oshiradi, shuningdek mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi; | davlat organlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etadi; | davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etadi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning (eng muhim koʻrsatkichlariga oid) oʻlchanadigan indikatorlar tizimini joriy etadi va ularning natijalarini tahlil qiladi, jamoatchilik fikrini oʻrganadi hamda davlat organlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etadi; | davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning (eng muhim koʻrsatkichlariga oid) oʻlchanadigan indikatorlar tizimini joriy etadi va ularning natijalarini tahlil qiladi, jamoatchilik fikrini oʻrganadi hamda davlat organlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etadi; | ||||||||||||||||||||||||
kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtiradi; | kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtiradi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi va ularni izchil takomillashtirib boradi, davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsiga doir maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi; | davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi va ularni izchil takomillashtirib boradi, davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsiga doir maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashadi; | davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashadi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati sohasida chet davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, mazkur sohada Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda ishtirok etadi. | davlat fuqarolik xizmati sohasida chet davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, mazkur sohada Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda ishtirok etadi. | ||||||||||||||||||||||||
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
9-modda. Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari | 9-modda. Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organlari: | Davlat organlari: | ||||||||||||||||||||||||
davlat organlarida davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi; | davlat organlarida davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi; | ||||||||||||||||||||||||
kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha komissiyalarning faoliyatini tashkil etadi; | kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha komissiyalarning faoliyatini tashkil etadi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi; | davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashni, ularning malakasi oshirilishini va taʼlim olishini muntazam ravishda tashkil etadi. | davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashni, ularning malakasi oshirilishini va taʼlim olishini muntazam ravishda tashkil etadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlarni amalga oshirish maqsadida davlat organlarida kadrlar boʻlinmalari faoliyat yuritadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlarni amalga oshirish maqsadida davlat organlarida kadrlar boʻlinmalari faoliyat yuritadi. | ||||||||||||||||||||||||
3-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi | 3-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi | ||||||||||||||||||||||||
10-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi | 10-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan eʼtiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega boʻladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yoʻqotadi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan eʼtiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega boʻladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yoʻqotadi. | ||||||||||||||||||||||||
Qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni oʻtash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas. | |||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
11-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari | 11-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagi huquqlarga ega: | Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagi huquqlarga ega: | ||||||||||||||||||||||||
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; | oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; | ||||||||||||||||||||||||
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; | kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; | davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; | ||||||||||||||||||||||||
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; | mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; | ||||||||||||||||||||||||
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; | oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; | ||||||||||||||||||||||||
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; | mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; | ||||||||||||||||||||||||
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; | ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; | ||||||||||||||||||||||||
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat pensiya taʼminotini olish; | qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat pensiya taʼminotini olish; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; | davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish; | davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; | davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; | ||||||||||||||||||||||||
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish; | xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish; | ||||||||||||||||||||||||
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; | oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi; | davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi; | ||||||||||||||||||||||||
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; | qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; | ||||||||||||||||||||||||
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish; | oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilish; | davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilish; | ||||||||||||||||||||||||
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish. | oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
12-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari | 12-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi: | Davlat fuqarolik xizmatchisi: | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi; | Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi; | ||||||||||||||||||||||||
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etishi; | oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etishi; | ||||||||||||||||||||||||
ushbu Qonunda belgilangan, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi; | ushbu Qonunda belgilangan, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi; | ||||||||||||||||||||||||
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi; | manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda boʻlishdan tiyilishi; | davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda boʻlishdan tiyilishi; | ||||||||||||||||||||||||
oʻz xizmat mavqeyidan shaxsiy va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek oʻz xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymasligi; | oʻz xizmat mavqeyidan shaxsiy va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek oʻz xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymasligi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi, shuningdek oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida olingan mazkur maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugaganidan keyin oshkor etmasligi; | davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi, shuningdek oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida olingan mazkur maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugaganidan keyin oshkor etmasligi; | ||||||||||||||||||||||||
qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi; | qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi, oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi; | davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi, oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi; | ||||||||||||||||||||||||
oʻzining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart. | oʻzining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
13-modda. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar | 13-modda. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas: | Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas: | ||||||||||||||||||||||||
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; | oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno; | pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga; | tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga; | ||||||||||||||||||||||||
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno; | tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
oʻzi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega boʻlgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga; | oʻzi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega boʻlgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga; | ||||||||||||||||||||||||
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga; | oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga; | ||||||||||||||||||||||||
chet davlat fuqaroligini olishga; | chet davlat fuqaroligini olishga; | ||||||||||||||||||||||||
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga; | qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga; | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno; | Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno; | ||||||||||||||||||||||||
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga. | oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga. | ||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. | Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi shugʻullanishi mumkin boʻlmagan haq toʻlanadigan faoliyat turlari roʻyxati korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat fuqarolik xizmati boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi shugʻullanishi mumkin boʻlmagan haq toʻlanadigan faoliyat turlari roʻyxati korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat fuqarolik xizmati boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
