04.08.2022 yildagi PQ-345-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini amaliyotga kiritish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy bolalar uylari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda — tarbiyalanuvchilar) oilaga tarbiyaga olishni istagan fuqarolar tomonidan yuridik shaxs maqomisiz tegishli tuman (shahar) hokimining qarori asosida tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin koʻpi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim. Bunda, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning oʻz farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy bolalar uylarini tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan fuqarolar tomonidan tashkil qilishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy bolalar uylari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Milliy gvardiya hamda tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy bolalar uyini tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan shaxslardan tegishli vazirlik va idoralarning elektron maʼlumotlar bazalaridan olish mumkin boʻlgan hujjatlarni talab qilish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda amalda yuridik shaxs maqomidagi davlat tarbiya muassasasi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan oilaviy bolalar uylarini yuridik shaxs maqomisiz qayta tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandida oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning eng koʻp soniga oʻrnatilgan cheklov davlat tarbiya muassasasi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan va yuridik shaxs maqomisiz qayta tashkil etilayotgan oilaviy bolalar uylariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu oilaviy bolalar uylaridagi tarbiyalanuvchilar 18 yoshga toʻlgunga yoxud boshqa sabablarga koʻra ketgunga qadar mazkur uylarda qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy gvardiya (R. Djurayev) Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) bilan birgalikda bir oy muddatda oilaviy bolalar uylarini tashkil qilmoqchi boʻlgan fuqarolar uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini tashkil etish va ushbu jarayonga malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat xavfsizligi universiteti tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, oilaviy bolalar uylarini tashkil qilmoqchi boʻlgan fuqarolar nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil qilingan tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida oʻqishi va tegishli sertifikatni olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga har oyda Davlat budjetidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchining yashash xarajatlari uchun 7 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, 8 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchini parvarish qilish uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1 baravari (nogironligi boʻlgan bolalar uchun 1,5 baravari) miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olingan har bir nogironligi boʻlgan bolani davolash-sogʻlomlashtirish uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida mablagʻ ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar har oyning 5-sanasiga qadar tutingan ota-ona nomiga ochilgan bank plastik kartasiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarga hududda joylashgan davlat sport majmualari, maʼnaviy-maʼrifiy maskanlar, toʻgaraklar, ot sporti seksiyalari, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa oʻquv markazlaridagi toʻgaraklar va kurslarga bepul qatnashish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan yiliga bir marotaba sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olish uchun bepul yoʻllanmalar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan bir yilda ikki marotaba respublikamizning tarixiy shaharlariga bepul sayohatlar hamda teatr tomoshalari va konsert dasturlari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bir yilda ikki marotaba bepul toʻliq tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarga mazkur qarorga muvofiq berilayotgan sogʻlomlashtirish oromgohiga va sayohatga borish, teatr tomoshalari va konsertlarda qatnashishga oid imtiyozlar oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarning oʻz farzandlariga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari Milliy gvardiya xodimlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda oilaviy bolalar uylarini tashkil etishda tutingan ota-onalarga zarur tashkiliy yordam koʻrsatsin hamda har oyda kamida bir marta bolalarning turmushi va ularni tarbiyalash uchun yaratilgan sharoitlarini kuzatib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ushbu uylarga berish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy gvardiya (R. Djurayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar bir oyda kamida bir marta ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev, xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-345-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2022-y., 07/22/345/0711-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 24.12.2025-y., 06/25/256/1205-son)