Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2024 04.08.2022 yildagi 428-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2024
Hujjat 25.03.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2024-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 9-iyundagi PF-150-son Farmoni hamda “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga asosan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tarkibiga oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 9-iyundagi PF-150-son Farmoniga muvofiq Jamgʻarma tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kreditlari (lizinglari) boʻyicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, biroq 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning asosiy vazifalari, funksiyalari va faoliyat yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash, ulardan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish hamda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani boshqarish va uning tuzilmasini tasdiqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlari (lizinglari) boʻyicha Jamgʻarmaning kafilligi berilishini koʻrib chiqish shartlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari kreditlariga (lizinglariga) kompensatsiya berish, toʻxtatib turish, toʻxtatish, bekor qilish va qayta tiklash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tadbirkor” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirib borish choralarini koʻrsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari axborot tizimlarida kompensatsiya toʻlovlarining manzilli yetib borishini taʼminlovchi mexanizmni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari bilan birgalikda moliyaviy yordamdan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha onlayn monitoringni amalga oshirish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlar yuzaga kelishining prognozi hamda taqdim etilgan moliyaviy yordamning tahliliy maʼlumotlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminotni zamon talablariga moslashtirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
428-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-avgustdagi 428-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma oʻz faoliyati yuzasidan Vazirlikka va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 9-iyundagi PF-150-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha kengashga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Kengash qarorlari, Vazirlik buyruqlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna va bank hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankalarga va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmaning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti pri Ministerstve ekonomike i finansov Respubliki Uzbekistan;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Gosudarstvenniy fond podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — State fund for support of entrepreneurship activities under the Ministry of economy and finance of the Republic of Uzbekistan;
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — State fund for support of entrepreneurship activities.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma barcha huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar boʻyicha Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarmaning joylashgan eri (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (7-qavat), pochta indeksi 100027.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomga 1-ilovada belgilangan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining oldin qabul qilingan qarorlari (farmoyishlari) bilan tasdiqlangan hamda Jamgʻarma tomonidan taqdim etilgan kafillik va kompensatsiya shartnomalariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma kafilligi va kompensatsiyalari kichik tadbirkorlik subyektlariga 1-ilovaga muvofiq tijorat banklarining faqat milliy valyutada ajratiladigan kreditlari (lizinglari) uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit — qarz oluvchi loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan tijorat banki krediti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli litsenziyasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan tijorat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik tashabbusini amalga oshiruvchi kichik tadbirkorlik subyekti, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish hamda foydalanish uchun oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya — tijorat banklari kreditlari (lizinglari) boʻyicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillik — qarz oluvchining tijorat banki oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish masʼuliyatini Jamgʻarmaga yuklaydigan kafillik shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar — tadbirkorlik faoliyatidan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat koʻrish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar va ishlar majmui, quyidagilarni nazarda tutuvchi kreditlar (lizinglar) bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularning ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno), umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilgʻi quyish hamda elektr quvvatlantirish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil va ilgari foydalanishda boʻlgan yuk avtotransport vositalarini sotib olish va taʼmirlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino-inshootlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma mablagʻlarni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari olingan kreditlarni (lizinglarni) yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlari, lizing va sugʻurta kompaniyalari resurs bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalash — kredit garovi va qaytarilmasligini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta kompaniyalarining majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audit qoʻmitasi — mustaqil auditorlik tashkilotini tanlash, moliyaviy hisobotlar tuzilishini nazorat qilish, auditorlik tekshiruvining oʻtkazilish jarayonlarini kuzatish, ichki audit xodimi va uning ish rejasini tasdiqlash uchun Kengash tasdigʻiga kiritish, tashqi va ichki audit tekshiruvlari natijalarini olish, muhokama qilish, audit tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilib borish uchun masʼul boʻlgan