14-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi | 14-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi), shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi), shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining harakatlari (harakatsizligi) oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sabab boʻldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs bunday harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. | Davlat fuqarolik xizmatchisining harakatlari (harakatsizligi) oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sabab boʻldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs bunday harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanib, ushbu zarar keyinchalik aybdor boʻlgan davlat fuqarolik xizmatchisidan undirib olinadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanib, ushbu zarar keyinchalik aybdor boʻlgan davlat fuqarolik xizmatchisidan undirib olinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organi rahbarining yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof topshirigʻini bajarish natijasida davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. Zarar miqdori qonunga xilof topshiriqni bergan davlat organi rahbaridan yoki mansabdor shaxsidan regress tartibida undiriladi. | Davlat organi rahbarining yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof topshirigʻini bajarish natijasida davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. Zarar miqdori qonunga xilof topshiriqni bergan davlat organi rahbaridan yoki mansabdor shaxsidan regress tartibida undiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
4-bob. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish | 4-bob. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish | ||||||||||||||||||||||||
15-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar | 15-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: | Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligi; | davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligi; | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash; | Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat oʻtkazilishini taʼminlash; | davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat oʻtkazilishini taʼminlash; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish; | davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovgʻalar olish va berish tartibini belgilash; | davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovgʻalar olish va berish tartibini belgilash; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, moddiy taʼminot olishini va ragʻbatlantirilishini taʼminlash. | davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, moddiy taʼminot olishini va ragʻbatlantirilishini taʼminlash. | ||||||||||||||||||||||||
Qonunchilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin. | Qonunchilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
16-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati | 16-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart. | Davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Agar davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar koʻrishi, shu jumladan yuqori turuvchi davlat organini (mansabdor shaxsini) yoki korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak. | Agar davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar koʻrishi, shu jumladan yuqori turuvchi davlat organini (mansabdor shaxsini) yoki korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
Korrupsiya faktlari toʻgʻrisida xabar bergan davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat himoyasi taʼminlanadi. | Korrupsiya faktlari toʻgʻrisida xabar bergan davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat himoyasi taʼminlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
17-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari | 17-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarida quyidagilar belgilanadi: | Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarida quyidagilar belgilanadi: | ||||||||||||||||||||||||
rahbarlar, boʻysunuvdagilar va boshqa davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasidagi oʻzaro axloqiy munosabatlar; | rahbarlar, boʻysunuvdagilar va boshqa davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasidagi oʻzaro axloqiy munosabatlar; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining ishchanlik obroʻsiga va davlat fuqarolik xizmatining nufuziga putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlar (harakatsizlik); | davlat fuqarolik xizmatchisining ishchanlik obroʻsiga va davlat fuqarolik xizmatining nufuziga putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlar (harakatsizlik); | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalari. | davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalari. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzish ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. | Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzish ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlarining kadrlar boʻlinmalari yoki odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlarining kadrlar boʻlinmalari yoki odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari qonunchilikda belgilanadi. Har bir davlat organi Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari asosida faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzining ichki odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi. | Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari qonunchilikda belgilanadi. Har bir davlat organi Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari asosida faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzining ichki odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi. | ||||||||||||||||||||||||
18-modda. Davlat fuqarolik xizmatida sovgʻalarga nisbatan munosabatda boʻlish shartlari | 18-modda. Davlat fuqarolik xizmatida sovgʻalarga nisbatan munosabatda boʻlish shartlari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila aʼzolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega boʻlgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila aʼzolariga) begʻaraz koʻrsatilgan xizmat sovgʻa hisoblanadi. | Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila aʼzolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega boʻlgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila aʼzolariga) begʻaraz koʻrsatilgan xizmat sovgʻa hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovgʻalar olish taqiqlanadi. Bundan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovgʻalar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovgʻalar mustasno. | Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovgʻalar olish taqiqlanadi. Bundan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovgʻalar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovgʻalar mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat safarlari vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovgʻalar olishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat safarlari vaqtida, shuningdek xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovgʻalar olishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
19-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi | 19-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi | ||||||||||||||||||||||||
Manfaatlar toʻqnashuvi davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz xizmat vakolatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda fuqarolarning, jamiyatning yoki davlat organining shaxsiy manfaatdorligi va huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatdir. | Manfaatlar toʻqnashuvi davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz xizmat vakolatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda fuqarolarning, jamiyatning yoki davlat organining shaxsiy manfaatdorligi va huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatdir. | ||||||||||||||||||||||||
Manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi oʻzining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerak. | Manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi oʻzining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olgan davlat organining rahbari yoki yuqori turuvchi davlat organi ushbu toʻqnashuvni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart. | Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olgan davlat organining rahbari yoki yuqori turuvchi davlat organi ushbu toʻqnashuvni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart. | ||||||||||||||||||||||||
Manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va hal etish tartibi qonun bilan belgilanadi. | Manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va hal etish tartibi qonun bilan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
20-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash | 20-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishi shart. | Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishi shart. | ||||||||||||||||||||||||
5-bob. Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish | 5-bob. Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish | ||||||||||||||||||||||||
21-modda. Davlat fuqarolik xizmati tizimi | 21-modda. Davlat fuqarolik xizmati tizimi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati tizimi davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan tarzda tanlab olish, hisobga olish, joy-joyiga qoʻyish, ularning mehnatiga haq toʻlash, kasbiy kompetensiyasini oshirish va xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish mexanizmlarining yagona tashkiliy-huquqiy majmuidir. | Davlat fuqarolik xizmati tizimi davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan tarzda tanlab olish, hisobga olish, joy-joyiga qoʻyish, ularning mehnatiga haq toʻlash, kasbiy kompetensiyasini oshirish va xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish mexanizmlarining yagona tashkiliy-huquqiy majmuidir. | ||||||||||||||||||||||||
Belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat fuqarolik xizmatiga kirish uchun teng imkoniyatlar kafolatlanadi. | Belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat fuqarolik xizmatiga kirish uchun teng imkoniyatlar kafolatlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun kasbiy kompetensiyasini shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchisini qayta tayyorlashni, uning malakasini oshirishni, taʼlim olishini tashkil etish hisobidan taʼminlanadi. | Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun kasbiy kompetensiyasini shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchisini qayta tayyorlashni, uning malakasini oshirishni, taʼlim olishini tashkil etish hisobidan taʼminlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisini tegishli ravishda ragʻbatlantirish va xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish uning kasbiy kompetensiyalarini hamda alohida xizmatlarini xolisona va adolatli baholash asosida taʼminlanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisini tegishli ravishda ragʻbatlantirish va xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish uning kasbiy kompetensiyalarini hamda alohida xizmatlarini xolisona va adolatli baholash asosida taʼminlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
22-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri | 22-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri davlat organi darajasidan (milliy, respublika, hududiy va tuman) kelib chiqqan holda, malaka talablariga muvofiq birxillashtirilgan va tasniflangan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari hamda toifalaridan, shuningdek davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalaridan iborat boʻladi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri davlat organi darajasidan (milliy, respublika, hududiy va tuman) kelib chiqqan holda, malaka talablariga muvofiq birxillashtirilgan va tasniflangan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari hamda toifalaridan, shuningdek davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalaridan iborat boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||
23-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalari | 23-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari siyosiy, boshqaruv va yordamchi lavozim guruhlaridan iboratdir. Bunda mazkur guruhlarga tegishli lavozimlarning toifalari Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrida belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari siyosiy, boshqaruv va yordamchi lavozim guruhlaridan iboratdir. Bunda mazkur guruhlarga tegishli lavozimlarning toifalari Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrida belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi alohida qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi alohida qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilari davlat fuqarolik xizmatining boshqaruv va yordamchi guruhlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlov asosida tayinlanadi hamda davlat organi rahbari tomonidan lavozimidan ozod qilinadi. | Davlat fuqarolik xizmatchilari davlat fuqarolik xizmatining boshqaruv va yordamchi guruhlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlov asosida tayinlanadi hamda davlat organi rahbari tomonidan lavozimidan ozod qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||
24-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari | 24-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalaridan kelib chiqqan holda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining quyidagi malaka darajalari beriladi: | Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalaridan kelib chiqqan holda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining quyidagi malaka darajalari beriladi: | ||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari (bundan buyon matnda malaka darajalari deb yuritiladi), qoida tariqasida, izchil tartibda, oliy maʼlumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega boʻlgan taqdirda beriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari (bundan buyon matnda malaka darajalari deb yuritiladi), qoida tariqasida, izchil tartibda, oliy maʼlumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega boʻlgan taqdirda beriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
25-modda. Milliy kadrlar zaxirasi | 25-modda. Milliy kadrlar zaxirasi | ||||||||||||||||||||||||
Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan holda saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimidir. | Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan holda saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimidir. | ||||||||||||||||||||||||
Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatining rahbar kadrlar tarkibini barqaror taʼminlash va uning sifatini yaxshilash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish maqsadida shakllantiriladi. | Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatining rahbar kadrlar tarkibini barqaror taʼminlash va uning sifatini yaxshilash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish maqsadida shakllantiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. | Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
26-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi monitoring | 26-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi monitoring | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati tizimida yagona tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qoʻllashning bir xil amaliyotini taʼminlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat organida monitoring oʻtkaziladi. | Davlat fuqarolik xizmati tizimida yagona tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qoʻllashning bir xil amaliyotini taʼminlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat organida monitoring oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
Monitoring davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning davlat organi tomonidan ijro etilishini oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi. | Monitoring davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning davlat organi tomonidan ijro etilishini oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi. | ||||||||||||||||||||||||
Monitoring natijasida davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tegishli davlat organi rahbariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi. | Monitoring natijasida davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tegishli davlat organi rahbariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi. | ||||||||||||||||||||||||
Monitoring oʻtkazish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. | Monitoring oʻtkazish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
6-bob. Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari | 6-bob. Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari | ||||||||||||||||||||||||
27-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga kirish | 27-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga kirish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tanlov asosida nomzodni davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlash orqali amalga oshiriladi, bundan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tartib boʻyicha egallash mustasno. | Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tanlov asosida nomzodni davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlash orqali amalga oshiriladi, bundan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tartib boʻyicha egallash mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
28-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari | 28-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. | Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Chet el mutaxassislari va ekspertlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda egallashi mumkin. Chet el mutaxassislari va ekspertlarining xizmatni oʻtash tartibi hamda shartlari tegishli shartnoma asosida belgilanadi. | Chet el mutaxassislari va ekspertlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda egallashi mumkin. Chet el mutaxassislari va ekspertlarining xizmatni oʻtash tartibi hamda shartlari tegishli shartnoma asosida belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas: | Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas: | ||||||||||||||||||||||||
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa; | oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa; | ||||||||||||||||||||||||
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; | sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; | sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; | korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; | ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; | tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar. | davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar. | ||||||||||||||||||||||||
29-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash | 29-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik bilan belgilangan kafolatlarga muvofiq oldingi lavozimni yoki unga teng boʻlgan lavozimni taqdim etish hollari, shuningdek ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan holatlar mustasno. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik bilan belgilangan kafolatlarga muvofiq oldingi lavozimni yoki unga teng boʻlgan lavozimni taqdim etish hollari, shuningdek ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan holatlar mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanadi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatining boʻsh turgan (vakant) lavozimini egallash maxsus vakolatli davlat organining axborot tizimi orqali oʻtkaziladigan ichki va tashqi tanlovlar asosida amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatining boʻsh turgan (vakant) lavozimini egallash maxsus vakolatli davlat organining axborot tizimi orqali oʻtkaziladigan ichki va tashqi tanlovlar asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Ichki tanlovlarda faqat davlat fuqarolik xizmatchilari, tashqi tanlovlarda esa tegishli malaka talablariga javob beradigan barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega. | Ichki tanlovlarda faqat davlat fuqarolik xizmatchilari, tashqi tanlovlarda esa tegishli malaka talablariga javob beradigan barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega. | ||||||||||||||||||||||||
