Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 8-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3233-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 20-martdagi 01-02/12-10, 14, 7, 3/2-son qarori (roʻyxat raqami 3233, 2020-yil 2-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3233/0540-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻlovchilar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasidan ortiq boʻlsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-iyul,
12/02-22-25-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-iyul,
34-son
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-iyul,
12-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-iyul,
16/2-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 10/22/3233-1/0722-son)