Kengashning uch nafar aʼzolaridan iborat boʻlgan qoʻmita;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavakkalchilikni boshqarish qoʻmitasi — Jamgʻarma moliyaviy yordamlari koʻrsatilishida belgilangan tavakkalchilik meʼyorlariga rioya qilinishini nazorat qilib borish, oʻtkazilgan stress testlar natijalari va tavakkalchilik meʼyorlariga rioya qilinishi yuzasidan tavakkalchilikni boshqarish boʻlimi hisobotlarini eshitib borish, tavakkalchilik meʼyorlariga amal qilinishini taʼminlash yuzasidan ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar ijrosini nazorat va muhokama qilib borish maqsadida Kengashning uch nafar aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladigan qoʻmita;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Jamgʻarma tomonidan belgilangan mezonlarga mos keladigan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan aholi qatlamlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toifa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga muvofiq ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitidan kelib chiqib ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxati.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq kuyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tadbirkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlarining kreditlari (lizinglari) boʻyicha kafillik va kompensatsiyalar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini kafillik bergan holda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali ish oʻrinlarini yaratishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, tarmoq va hududiy dasturlar va loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy yordam turlarini tadbirkorlik subyektlari orasida keng targʻib qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini koʻllab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlarini yaratish loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oldin Jamgʻarmaning moliyaviy yordamini olgan tadbirkor quyidagi holatlarda Jamgʻarmaga kafillik va/yoki kompensatsiya olish uchun takroran murojaat qilishga haqli boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi kafillik shartnomasi boʻyicha shartnoma amal qilgan kredit (lizing) qarzdorligi toʻliq qaytarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi kompensatsiya shartnomasi boʻyicha shartnoma amal qilgan kredit (lizing) qarzdorligi toʻliq qaytarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillik va kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarmadan moliyaviy yordam olgan tadbirkorlik subyekti Jamgʻarmaning buyurtmasida qarz oluvchi sifatida koʻrsatilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki qarori bilan tasdiqlanadigan Kengash Jamgʻarma boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengash uning yigʻilishida aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishida ovozlar soni teng boʻlib qolganda, yigʻilish raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati, shu jumladan, mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam koʻrsatishga doir qarorlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan ushbu Nizomda koʻrsatilmagan moliyaviy yordamning boshqa turlarini koʻrsatish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Ijrochi direktor va uning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati va uni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida Jamgʻarma ijrochi direktori hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda Jamgʻarma faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik, idoralar va tijorat banklari rahbarlarining Jamgʻarma moliyaviy yordamlaridan foydalanish natijadorligi haqidagi hisobotlarini har yili, hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻ miqdoridan kelib chiqib, Jamgʻarma tomonidan bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlari choraklar boʻyicha taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy yordamlar samaradorlik koʻrsatkichlari va tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib, moliyaviy yordam miqdorlarini kamaytirish yoki toʻxtatish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan bazaviy meʼyorlar va shartlarni belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatini rivojlantirish va uni jahon standartlari talablariga muvofiqlashtirish uchun uning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar soniga oʻzgartirish kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida ekspert tahlil guruhi tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning mablagʻlarini koʻpaytirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning Strategik va biznes rejalari hamda yillik daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma audit xizmati, audit qoʻmitasi, tavakkalchilik qoʻmitasi, tavakkalchilikni boshqarish, monitoring qilish, xodimlarni ragʻbatlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishi toʻgʻrisidagi nizomlar, hisob siyosati, Jamgʻarma faoliyatida ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishi zarur boʻladigan boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi (tarkibiy tuzilma haqidagi nizomlar, qoida va boshqa texnik tartiblar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati boʻyicha Tavakkalchilik va Audit qoʻmitalari axborotini har chorakda eshitib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Direksiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladigan kafillik uchun olinadigan bir martalik vositachilik haqi miqdorini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning yangi xizmat turlarini joriy etadi hamda ularning tartib va qoidalarini belgilaydi;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoniga asosan yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkorlik bilan hal qilishni taʼminlash maqsadida Jamgʻarma moliyaviy yordam koʻrsatish parametr hamda qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit (lizing) miqdori, foiz stavkasi chegarasiga nisbatan belgilangan talablar, shuningdek, kompensatsiya va kafillik muddati, stavkasi hamda miqdori moliyaviy yordam koʻrsatish parametrlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy yordam koʻrsatish shartlari va kredit (lizing) maqsadiga nisbatan qoʻyilgan talablar moliyaviy yordam koʻrsatish qoidalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarmada Ijrochi