Tanlov oʻtkaziladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari va tanlov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | Tanlov oʻtkaziladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari va tanlov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
30-modda. Mehnat shartnomasi | 30-modda. Mehnat shartnomasi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida muayyan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi. | Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida muayyan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Mehnat shartnomasida davlat fuqarolik xizmatini oʻtashning asoslari va shartlari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar, shuningdek uni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga taalluqli qoidalar koʻrsatiladi. | Mehnat shartnomasida davlat fuqarolik xizmatini oʻtashning asoslari va shartlari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar, shuningdek uni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga taalluqli qoidalar koʻrsatiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
31-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami | 31-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami uning shaxsga doir maʼlumotlardan va u tomonidan davlat fuqarolik xizmatini oʻtash toʻgʻrisidagi axborotdan iboratdir. | Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami uning shaxsga doir maʼlumotlardan va u tomonidan davlat fuqarolik xizmatini oʻtash toʻgʻrisidagi axborotdan iboratdir. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami davlat organining kadrlar boʻlinmasi tomonidan yuritiladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami davlat organining kadrlar boʻlinmasi tomonidan yuritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami elektron shaklda yuritiladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplami elektron shaklda yuritiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplamiga davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlmagan axborotni kiritish, shuningdek shaxsiy hujjatlar toʻplamidagi axborotni uchinchi shaxslarga davlat fuqarolik xizmatchisining roziligisiz berish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. | Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari toʻplamiga davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlmagan axborotni kiritish, shuningdek shaxsiy hujjatlar toʻplamidagi axborotni uchinchi shaxslarga davlat fuqarolik xizmatchisining roziligisiz berish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
32-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat guvohnomasi | 32-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat guvohnomasi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat guvohnomasida davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining toʻliq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati koʻrsatiladi. | Xizmat guvohnomasida davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining toʻliq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati koʻrsatiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat guvohnomasi davlat fuqarolik xizmatchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydigan identifikatsiyalovchi karta koʻrinishida ham berilishi mumkin. | Xizmat guvohnomasi davlat fuqarolik xizmatchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydigan identifikatsiyalovchi karta koʻrinishida ham berilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas. | Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda xizmat guvohnomasi uni bergan davlat organiga qaytariladi. | Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda xizmat guvohnomasi uni bergan davlat organiga qaytariladi. | ||||||||||||||||||||||||
7-bob. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash tartibi | 7-bob. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash tartibi | ||||||||||||||||||||||||
33-modda. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash | 33-modda. Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash muddati davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan eʼtiboran to davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan sanaga qadar boʻlgan davrni qamrab oladi. | Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash muddati davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan eʼtiboran to davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan sanaga qadar boʻlgan davrni qamrab oladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining ish vaqtini; | davlat fuqarolik xizmatchisining ish vaqtini; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasini; | davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasini; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyat samaradorligini baholashni; | davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyat samaradorligini baholashni; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatida lavozim boʻyicha koʻtarilishni; | davlat fuqarolik xizmatida lavozim boʻyicha koʻtarilishni; | ||||||||||||||||||||||||
boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazishni, shu jumladan rotatsiya tartibida oʻtkazishni va xizmat safarlarini; | boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazishni, shu jumladan rotatsiya tartibida oʻtkazishni va xizmat safarlarini; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishni; | davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishni; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq toʻlashning yagona tartibini; | davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq toʻlashning yagona tartibini; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllashni. | davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllashni. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan davlat fuqarolik xizmatini oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan davlat fuqarolik xizmatini oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
34-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining ish vaqti | 34-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining ish vaqti | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak. | Davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
Uch yoshga toʻlmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari boʻlgan ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi. | Uch yoshga toʻlmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari boʻlgan ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga qarab, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ish vaqtining davomiyligi hisobga olingan, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilgan holda olti kunlik ish haftasi belgilanishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga qarab, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ish vaqtining davomiyligi hisobga olingan, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilgan holda olti kunlik ish haftasi belgilanishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchisi uchun oʻrnatilgan ish vaqtining davomiyligidan tashqari ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. | Davlat organi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchisi uchun oʻrnatilgan ish vaqtining davomiyligidan tashqari ish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, davlat organi davlat fuqarolik xizmatchisini uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishi mumkin. | Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, davlat organi davlat fuqarolik xizmatchisini uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilarini ish vaqtidan tashqari hamda dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishlarga jalb etish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda, davlat organi rahbarining qarori asosida amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchilarini ish vaqtidan tashqari hamda dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishlarga jalb etish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda, davlat organi rahbarining qarori asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining ish vaqtidan tashqari ishi uchun kompensatsiya ish vaqtidan tashqari haqiqatda ishlab berilgan soatlariga kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlash yoki ortiqcha ishlagan vaqtining davomiyligiga mos boʻlgan qoʻshimcha dam olish vaqti berish orqali amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining ish vaqtidan tashqari ishi uchun kompensatsiya ish vaqtidan tashqari haqiqatda ishlab berilgan soatlariga kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlash yoki ortiqcha ishlagan vaqtining davomiyligiga mos boʻlgan qoʻshimcha dam olish vaqti berish orqali amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
35-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi | 35-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir. | Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik xizmatchisi lavozim yoʻriqnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtirilishi kerak. | Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik xizmatchisi lavozim yoʻriqnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtirilishi kerak. | ||||||||||||||||||||||||
36-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash | 36-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirish hamda xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarilishini taʼminlash uchun uning faoliyati samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash tizimi joriy etiladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirish hamda xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarilishini taʼminlash uchun uning faoliyati samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash tizimi joriy etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash uslubiyatiga muvofiq faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻz ichki tartibini belgilaydi. | Davlat organi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash uslubiyatiga muvofiq faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻz ichki tartibini belgilaydi. | ||||||||||||||||||||||||
