Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3312-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil 16-iyundagi 9-mb-son qarori (roʻyxat raqami 3312, 2021-yil 16-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 10/21/3312/0684-son) bilan tasdiqlangan Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-iyul,
20-mb-son
Kelishildi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. ShERMATOV
2022-yil 14-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2022-yil 1-iyuldagi 20-mb-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respondentning nomi va identifikatsion kodlari (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami — STIR (yuridik shaxslar uchun), korxona, tashkilotning asosiy kodi — KTUT, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — JShShIR (jismoniy shaxslar uchun);”.
2. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi roʻyxatga olish markazi yoki Davlat xizmatlari markazlari tomonidan berilgan respondentning elektron raqamli imzosi bilan imzolangan va oʻzida majburiy rekvizitlarni toʻliq aks ettirgan elektron shakldagi statistika hisoboti respondentdan chiquvchi hujjat deb hisoblanadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 10/22/3312-2/0697-son)