direktor, uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Jamgʻarma tarkibiy tuzilma rahbarlaridan iborat tarkibda Direksiya (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya Jamgʻarmaning ijro organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda, Jamgʻarma biznes rejasi (daromadlari va xarajatlari)ning har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning strategik rejasini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi yuzasidan hisobotni Kengashga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring olib borilishini taʼminlaydi hamda monitoring natijasida aniqlangan holatlarni muhokama qiladi va vakolati doirasida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Kengashi qarorlarini toʻliq va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik darajasi oshib borayotgan yoʻnalishlarga kafilliklar berilishini toʻxtatish yuzasidan takliflarni tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlik buyrugʻi bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Ijrochi direktor Jamgʻarma direksiyasining rahbari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik bilan kelishgan holda, xalqaro va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek, malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni ularning xizmat haqini Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlagan holda jalb qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma joriy faoliyatini operativ boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot va idoralarda Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma nomidan mehnat, kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish, vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, xoʻjalik hamda boshqa shartnomalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar hamda kelgusi chorak uchun ish rejalari toʻgʻrisida har chorakda Kengash oldida hisob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash haqida buyruqlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa buyruq va farmoyishlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma nomidan sud idoralariga ariza va shikoyatlar bilan murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmada ishni tashkil etish maqsadida turli komissiya va ishchi guruhlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki mehnat tartibi qoidalari, tarkibiy boʻlinma nizomlari, lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarmaning saqlash xarajatlari (boshqaruv-maʼmuriy xarajatlar) Kengash tomonidan tasdiqlanadigan biznes-reja (xarajatlar smetasi) asosida Jamgʻarma daromadlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamgʻarma oʻzining buxgalteriya hisobini Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, zarur hollarda xalqaro standartlar boʻyicha yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamgʻarma xodimlari mehnatiga haq toʻlashda davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun Vazirlikning markaziy apparati xodimlariga belgilangan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarma xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish va mukofotlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha ishlab chiqilgan va Jamgʻarmaning boshqarish boʻyicha kengash tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamgʻarma va uning xodimlarining qaror qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Jamgʻarmaning ichki hujjatlari talablariga mos kelmasligi tufayli zarar koʻrish ehtimoli sugʻurta qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta xarajatlari xarajatlar smetasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish uchun Jamgʻarmaga 1 ta shaxsan biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi va uning hisobi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarning badallari hisobidan shakllantiriladigan boshlangʻich badal;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Jamgʻarmaning, shu jumladan, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, kafilliklar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari doirasida ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma faoliyati boʻyicha yoʻnalishlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida belgilangan tartibda ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchilarning kreditlari (lizinglari) boʻyicha berilgan kafilliklar bilan bogʻliq toʻlovlarni tijorat banklariga toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining kreditlari (lizinglari) boʻyicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish, shu jumladan, mehnatga haq toʻlash va mehnatga haq toʻlashga tenglashtirilgan toʻlovlarni hamda ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarni toʻlash xarajatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda qayd etilgan maqsadlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy belgilangan yoʻnalishlarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kompensatsiyani berish, toʻxtatib turish, toʻxtatish, bekor qilish va qayta tiklash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamgʻarma tomonidan tadbirkorlik subyektlarining kreditlariga (lizinglariga) kompensatsiya ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tijorat banklari kompensatsiyalarni oluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya berish davri “2+1” tamoyili asosida kreditning (lizingning) dastlabki ikki yiliga, tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada koʻzda tutilgan mahsulotlarni (xizmatlar koʻrsatishni) ishlab chiqarish hamda ish oʻrinlari yaratish koʻrsatkichlari toʻliq bajarilganligi yuzasidan tijorat bankining maʼlumotiga asosan kompensatsiya shartnomasi qoʻshimcha bir yilga uzaytiriladi va toʻlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha bir yil uchun kompensatsiya toʻlovlari loyiha amalga oshirilgunga qadar mavjud boʻlgan hamda biznes-rejada koʻrsatilgan yangi ish oʻrinlarining saqlab turilishidan kelib chiqib, elektron axborot bazasida mavjud maʼlumotlar asosida reyestr boʻyicha har oyda toʻlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. 