37-modda. Davlat fuqarolik xizmati boʻyicha koʻtarilish | 37-modda. Davlat fuqarolik xizmati boʻyicha koʻtarilish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati boʻyicha koʻtarilish davlat fuqarolik xizmatchisining oʻz kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirib borishi hisobiga xizmat faoliyatining natijadorligi asosida yuqoriroq lavozimga tayinlash yoki yuqoriroq malaka darajasini berish orqali amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmati boʻyicha koʻtarilish davlat fuqarolik xizmatchisining oʻz kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirib borishi hisobiga xizmat faoliyatining natijadorligi asosida yuqoriroq lavozimga tayinlash yoki yuqoriroq malaka darajasini berish orqali amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
38-modda. Boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazish | 38-modda. Boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazish uning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazish uning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holatiga koʻra, oʻz egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini bajara olmaydigan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning yozma roziligi bilan kasbiy kompetensiyalariga mos boʻlgan va sogʻligʻining holati boʻyicha qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimi beriladi. | Tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holatiga koʻra, oʻz egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini bajara olmaydigan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning yozma roziligi bilan kasbiy kompetensiyalariga mos boʻlgan va sogʻligʻining holati boʻyicha qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimi beriladi. | ||||||||||||||||||||||||
39-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi | 39-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimga oʻz roziligi bilan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimga oʻz roziligi bilan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Quyidagi davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmaydi: | Quyidagi davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmaydi: | ||||||||||||||||||||||||
tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtayotgan; | tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtayotgan; | ||||||||||||||||||||||||
homilador ayollar, shuningdek uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar; | homilador ayollar, shuningdek uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar; | ||||||||||||||||||||||||
tibbiy xulosaga asosan oʻzlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari sogʻligʻining holati rotatsiya oʻtkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar. | tibbiy xulosaga asosan oʻzlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari sogʻligʻining holati rotatsiya oʻtkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi shartlari mehnat shartnomasida nazarda tutiladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi shartlari mehnat shartnomasida nazarda tutiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi rotatsiya toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. | Davlat fuqarolik xizmatchisi rotatsiya toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi, majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati, shuningdek rotatsiya qilinadigan lavozimlarda boʻlish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi, majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxati, shuningdek rotatsiya qilinadigan lavozimlarda boʻlish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
40-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safarlari | 40-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safarlari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish uchun davlat organining qaroriga muvofiq muayyan muddatga xizmat safariga yuboriladi. Xizmat safari Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish uchun davlat organining qaroriga muvofiq muayyan muddatga xizmat safariga yuboriladi. Xizmat safari Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safari davomiyligi davlat organi rahbari tomonidan xizmat vazifasining hajmi, murakkabligi va boshqa jihatlari hisobga olingan holda belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safari davomiyligi davlat organi rahbari tomonidan xizmat vazifasining hajmi, murakkabligi va boshqa jihatlari hisobga olingan holda belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat safariga yuborish chogʻida uning lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi, yashash bilan bogʻliq xarajatlar, transport xarajatlari, shuningdek xizmat safari bilan bogʻliq boshqa xarajatlarning oʻrni davlat organi tomonidan qoplanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat safariga yuborish chogʻida uning lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi, yashash bilan bogʻliq xarajatlar, transport xarajatlari, shuningdek xizmat safari bilan bogʻliq boshqa xarajatlarning oʻrni davlat organi tomonidan qoplanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
41-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborish | 41-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi boshqa davlat organining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash u vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davlat organi bilan alohida tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi xizmat joyi boʻyicha tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha xizmat safariga yuborilgan muddat tugaguniga qadar toʻxtatib turiladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi boshqa davlat organining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash u vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davlat organi bilan alohida tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi xizmat joyi boʻyicha tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha xizmat safariga yuborilgan muddat tugaguniga qadar toʻxtatib turiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga haqiqatda bajarilgan ishiga qarab, oʻzining asosiy lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi. Davlat organining davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davlat fuqarolik xizmatchisini qabul qilgan davlat organi tomonidan qoplanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga haqiqatda bajarilgan ishiga qarab, oʻzining asosiy lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi. Davlat organining davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davlat fuqarolik xizmatchisini qabul qilgan davlat organi tomonidan qoplanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organining davlat fuqarolik xizmati lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi: | Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat organiga vaqtincha xizmat safariga yuborishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi: | ||||||||||||||||||||||||
kasbiy kompetensiyalariga toʻgʻri kelmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga; | kasbiy kompetensiyalariga toʻgʻri kelmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga; | ||||||||||||||||||||||||
tibbiy xulosaga asosan oʻzining yoki u bilan birga istiqomat qiladigan oila aʼzosining sogʻligʻi davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha xizmat safariga yuboriladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkonini bermasa. | tibbiy xulosaga asosan oʻzining yoki u bilan birga istiqomat qiladigan oila aʼzosining sogʻligʻi davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha xizmat safariga yuboriladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkonini bermasa. | ||||||||||||||||||||||||
Agar boshqa davlat organidagi mehnatga haq toʻlash yoki dam olish shartlari, qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar davlat fuqarolik xizmatchisini vaqtincha xizmat safariga yuborgan davlat organidagidan farq qilsa, xizmatchiga nisbatan qulayroq shartlar qoʻllaniladi. | Agar boshqa davlat organidagi mehnatga haq toʻlash yoki dam olish shartlari, qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar davlat fuqarolik xizmatchisini vaqtincha xizmat safariga yuborgan davlat organidagidan farq qilsa, xizmatchiga nisbatan qulayroq shartlar qoʻllaniladi. | ||||||||||||||||||||||||
42-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirish | 42-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishdan maqsad uning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan bilimlar, koʻnikmalar va malakalarni egallashi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. | Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishdan maqsad uning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan bilimlar, koʻnikmalar va malakalarni egallashi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi darajasi uning bilimlari, koʻnikmalari va malakalari darajasini aniqlash imkonini beruvchi axborot tizimlari orqali davlat organi tomonidan muntazam ravishda baholab boriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi darajasi uning bilimlari, koʻnikmalari va malakalari darajasini aniqlash imkonini beruvchi axborot tizimlari orqali davlat organi tomonidan muntazam ravishda baholab boriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Qayta tayyorlash, malaka oshirish va mustaqil taʼlim olish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishning asosiy shakllaridir. | Qayta tayyorlash, malaka oshirish va mustaqil taʼlim olish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirishning asosiy shakllaridir. | ||||||||||||||||||||||||
Qayta tayyorlash davlat fuqarolik xizmatchisining samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha kasbiy bilimlar, koʻnikmalar va malakalarni egallashi maqsadida tashkil etilgan taʼlim jarayonidir. | Qayta tayyorlash davlat fuqarolik xizmatchisining samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha kasbiy bilimlar, koʻnikmalar va malakalarni egallashi maqsadida tashkil etilgan taʼlim jarayonidir. | ||||||||||||||||||||||||
Malaka oshirish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirishga va muntazam ravishda yangilab borishga qaratilgan taʼlim jarayonidir. | Malaka oshirish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirishga va muntazam ravishda yangilab borishga qaratilgan taʼlim jarayonidir. | ||||||||||||||||||||||||
Mustaqil taʼlim davlat fuqarolik xizmatchisining yangi bilimlar va tajribaga ega boʻlish boʻyicha ishdan boʻsh vaqtida kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayonidir. | Mustaqil taʼlim davlat fuqarolik xizmatchisining yangi bilimlar va tajribaga ega boʻlish boʻyicha ishdan boʻsh vaqtida kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayonidir. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
