02.08.2022 yildagi 422-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilganligi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hamda uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari belgilanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari Sportni rivojlantirish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, sohani raqamlashtirishga hamda sportni rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning maqomi, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari, unga tushgan mablagʻlarni vazirlik tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarida jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish yoʻnalishlari va tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 422-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Moliya vazirligi Gʻaznachiligida jamgʻarma uchun ochilgan Sportni rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)ning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qaroriga muvofiq Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisi Vazirlik hisoblangan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tizim tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan koʻchmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat budjeti mablagʻlarining, shuningdek, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablagʻlari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 3 foizi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu mablagʻlarni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar Jamgʻarmaga oʻtkazib boradi. Bunda, tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini maqsadli moliyalashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda Savdo-sanoat palatasiga ajratish nazarda tutilgan mablagʻlar 2022-yilda Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlardan chegirib qolgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yildan boshlab, Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi tomonidan belgilangan, biroq tushumning (Jamgʻarmaga tushadigan 3 foiz qismidan) 10 foizidan oshmagan miqdori Savdo-sanoat palatasiga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan va Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, uning tizim tashkilotlari bino va inshootlarini qurish va taʼmirlashga, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga (mebel, orgtexnika, avtotransport vositalarini xarid qilish va boshqalar) hamda joriy saqlash xarajatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi sport inshootlarini qurish va foydalanishga topshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik xarajatlari va sovgʻalar xarid qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni shartnomalar orqali jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan Vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlarining sohaviy xorijiy oʻquv markazlarida va taʼlim tashkilotlarida stajirovkadan oʻtishga, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport sohasiga doir raqamlashtirnsh tizimini yuritish va uni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga (mukofotlar toʻlash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam koʻrsatish va boshqalar), budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan hisoblangan va toʻlangan oʻrtacha ish haqiga qoʻshilgan va ijtimoiy sugʻurta badallari (ijtimoiy soliq) hisoblangan, mehnat taʼtili va foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiya hamda boshqa toʻlovlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tomonidan oʻz tizimida tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalarini saqlash xarajatlari, ularning ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va tizim tashkilotlariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonunchilikda nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq toʻlash uchun xorijiy valyutada mablagʻlar ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, sport sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, sport federatsiya (assotsiatsiya)larining xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini sportni rivojlantirish vazirining (keyingi oʻrinlarda — Vazir) buyrugʻi bilan toʻlab berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida sport sohasidagi tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish va moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori natijaga erishgan sportchilar va ularning trenerlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida esdalik sovgʻalari xarid qilish, pul koʻrinishida mukofotlar toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarining iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim va nogironligi boʻlgan talabalari (oʻquvchilari)ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar toʻlashga (stipendiyalar miqdori Vazir buyrugʻiga asosan belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning kasaba uyushmasiga jamoa shartnomasida (kelishuvida) belgilangan maqsadlar va miqdorlarda mablagʻlar oʻtkazishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport sohasini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Vazirlik hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, tuman (shahar) sportni rivojlantirish boʻlimlari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish Jamgʻarma moliyaviy holatidan kelib chiqib quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp yillik ishlaganlik uchun qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan bayram kunlarda va boshqa muhim sanalarda bir martalik yoʻl mukofoti bilan mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlariga har oylik belgilanadigan shaxsiy ustama toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun alohida xodimlarni mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovqat puli uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlkira xarajatlari uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining oʻz uy-joylari boʻlmagan xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Jamgʻarma hisobidan, quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 yildan yuqori — 1,5.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlovlari koeffitsiyentini hisoblashda Vazirlik markaziy apparati xodimlarining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar (yakka tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilib ishlagan davridan tashqari) barcha tashkilotlardagi rasmiy mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari quyidagi bayramlar va muhim sanalar munosabati bilan mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-yanvar — Yangi yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-mart — Navroʻz bayrami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-dekabr — Konstitutsiya kuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xodimlarga beriladigan mukofot miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Jamgʻarma hisobidan quyidagi ustama va ragʻbatlantirish choralari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskorlik va mehnat natijalari boʻyicha har oyda shaxsiy ustama toʻlovlari lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz ellik foizigacha boʻlgan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vazifalarini sidqidildan bajarganligi, ijro intizomiga rioya etilganligi, oʻz xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi va xizmat vazifalarini samarali bajarish tizimini joriy etganligi hamda moddiy javobgarligi yuqori boʻlgan xodimlarga har chorakda lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz foizigacha boʻlgan miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan ustamalar xodim ishga kirgan oyning keyingi oyidan boshlab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari alohida muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun chorak yakunlari boʻyicha lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) ikki yuz foizigacha miqdorda mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustama va ragʻbatlantirish choralari joriy qilinadigan xodimlar toifasi, tartibi va ularga beriladigan ustama va ragʻbatlantirish miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlik xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda ovqat puli hamda yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda yoʻlkira puli beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlariga Vazirlik kasaba uyushmasining iltimosnomasiga binoan quyidagi sharoitlar va miqdorlarda moddiy yordam koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xodimning yubiley sanalari (50, 55, 60, 65, 70) munosabati bilan bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xodimning oʻzi oila qurganda yoki farzandining toʻyi munosabati bilan (nikoh guvohnomasiga asosan) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodim vafot etganda uning turmush oʻrtogʻi yoki qonuniy vakiliga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oila kodeksiga muvofiq xodimning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va farzandlari, shuningdek, aka-ukalari, opa-singillari) vafot etganda (oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomaga asosan) bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sogʻliqni qayta tiklashga, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol va boshqa holatlar) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (qoida tariqasida kuz oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soha rivojlanishida alohida xizmat koʻrsatgan xodimlarga mehnat taʼtili davrida oilasi (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari) bilan sanator-kurort zonalarida dam olishi bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu xarajatlarning qoplab beriladigan qismi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha boʻlgan miqdorda kompensatsiya toʻlovlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xodim (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari)ning nomida uy-joy mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va ijara shartnomasi nusxasi taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarmani boshqarish faoliyati Jamgʻarma kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kengashi Vazir (Kengash raisi) hamda uning oʻrinbosarlari va maslahatchilaridan iborat tarkibda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar Jamgʻarma kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini koʻrib chiqish va muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorak yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun kelib tushgan talabnomalar boʻyicha mablagʻ ajratilishi yuzasidan qarorlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash va unga xorijiy kreditlarni hamda grantlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ularni tasarruf etish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari Vazirlikning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Vazirlikning Komplayens nazorat va ichki audit boʻlimiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlik belgilangan tartibda Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan gʻaznachilik shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.