2022-yil 1-iyulga qadar tuzilgan kompensatsiya shartnomalari boʻyicha kreditni (lizingni) qaytarish jadvaliga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, amaldagi kompensatsiya shartnomasi shartlari mutanosib ravishda oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kompensatsiya miqdorlari qayta hisob-kitob qilinib, kredit (lizing) muddatiga mos ravishda toʻlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jamgʻarma faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilish bosqichida boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrotlik tartibi qoʻzgʻatilmagan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat sanasida kreditlar (lizinglar), soliqlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan qarz oluvchilarning loyihalari boʻyicha kompensatsiya beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kredit (lizing) berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qilgan holda, qarz oluvchining tijorat banki hududiy tarkibiy boʻlinmasiga ariza bilan murojaat qilishi kompensatsiya tashabbusiga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tijorat banki yoxud uning hududiy tarkibiy boʻlinmasi kredit (lizing) berishning imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqqandan soʻng ikki ish kuni mobaynida “Tadbirkor” axborot tizimi orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa — kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmani elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlagan holda tijorat bankiga taqdim etadi va bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki bir ish kunida kredit (lizing) ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa — kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmani Jamgʻarmaga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa — rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma buyurtmani koʻrib chiqish jarayonida tijorat bankidan qoʻshimcha maʼlumot va hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaxsi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Jamgʻarmaga notoʻgʻri va/yoki yolgʻon maʼlumotlarning taqdim qilinishi, ushbu maʼlumotlar asosida moliyaviy yordam olganlik uchun, shuningdek, tijorat banki va qarz oluvchi tomonidan majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun Jamgʻarma javobgar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Buyurtma Jamgʻarmaga tushgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida uni koʻrib chiqadi va kompensatsiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Jamgʻarma tijorat bankini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) keyinchalik qarz oluvchiga maʼlumot berish uchun xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya berilishi rad etilgani toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan tijorat banki bir ish kuni mobaynida bu haqda hududiy tarkibiy boʻlinmasi va qarz oluvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kompensatsiya berilishi toʻgʻrisida bildirishnomani olgandan soʻng besh ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki yoki uning hududiy tarkibiy boʻlinmasi kompensatsiya berilishi toʻgʻrisida qarz oluvchini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki yoki uning hududiy tarkibiy boʻlinmasi va qarz oluvchi kompensatsiya berilishi toʻgʻrisida shartnomani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya shartnomasi belgilangan muddatda elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolanmaganda, shartnoma tuzilmagan va majburiyat yuzaga kelmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Har bir oy uchun kompensatsiya Jamgʻarma tomonidan oy yakunlangandan soʻng 30 kun mobaynida, tijorat banki tomonidan Jamgʻarmaga oy yakunlangandan soʻng 20 kun mobaynida beriladigan kompensatsiya reyestri asosida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tijorat banki kompensatsiya berilishi toʻgʻrisidagi shartnoma amal qiladigan har bir kreditning (lizingning) qoldiqlari boʻyicha hisoblangan foizlardan kelib chiqqan holda kompensatsiya reyestrini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskorlarining kredit (lizing) maʼlumotlarining “Tadbirkor” axborot tizimiga integratsiyasini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrni Jamgʻarma talablari doirasida elektron tarzda shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolangan reyestrni “Tadbirkor” axborot tizimi orqali yetkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki shakllantiriladigan reyestrning barcha hisob-kitoblarini istalgan muddatga onlayn rejimda Jamgʻarmaga taqdim etish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi dasturiy taʼminotga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Jamgʻarma tijorat banki tomonidan “Tadbirkor” axborot tizimi orqali beriladigan elektron kompensatsiya reyestri asosida toʻlovlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari kompensatsiya reyestrining toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tijorat banki belgilangan tartibda kompensatsiya shartnomalariga asosan hisoblangan va Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya qilinadigan foizlarning hisobini alohida 16325 — “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kompensatsiyasi” balans hisobvaragʻida yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Xorijiy valyutada olingan kompensatsiya majburiyatlari toʻlovi milliy valyutada, toʻlov amalga oshiriladigan hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha toʻlanadi. Mablagʻlarni konvertatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar, jumladan, kurs oʻrtasidagi farqlar va boshqa xarajatlar qarz oluvchi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kompensatsiya mablagʻi tijorat banki taqdim etgan reyestr asosida bir paytning oʻzida bir qancha kredit (lizing) shartnomalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankining 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” tranzit hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankining 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” tranzit hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlarni har bir qarz oluvchi uchun alohida ochilgan 16325 — “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kompensatsiyasi” hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. 