43-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash | 43-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | ||||||||||||||||||||||||
bazaviy lavozim maoshi; | bazaviy lavozim maoshi; | ||||||||||||||||||||||||
koʻp yillik xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov; | koʻp yillik xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov; | ||||||||||||||||||||||||
malaka darajasi uchun qoʻshimcha toʻlov; | malaka darajasi uchun qoʻshimcha toʻlov; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishganlik uchun qoʻshimcha ustama; | davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishganlik uchun qoʻshimcha ustama; | ||||||||||||||||||||||||
hisobot davri yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirish toʻlovlari. | hisobot davri yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirish toʻlovlari. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat sharoitlari, u alohida muhim topshiriqlar va murakkab vazifalarni bajarganligi, boshqa shartlar munosabati bilan uning bazaviy lavozim maoshiga qonunchilikda belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar toʻlanishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat sharoitlari, u alohida muhim topshiriqlar va murakkab vazifalarni bajarganligi, boshqa shartlar munosabati bilan uning bazaviy lavozim maoshiga qonunchilikda belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar toʻlanishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovlarni hisoblash tartibi va ularning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovlarni hisoblash tartibi va ularning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
44-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirish | 44-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin: | Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin: | ||||||||||||||||||||||||
lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar; | lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar; | ||||||||||||||||||||||||
pul mukofoti; | pul mukofoti; | ||||||||||||||||||||||||
navbatdan tashqari malaka darajasini berish; | navbatdan tashqari malaka darajasini berish; | ||||||||||||||||||||||||
minnatdorchilik eʼlon qilish; | minnatdorchilik eʼlon qilish; | ||||||||||||||||||||||||
qimmatbaho sovgʻa, esdalik yoki koʻkrak nishoni yoxud yorliq bilan mukofotlash. | qimmatbaho sovgʻa, esdalik yoki koʻkrak nishoni yoxud yorliq bilan mukofotlash. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi alohida xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchisi alohida xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
45-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarining qoʻllanilishi | 45-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarining qoʻllanilishi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash davlat organining rahbari tomonidan yoki uning tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash davlat organining rahbari tomonidan yoki uning tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etish chogʻida quyidagilar eʼtiborga olinadi: | Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etish chogʻida quyidagilar eʼtiborga olinadi: | ||||||||||||||||||||||||
oy, chorak, yarim yil, yil yakunlari boʻyicha faoliyatning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik; | oy, chorak, yarim yil, yil yakunlari boʻyicha faoliyatning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik; | ||||||||||||||||||||||||
oʻta muhim vazifalarni bajarganlik; | oʻta muhim vazifalarni bajarganlik; | ||||||||||||||||||||||||
zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi, shuningdek uning faoliyatida erishilgan yuqori natijalar; | zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi, shuningdek uning faoliyatida erishilgan yuqori natijalar; | ||||||||||||||||||||||||
bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish. | bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish. | ||||||||||||||||||||||||
46-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi | 46-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan lavozim yoʻriqnomasiga va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga, shuningdek ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan lavozim yoʻriqnomasiga va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga, shuningdek ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi: | Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi: | ||||||||||||||||||||||||
hayfsan; | hayfsan; | ||||||||||||||||||||||||
oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima; | oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima; | ||||||||||||||||||||||||
malaka darajasini pasaytirish; | malaka darajasini pasaytirish; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmati lavozimini pasaytirish; | davlat fuqarolik xizmati lavozimini pasaytirish; | ||||||||||||||||||||||||
egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimidan ozod qilish. | egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimidan ozod qilish. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa intizomiy jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa intizomiy jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
47-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishi | 47-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishi | ||||||||||||||||||||||||
Intizomiy jazo choralari davlat organining rahbari tomonidan qoʻllaniladi. Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi davlat organining rahbariga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qoʻllash chogʻida qilmishning ogʻir-yengilligi, uning holatlari va davlat fuqarolik xizmatchisining xulq-atvori hisobga olinadi. | Intizomiy jazo choralari davlat organining rahbari tomonidan qoʻllaniladi. Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi davlat organining rahbariga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qoʻllash chogʻida qilmishning ogʻir-yengilligi, uning holatlari va davlat fuqarolik xizmatchisining xulq-atvori hisobga olinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash davlat organi rahbarining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash davlat organi rahbarining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organi rahbarining davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida, davlat fuqarolik xizmatchisi ishda yoʻq boʻlgan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoni qoʻllash sabablari koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi. | Davlat organi rahbarining davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida, davlat fuqarolik xizmatchisi ishda yoʻq boʻlgan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoni qoʻllash sabablari koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirilmagan davlat fuqarolik xizmatchisi intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. | Oʻziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirilmagan davlat fuqarolik xizmatchisi intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining oʻziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishishni rad etganligi bunda hozir boʻlgan guvohlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda davlat fuqarolik xizmatchisi qaror bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining oʻziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishishni rad etganligi bunda hozir boʻlgan guvohlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda davlat fuqarolik xizmatchisi qaror bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishini bekor qilmaydi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishini bekor qilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Qonun 46-moddasi ikkinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvining xulosasiga asosan, shuningdek amalda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlganda qoʻllaniladi. | Ushbu Qonun 46-moddasi ikkinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvining xulosasiga asosan, shuningdek amalda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlganda qoʻllaniladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. | Davlat fuqarolik xizmatchisi oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. | ||||||||||||||||||||||||
48-modda. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash muddatlari | 48-modda. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash muddatlari | ||||||||||||||||||||||||
Intizomiy jazo chorasi darhol, biroq intizomiy qilmish aniqlangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllaniladi. | Intizomiy jazo chorasi darhol, biroq intizomiy qilmish aniqlangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllaniladi. | ||||||||||||||||||||||||
Intizomiy jazo choralari: | Intizomiy jazo choralari: | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan davrda; | davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan davrda; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisi taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlgan davrda; | davlat fuqarolik xizmatchisi taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlgan davrda; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisi favqulodda vaziyat yoki harbiy xizmatni oʻtashi bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarni amalga oshirayotgan vaqtga oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan davrda; | davlat fuqarolik xizmatchisi favqulodda vaziyat yoki harbiy xizmatni oʻtashi bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarni amalga oshirayotgan vaqtga oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan davrda; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisi qayta tayyorlashda, malaka oshirishda boʻlgan va taʼlim olayotgan davrda qoʻllanilishi mumkin emas. | davlat fuqarolik xizmatchisi qayta tayyorlashda, malaka oshirishda boʻlgan va taʼlim olayotgan davrda qoʻllanilishi mumkin emas. | ||||||||||||||||||||||||