2022-yil 1-iyuldan soʻng tuzilgan kompensatsiya shartnomalari boʻyicha qarz oluvchilar tomonidan kreditni (lizingni) qaytarish jadvaliga muvofiq muddatlarda soʻndirmasligi oqibatida kompensatsiya miqdori buyurtmada qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Jamgʻarma quyidagi holatlarda kompensatsiya berishni toʻxtatib turadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarz oluvchi tomonidan kredit (lizing) boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi 90 kundan oshganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarz oluvchi va tijorat bankining buyurtmasida notoʻgʻri va/yoki yolgʻon maʼlumotlar aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida ortiqcha toʻlangan kompensatsiya mablagʻi tijorat banki tomonidan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Jamgʻarma kompensatsiya berishni toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish uchun asos boʻladigan holat aniqlangani toʻgʻrisida tijorat bankining xabarini olgandan soʻng uch kun mobaynida kompensatsiya berishni toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu toʻgʻrisida tijorat bankini, oʻz navbatida tijorat banki qarz oluvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kompensatsiya toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 47-bandi “a” kichik bandiga asosan toʻxtatilganda, muddati oʻtgan barcha kredit (lizing) qarzdorliklari toʻliq soʻndirilgandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-bandi “b” kichik bandiga asosan toʻxtatilganda, toʻxtatish sabablari bartaraf etilganligi yuzasidan tijorat banki tomonidan xabar berilgan sanadan qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtatib turilgan davr uchun kompensatsiya hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Jamgʻarma quyidagi holatlarda kompensatsiya berishni toʻxtatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi kredit (lizing) shartnomasi boʻyicha kreditni (lizingni) toʻliq qaytarsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) shartnomasining amal qilishi toʻxtatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilishi toʻxtatilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham kompensatsiya berishni toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Kredit (lizing) mablagʻlari kredit (lizing) shartnomasida va/yoki buyurtmada belgilangan maqsadlarda ishlatilmaganda, Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya shartnomasi bir tomonlama bekor qilinadi hamda toʻlangan kompensatsiya mablagʻlari tijorat banki tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tijorat banki kompensatsiya berishni toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilishni nazarda tutuvchi holatlarni aniqlash maqsadida qarz oluvchining faoliyati yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring olib boradi va ular aniqlanganda, bu haqda Jamgʻarmani uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tijorat banki budjet mablagʻlarining maqsadli ishlatilishini nazorat qiluvchi organlar hamda Jamgʻarmaga kafillik va kompensatsiya berilgan kreditlar (lizinglar) boʻyicha tanlov asosida monitoring qilish va tegishli hujjatlarni olish uchun sharoit yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Kompensatsiya berish toʻxtatib turilgan, toʻxtatilgan yoki kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan holatlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu qarz oluvchining aybi bilan sodir boʻlsa — qarz oluvchi kredit (lizing) boʻyicha foizlarni toʻliq toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu tijorat bankining aybi bilan sodir boʻlsa — bank kompensatsiyani oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tijorat banklarining kreditlari (lizinglari) boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga Jamgʻarmaning kafilligi berilishini koʻrib chiqish shartlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Jamgʻarma tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlari (lizinglari) boʻyicha kafillik ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Jamgʻarma faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilish bosqichida boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan bankrotlik tartibi qoʻzgʻatilmagan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat sanasida kredit (lizing), soliqlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yomon kredit tarixiga ega boʻlmagan (“Kredit-axborot tahlil markazi” Kredit byurosi maʼlumoti asosida aniqlanadi) qarz oluvchilarga kafillik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Qarz oluvchining tijorat bankining kredit siyosatida nazarda tutilgan kredit (lizing) berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qilgan holda uning hududiy tarkibiy boʻlinmasiga ariza bilan murojaat qilishi kafillik tashabbusi bilan chiqish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Qarz oluvchilarning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Jamgʻarma tomonidan belgilangan mezonlarga mosligi hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtganligi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun tijorat banklari ajratadigan kreditlar (lizinglar) boʻyicha Jamgʻarma kafilligini berish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki qarz oluvchi tomonidan topshirilgan hujjatlarning belgilangan mezonlarga muvofiqligini, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtganligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Kredit (lizing) berish imkoniyati toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgandan keyin tijorat banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa — kafillik olish uchun buyurtmani “Tadbirkor” axborot tizimiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa — rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Tijorat banki hududdagi tarkibiy boʻlinmasidan hujjatlar olinganidan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkor” axborot tizimidagi buyurtma toʻgʻri toʻldirilganini tekshiradi va uni elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmada xatoliklar aniqlansa, tijorat banki hududiy tarkibiy boʻlinmasiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaxsi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Jamgʻarma buyurtma kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida uni koʻrib chiqadi va kafillik berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Jamgʻarma bir ish kuni mobaynida tijorat bankining hududdagi tarkibiy boʻlinmasini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) keyinchalik qarz oluvchiga maʼlumot berish uchun xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Kafillik berish toʻgʻrisida Jamgʻarmaning ijobiy qarori olinganda, tijorat banki besh ish kuni mobaynida qarz oluvchi bilan birgalikda kafillik berilishi toʻgʻrisida shartnomani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillik shartnomasi belgilangan muddat mobaynida bank va qarzdor tomonidan imzolanmasa, kafillik shartnomasi tuzilmagan deb hisoblanadi va Jamgʻarma majburiyati yuzaga kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Loyihalarning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda, Kengash tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan kafillik summasining ikki foizi miqdorigacha bir martalik vositachilik haqi olinadi. Vositachilik haqi qarz oluvchining istalgan hisobvaragʻi, jumladan, tranzit hisobvaragʻi orqali ham toʻlab berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillik shartnomasi imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi, lekin qarz oluvchi tomonidan bir martalik vositachilik haqi Jamgʻarma hisobvaragʻiga toʻliq miqdorda oʻtkazib berilgandan soʻng Jamgʻarmaning majburiyati yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik vositachilik haqi kafillik buyurtmasiga ijobiy xulosa berilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma joʻnatilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida toʻlanmagan taqdirda, kafillik shartnomasi tuzilmagan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Kafillik boʻyicha majburiyatlar quyidagi holatlarda bekor boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) boʻyicha asosiy qarzning kafillik bilan taʼminlangan qismining toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning yozma ruxsatisiz kredit (lizing) shartnomasi boʻyicha majburiyatlarda shaxslarning almashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) mablagʻlari buyurtma va kredit (lizing) shartnomasida belgilangan maqsadlarda ishlatilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov taʼminotining Jamgʻarma roziligisiz oʻzgartirilishi yoki begonalashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillik shartnomasi tuzilgandan soʻng tijorat banki tomonidan uch oy mobaynida kredit (lizing) ajratilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Jamgʻarma kafillik portfelining qisman yoki toʻliq hajmi uchun sugʻurta qoplamasini jalb etish huquqiga ega. Bunda sugʻurta qoplamasi boʻyicha sarf-xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Berilgan kafillik boʻyicha majburiyatlarning Jamgʻarma tomonidan bajarilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Qarz oluvchi kreditni (lizingni) qaytarganda va kredit (lizing) boʻyicha oʻz majburiyatlarini kamaytirganda, birinchi navbatda, kredit (lizing) boʻyicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda Jamgʻarma kafilligi taʼminlanishidan ozod etiladi. Bunda qarz oluvchi tomonidan ajratilgan kredit (lizing) boʻyicha taʼminlash sifatida taqdim etilgan mol-mulk faqat Jamgʻarma kafilligi toʻliq qoplangandan soʻng garovdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tijorat banki kredit (lizing) shartnomasi shartlari bajarilishi yuzasidan qarz oluvchi faoliyatining monitoringini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijasida kreditning (lizingning) toʻliq yoki qisman maqsadsiz ishlatilganligi aniqlansa, tijorat banki bu haqda Jamgʻarmaga uch ish kuni mobaynida xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Qarz oluvchi berilgan kredit (lizing) boʻyicha majburiyatlarni bajarmasa yoki tegishli ravishda bajarmasa, bank qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda unga yozma talablar qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Qarz oluvchi kredit (lizing) shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan sanadan (tegishli ravishda bajarmaganda) boshlab bank 90 kalendar kuni mobaynida qarz oluvchidan kredit (lizing) boʻyicha asosiy qarzning qaytarilmagan summasini olish, undan foizlarni undirish va kredit (lizing) shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi uchun, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining hisobvaragʻidagi mablagʻlarni uning ruxsatisiz olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvni garov (lizing) predmetiga qaratish va taʼminlashga talablar qoʻyish (Jamgʻarma kafilligi bundan mustasno) yoʻli bilan barcha oqilona va yuzaga kelgan vaziyatda mumkin boʻlgan choralarni koʻrishga majbur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) taʼminoti sifatida sugʻurta polisi olingan hollarda ham undiruv avval sugʻurta polisiga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kafilligi boʻyicha javobgarlik subsidiar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan barcha zarur tartibotlar bajarilgandan soʻng, agar kredit (lizing) shartnomasida belgilangan tartibda bank oldidagi qarz summasi qaytarilmasa, bank Jamgʻarmaga quyidagilar qayd etilgan talablarni qoʻyadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillik shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami, bank va Jamgʻarma kafil boʻlgan qarz oluvchining nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillik shartnomasi bilan taʼminlanadigan kredit (lizing) shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining kredit (lizing) asosiy qarzdorligidan bajarilmagan majburiyatlari hajmi boʻyicha javobgarlikning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, Jamgʻarmaning kafillik shartnomasi boʻyicha moliyaviy javobgarlik miqdori hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar oʻtkazilishi kerak boʻlgan va toʻlov rekvizitlari koʻrsatilgan bank hisobvaragʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Talab (eʼtiroz) tijorat bankining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va bank muhrining bosma izi yoki elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ushbu talabga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabni (eʼtirozni) imzolaydigan shaxsning vakolatini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining qarzdorligi hisob-kitobi va Jamgʻarma javobgarligining hisob-kitoblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bank oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki qarz oluvchiga nisbatan ushbu Nizomda qayd etilgan choralarni koʻrganligi va tegishli ishlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar nusxalari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning Jamgʻarmaga nisbatan talabi (eʼtirozi) qayd etilgan barcha hujjatlar tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan imzolanib, bank muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Taqdim etilgan talab Jamgʻarma tomonidan berilgan kafillikka va ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish kafillik shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Jamgʻarma tijorat bankiga kafillik summasini toʻlash haqidagi talabni bajarishni taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizom va kafillik shartnomasi shartlariga muvofiq boʻlmaganda rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼtirozlar bildirilgan taqdirda, Jamgʻarma bankdan talab tushgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida tijorat bankiga mavjud barcha eʼtirozlar koʻrsatilgan xatni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Jamgʻarma eʼtirozlar bildirilmaganda, tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa pul mablagʻlarini oʻtkazishi shart. Jamgʻarma tijorat bankining talablari asosida va kafillik shartnomasiga muvofiq tijorat bankiga kreditning (lizingning) toʻlanmagan qismi boʻyicha kafillik shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlar summasidan oshmaydigan miqdorda kreditning (lizingning) asosiy qarzi boʻyicha toʻlovni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Jamgʻarma majburiyatlari Jamgʻarma tomonidan tijorat bankiga mablagʻlar oʻtkazilgan paytdan bajarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Kafillik boʻyicha toʻlovlar toʻlagandan soʻng Jamgʻarma qarz oluvchining boshqa likvid mulki hisobidan, shu jumladan, sudga murojaat qilish orqali qoplanishini regress tartibida talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Jamgʻarma tomonidan moliyaviy koʻmak berilishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Jamgʻarma zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tadbirkor” axborot tizimidan foydalanish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar berish boʻyicha buyurtmalarni qabul qilish, ular yuzasidan qabul qilingan Jamgʻarma qarorlarini elektron tarzda yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar berish toʻgʻrisida elektron shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, kafillik va kompensatsiyalar boʻyicha hisobotlar tuzish, oʻzaro maʼlumotlar almashish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, tijorat banklari va boshqa davlat tashkilotlari bilan “Tadbirkor” axborot tizimining integratsiyasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari va ularning mijozlariga Jamgʻarmaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida buyurtmalarning koʻrib chiqilishini hamda bajarilish holatini kuzatib borish imkonini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga taqdim etiladigan moliyaviy yordamlarning risk (tavakkalchilik) darajasini belgilash “Tadbirkor” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Jamgʻarma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ularning sarflanishini hisobga oladi hamda ular boʻyicha hisobot tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Tijorat banklari har oy yakuni bilan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay, Jamgʻarma kafilligi ostida ajratilgan kreditlar (lizinglar) boʻyicha hisobotlar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Davlat moliyaviy nazorati organlari qarz oluvchilar tomonidan kafillik, kompensatsiyalar berilishi va toʻlovlar toʻlanishining ushbu Nizomda belgilangan shartlari, maqsadlari hamda tartibiga rioya etilishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. “Tadbirkor” axborot tizimi Jamgʻarma tomonidan moliyaviy yordamlar koʻrsatish va monitoring qilishda foydalanish uchun quyidagilar bilan integratsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar boʻyicha qarzdorlik va yaratilgan ish oʻrinlari maʼlumotlarini olish uchun Davlat soliq qoʻmitasi axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxonalar boʻyicha maʼlumot olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratilgan ish oʻrinlari maʼlumotlarni olish uchun Xalq banki fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari va kredit byurosi axborot tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari rekvizitlari, iqtisodiy faoliyat turi va kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga mansubligini aniqlash hamda boshqa maʼlumotlarni olish uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlanadigan bir martalik vositachilik haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkorlik bilan aniqlash uchun Markaziy bankning Banklararo toʻlov tizimi va “MUNIS” — Banklararo universal nyetting axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu axborotlar Jamgʻarmaga bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Jamgʻarma qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy yordam shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Soʻx tumanida roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 10 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada koʻzda tutilgan mahsulot (xizmat)larni sotish hamda ish oʻrinlari yaratish koʻrsatkichlari toʻliq bajarilgan taqdirda, qoʻshimcha bir yilga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tijorat banklari kredit (lizing)lariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summaning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summaning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlar hamda mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” kichik tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek, kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “aʼlo” kredit tarixiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari boʻyicha Jamgʻarma kafilligidan foydalanayotgan boʻlishidan qatʼi nazar qoʻshimcha kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2023-yil 1-apreldan boshlab bir yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oshmagan qismi Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlangan nizom asosida qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Tadbirkorlik faoliyatini koʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan bosh bitimlar asosida vakolatli tijorat banklari orqali milliy valyutada amalga oshiriladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining kreditlariga (lizinglariga) kompensatsiya berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Qarz oluvchi