Intizomiy jazo chorasini qoʻllash muddati ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtguniga qadar toʻxtatib turiladi. | Intizomiy jazo chorasini qoʻllash muddati ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtguniga qadar toʻxtatib turiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Intizomiy jazo chorasi intizomiy qilmish sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga koʻra esa — qilmish sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin. Koʻrsatilgan muddatlarga jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish vaqti kiritilmaydi. | Intizomiy jazo chorasi intizomiy qilmish sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga koʻra esa — qilmish sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin. Koʻrsatilgan muddatlarga jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish vaqti kiritilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Intizomiy jazo chorasi jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi. Agar mazkur muddat ichida davlat fuqarolik xizmatchisiga yangi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmagan boʻlsa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo chorasining muddati davlat organi rahbarining tegishli qarori chiqarilmagan holda, avtomatik tarzda tugaydi. | Intizomiy jazo chorasi jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi. Agar mazkur muddat ichida davlat fuqarolik xizmatchisiga yangi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmagan boʻlsa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo chorasining muddati davlat organi rahbarining tegishli qarori chiqarilmagan holda, avtomatik tarzda tugaydi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organi rahbari intizomiy jazo chorasini oʻz tashabbusiga koʻra, davlat fuqarolik xizmatchisining bevosita rahbarining, kasaba uyushmasining (mavjud boʻlgan taqdirda) iltimosnomasiga binoan, shuningdek davlat fuqarolik xizmatchisining iltimosiga koʻra muddatidan ilgari olib tashlash huquqiga ega. | Davlat organi rahbari intizomiy jazo chorasini oʻz tashabbusiga koʻra, davlat fuqarolik xizmatchisining bevosita rahbarining, kasaba uyushmasining (mavjud boʻlgan taqdirda) iltimosnomasiga binoan, shuningdek davlat fuqarolik xizmatchisining iltimosiga koʻra muddatidan ilgari olib tashlash huquqiga ega. | ||||||||||||||||||||||||
49-modda. Xizmat tekshiruvi | 49-modda. Xizmat tekshiruvi | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat tekshiruvi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi rahbarining qaroriga koʻra oʻtkaziladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi oʻziga nisbatan asossiz ayblovlar qoʻyilgan yoki xulosalar chiqarilgan deb hisoblaganda ham uning yozma arizasi asosida xizmat tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin. | Xizmat tekshiruvi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi rahbarining qaroriga koʻra oʻtkaziladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi oʻziga nisbatan asossiz ayblovlar qoʻyilgan yoki xulosalar chiqarilgan deb hisoblaganda ham uning yozma arizasi asosida xizmat tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat tekshiruvi davomida quyidagilar aniqlanishi zarur: | Xizmat tekshiruvi davomida quyidagilar aniqlanishi zarur: | ||||||||||||||||||||||||
intizomiy qilmishga sabab boʻlgan holatlar va shart-sharoitlar; | intizomiy qilmishga sabab boʻlgan holatlar va shart-sharoitlar; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisini intizomiy qilmishda ayblashning asosliligi yoki asossizligi; | davlat fuqarolik xizmatchisini intizomiy qilmishda ayblashning asosliligi yoki asossizligi; | ||||||||||||||||||||||||
intizomiy qilmish natijasida yetkazilgan zararning oʻziga xos xususiyati va miqdori; | intizomiy qilmish natijasida yetkazilgan zararning oʻziga xos xususiyati va miqdori; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining tushuntirishlari va yozma ravishda bergan talablarida koʻrsatilgan vajlar. | davlat fuqarolik xizmatchisining tushuntirishlari va yozma ravishda bergan talablarida koʻrsatilgan vajlar. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organidagi xizmat tekshiruvi davlat organining kadrlar boʻlinmasi, yuridik xizmati va boshqa boʻlinmalari, shuningdek kasaba uyushmasi (mavjud boʻlgan taqdirda) vakillaridan iborat boʻlgan xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibiga davlat organining rahbari hamda xizmat tekshiruvi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslar kirishi mumkin emas. | Davlat organidagi xizmat tekshiruvi davlat organining kadrlar boʻlinmasi, yuridik xizmati va boshqa boʻlinmalari, shuningdek kasaba uyushmasi (mavjud boʻlgan taqdirda) vakillaridan iborat boʻlgan xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibiga davlat organining rahbari hamda xizmat tekshiruvi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslar kirishi mumkin emas. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat tekshiruvini oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda, davlat organining rahbari davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat tekshiruvi oʻtkazish mobaynida xizmat majburiyatlarini bajarishdan uning oʻrtacha ish haqini saqlab qolgan holda vaqtincha chetlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. | Xizmat tekshiruvini oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda, davlat organining rahbari davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat tekshiruvi oʻtkazish mobaynida xizmat majburiyatlarini bajarishdan uning oʻrtacha ish haqini saqlab qolgan holda vaqtincha chetlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak. Davlat organining rahbari xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddatini yana oʻn besh ish kunigacha uzaytirishga haqli. | Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak. Davlat organining rahbari xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddatini yana oʻn besh ish kunigacha uzaytirishga haqli. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat tekshiruvi natijasiga koʻra xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning dalolatnomasi tuziladi va davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlanadi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning xulosasi davlat organi rahbari tomonidan rad etilishi yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash uchun asos boʻlishi mumkin. | Xizmat tekshiruvi natijasiga koʻra xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning dalolatnomasi tuziladi va davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlanadi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning xulosasi davlat organi rahbari tomonidan rad etilishi yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash uchun asos boʻlishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
8-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilishi | 8-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilishi | ||||||||||||||||||||||||
50-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslari | 50-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi: | Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi: | ||||||||||||||||||||||||
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasining bekor qilinganligi; | mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasining bekor qilinganligi; | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yoʻqotilganligi; | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yoʻqotilganligi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi sudning ajrimi; | davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi sudning ajrimi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisining davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashi uchun ahamiyatga ega boʻlgan yolgʻon axborot taqdim etilganligi; | davlat fuqarolik xizmatchisining davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashi uchun ahamiyatga ega boʻlgan yolgʻon axborot taqdim etilganligi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi; | davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi; | ||||||||||||||||||||||||
davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarga davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan rioya etilmaganligi. | davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarga davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan rioya etilmaganligi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilganligi davlat fuqarolik xizmatchisi huquqiy maqomining yoʻqotilishiga sabab boʻladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilganligi davlat fuqarolik xizmatchisi huquqiy maqomining yoʻqotilishiga sabab boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
51-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi oqibatlari | 51-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi oqibatlari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilganligi aniqlangan taqdirda davlat fuqarolik xizmatchisi avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklanadi, buning imkoni boʻlmaganda esa (davlat organining tugatilganligi, shtatlar qisqartirishga sabab boʻladigan tarzda oʻzgartirilganligi yoki ushbu xizmatchini avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklashga monelik qiladigan, qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda) avvalgi lavozimiga teng boʻlgan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilganligi aniqlangan taqdirda davlat fuqarolik xizmatchisi avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklanadi, buning imkoni boʻlmaganda esa (davlat organining tugatilganligi, shtatlar qisqartirishga sabab boʻladigan tarzda oʻzgartirilganligi yoki ushbu xizmatchini avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklashga monelik qiladigan, qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda) avvalgi lavozimiga teng boʻlgan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklangan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning faoliyati qonunga xilof ravishda tugatilganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklangan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning faoliyati qonunga xilof ravishda tugatilganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishida aybdor boʻlgan shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi bilan bogʻliq zararning miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida undiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishida aybdor boʻlgan shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi bilan bogʻliq zararning miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida undiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
9-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish | 9-bob. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish | ||||||||||||||||||||||||
52-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy jihatdan himoya qilish | 52-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy jihatdan himoya qilish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. | Davlat fuqarolik xizmatchisi davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida davlat fuqarolik xizmatchisining buzilgan, nizolashilayotgan huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida davlat fuqarolik xizmatchisining buzilgan, nizolashilayotgan huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish bilan bogʻliq nizolar fuqarolik protsessual qonunchilik bilan belgilangan tartibda hal etiladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish bilan bogʻliq nizolar fuqarolik protsessual qonunchilik bilan belgilangan tartibda hal etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
53-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish | 53-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat tomonidan quyidagilar orqali taʼminlanadi: | Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat tomonidan quyidagilar orqali taʼminlanadi: | ||||||||||||||||||||||||
mehnat taʼtili va ijtimoiy taʼtillar berish; | mehnat taʼtili va ijtimoiy taʼtillar berish; | ||||||||||||||||||||||||
hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish; | hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish; | ||||||||||||||||||||||||
hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash; | hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash; | ||||||||||||||||||||||||
davlat pensiya taʼminoti. | davlat pensiya taʼminoti. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ijtimoiy himoya choralari kafolatlanadi: | Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ijtimoiy himoya choralari kafolatlanadi: | ||||||||||||||||||||||||
tibbiy xizmat koʻrsatish; | tibbiy xizmat koʻrsatish; | ||||||||||||||||||||||||
rotatsiya tartibida boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlarning, shu jumladan yashash va transport xarajatlarining oʻrnini qoplash; | rotatsiya tartibida boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlarning, shu jumladan yashash va transport xarajatlarining oʻrnini qoplash; | ||||||||||||||||||||||||
xizmat uy-joylari, xizmat transporti bilan yoki uy-joy va transport xarajatlari uchun pulli kompensatsiya bilan qonunchilikda belgilangan hollarda hamda tartibda taʼminlash. | xizmat uy-joylari, xizmat transporti bilan yoki uy-joy va transport xarajatlari uchun pulli kompensatsiya bilan qonunchilikda belgilangan hollarda hamda tartibda taʼminlash. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikka muvofiq boshqa ijtimoiy himoya choralari ham qoʻllanilishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikka muvofiq boshqa ijtimoiy himoya choralari ham qoʻllanilishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qonunchilikda belgilangan asoslarda va miqdorlarda toʻlanadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqalar tatbiq etiladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qonunchilikda belgilangan asoslarda va miqdorlarda toʻlanadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqalar tatbiq etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
Ijtimoiy nafaqalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno. | Ijtimoiy nafaqalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno. | ||||||||||||||||||||||||
54-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy taʼtillari | 54-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy taʼtillari | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi yigirma yetti kalendar kunidan kam boʻlmagan yillik asosiy taʼtil beriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi yigirma yetti kalendar kunidan kam boʻlmagan yillik asosiy taʼtil beriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga koʻp yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qoʻshimcha mehnat taʼtillari beriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga koʻp yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qoʻshimcha mehnat taʼtillari beriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Koʻp yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qoʻshimcha mehnat taʼtillarini berish tartibi hamda ularning davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Koʻp yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qoʻshimcha mehnat taʼtillarini berish tartibi hamda ularning davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati lavozimining toifasiga qarab qonunchilikda yillik asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin. | Davlat fuqarolik xizmati lavozimining toifasiga qarab qonunchilikda yillik asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisiga ijtimoiy taʼtillar berish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisiga ijtimoiy taʼtillar berish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
55-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish | 55-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sogʻligʻi davlatning muhofazasida boʻladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy sugʻurta qilinadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sogʻligʻi davlatning muhofazasida boʻladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy sugʻurta qilinadi. | ||||||||||||||||||||||||
56-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash | 56-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti yoki sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinganligi yoki sogʻligʻi oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida boshqacha tarzda shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonunda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti yoki sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinganligi yoki sogʻligʻi oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida boshqacha tarzda shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonunda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarayotganda vafot etgan taqdirda, uning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolariga davlat organi tomonidan vafot etgan shaxsning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmagan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa ularning soniga teng taqsimlangan holda beriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarayotganda vafot etgan taqdirda, uning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolariga davlat organi tomonidan vafot etgan shaxsning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmagan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa ularning soniga teng taqsimlangan holda beriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda davlat fuqarolik xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa miqdori keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undiriladi. | Xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda davlat fuqarolik xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa miqdori keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ziyonning, zararning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ziyonning, zararning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
57-modda. Davlat pensiya taʼminoti | 57-modda. Davlat pensiya taʼminoti | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tayinlanadigan barcha turdagi davlat pensiyalari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qonunda belgilangan asoslarga koʻra qoʻllaniladi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tayinlanadigan barcha turdagi davlat pensiyalari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qonunda belgilangan asoslarga koʻra qoʻllaniladi. | ||||||||||||||||||||||||
Vafot etgan davlat fuqarolik xizmatchisining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega. | Vafot etgan davlat fuqarolik xizmatchisining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchisining davlat pensiya taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmatchisining davlat pensiya taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmatchilariga pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqarish tartibi, ularning miqdorlari hamda davlat pensiya taʼminoti boʻyicha qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi. | Davlat fuqarolik xizmatchilariga pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqarish tartibi, ularning miqdorlari hamda davlat pensiya taʼminoti boʻyicha qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi. | ||||||||||||||||||||||||
10-bob. Yakunlovchi qoidalar | 10-bob. Yakunlovchi qoidalar | ||||||||||||||||||||||||
58-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish | 58-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
59-modda. Xalqaro hamkorlik | 59-modda. Xalqaro hamkorlik | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. | Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||
60-modda. Nizolarni hal etish | 60-modda. Nizolarni hal etish | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | ||||||||||||||||||||||||
61-modda. Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 61-modda. Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | ||||||||||||||||||||||||
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | ||||||||||||||||||||||||
62-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash | 62-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. | ||||||||||||||||||||||||
63-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 63-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | ||||||||||||||||||||||||
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | ||||||||||||||||||||||||
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | ||||||||||||||||||||||||
64-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 64-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | ||||||||||||||||||||||||
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. | ||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | ||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||
2022-yil 8-avgust, | 2022-yil 8-avgust, | ||||||||||||||||||||||||
OʻRQ-788-son | OʻRQ-788-son |