(kichik tadbirkorlik subyekti, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli yuridik shaxs)

Kredit (lizing) berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qilgan holda, tijorat bankiga murojaat qilish.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Tijorat banki

Kredit (lizing) berishning imkoniyati toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgandan soʻng “Tadbirkor” axborot tizimi orqali kredit va lizing ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda:

kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmani elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlagan holda tijorat bankiga taqdim etish va bu haqda qarz oluvchini xabardor qilish;

2 ish kuni mobaynida

kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmani Jamgʻarmaga yuborish.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi

Buyurtmani koʻrib chiqish va kompensatsiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi

Tijorat bankini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) keyinchalik qarz oluvchiga maʼlumot berish uchun xabardor qilish.

1 ish kuni mobaynida

Tijorat banki

Kompensatsiya berilishi rad etilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma boʻyicha hududiy tarkibiy boʻlinmasi va qarz oluvchini xabardor qilish.

5-bosqich

Tijorat banki

Kompensatsiya berilgani toʻgʻrisida bildirishnomani olgandan soʻng:

kompensatsiya berilgani toʻgʻrisida qarz oluvchini xabardor qilish;

5 ish kuni mobaynida

Tijorat banki va qarz oluvchi

kompensatsiya berilishi toʻgʻrisida shartnomani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolash.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
(3-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit (lizing)lari boʻyicha kafillik berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Qarz oluvchi

(kichik tadbirkorlik subyekti, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga taalluqli yuridik shaxs)

Kredit (lizing) berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qilgan holda, tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilish.

Zaruratga koʻra


2-bosqich

Tijorat banki

Kredit (lizing) berish imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqqandan keyin:

kredit (lizing) ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — kafillik olish uchun buyurtmani “Tadbirkor” axborot tizimiga kiritish;

kredit (lizing) ajratish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda qarz oluvchiga yozma javob yuborish.

Tijorat bankining ichki hujjatlarida belgilangan muddatlarda


3-bosqich

Tijorat banki

Hududdagi tarkibiy boʻlinmasidan hujjatlar olingandan keyin:

olingan hujjatlarni koʻrib chiqish; “Tadbirkor” axborot tizimidagi buyurtmani toʻgʻri toʻldirilganini tekshirish va uni elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlash;

buyurtmada xatoliklar aniqlansa, tijorat banki hududiy tarkibiy boʻlinmasiga qaytarish.

Tijorat bankining ichki hujjatlar�da belgilangan muddatlarda


4-bosqich

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi

Buyurtmani koʻrib chiqish, kafillik berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

3 ish kuni mobaynida


5-bosqich

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi

Tijorat bankining hududdagi tarkibiy boʻlinmasini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) keyinchalik qarz oluvchiga maʼlumot berish uchun xabardor qilish.

1 ish kuni mobaynida


6-bosqich

Tijorat banki va qarz oluvchi

Kafillik berish toʻgʻrisid� Jamgʻarmaning ijobiy qarori olinganda, qarz oluvchi bilan birgalikda kafillik berilishi toʻgʻrisida shartnomani elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolash.

5 ish kuni mobaynida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2022-y., 09/22/428/0713-son; 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)