01.08.2022 yildagi 416-son
Hujjat 01.01.2024 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
qarori
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatini yanada rivojlantirish hamda ularning faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatini yanada rivojlantirish hamda ularning faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
vazirlik va idoralarda ichki audit xizmatlarini tashkil etish asoslari va tartibi;
davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit xizmatlarini tashkil etish asoslari va tartibi;
ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari;
ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari;
ichki audit xizmati xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari va ichki audit tadbirlarida ishtirok etishga cheklovlar;
ichki audit xizmati xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari va ichki audit tadbirlarida ishtirok etishga cheklovlar;
ichki audit xizmatlari tomonidan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini oʻrganish;
ichki audit xizmatlari tomonidan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini oʻrganish;
ichki audit xizmatining huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, ichki audit xizmati faoliyati boʻyicha hisobotlarni tayyorlash;
ichki audit xizmatining huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, ichki audit xizmati faoliyati boʻyicha hisobotlarni tayyorlash;
aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilish holatlari hisobini yuritish hamda ular yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarini xabardor qilib borish.
aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilish holatlari hisobini yuritish hamda ular yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini xabardor qilib borish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchkorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2022-yil 1-avgust,
2022-yil 1-avgust,
416-son
416-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 416-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 416-son qaroriga
ILOVA
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati toʻgʻrisida
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom vazirlik va idoralar ichki audit xizmatining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
vazirlik va idoralar — ichki audit xizmati tashkil etilgan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamgʻarmalari;
ichki audit xizmati — vazirlik va idoralarda ichki audit faoliyatini amalga oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy boʻlinma;
ichki audit faoliyati — vazirlik va idoralarda budjet intizomini mustahkamlash, budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, budjet tizimi budjetlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan foydalanish samaradorligini baholashga qaratilgan mustaqil faoliyat;
ichki audit obyekti — ichki audit tadbiri amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazirlik va idoralarning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari hamda tasarrufidagi budjet tashkilotlari;
ichki audit tadbiri — ichki audit obyektlarida ichki audit xizmati maqsadlariga erishishga qaratilgan ichki audit xizmati xodimi tomonidan amalga oshiriladigan jarayon.
3. Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, oʻzlari faoliyat yuritayotgan vazirlik va idoraning qarorlari, buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
4. Ichki audit xizmati oʻzi tashkil etilgan vazirlik va idorada ichki audit faoliyatini amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.
5. Ichki audit xizmati vazirlik va idoralarning asosiy faoliyati natijalariga javobgar hisoblanmaydi hamda ularga asosiy faoliyat yoʻnalishidan tashqari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa funksiyalarning yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;
ichki audit xizmati — davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini amalga oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy boʻlinma;
ichki audit faoliyati — davlat organlari va tashkilotlarida budjet intizomini mustahkamlash, budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, budjet tizimi budjetlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan foydalanish natijadorligini baholash, ichki nazorat va xavflarni boshqarish tizimlari samaradorligini oʻrganishga qaratilgan mustaqil faoliyat;
ichki audit obyekti — ichki audit tadbiri amalga oshirilishi nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlarining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari hamda tasarrufidagi budjet tashkilotlari;
ichki audit tadbiri — ichki audit obyektlarida ichki audit xizmati maqsadlariga erishishga qaratilgan ichki audit xizmati xodimi tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
ichki nazorat tizimi — davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda xavflarni kamaytirish, faoliyatning qonunchilikka muvofiqligi, tejamkorligi, samaradorligi, hisobdorligi, ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga qaratilgan rahbariyat va xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tartiblar, jarayonlar hamda mexanizmlarning kompleks tizimi;
xavflarni boshqarish — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xavflarni aniqlash, baholash, kamaytirish (oldini olish, bartaraf etish) choralarini koʻrish, xavflar monitoringi va xavflar yuzasidan hisobdorlikni oʻz ichiga oluvchi jarayon.
3. Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, oʻzlari faoliyat yuritayotgan davlat organlari va tashkilotining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
4. Ichki audit xizmati oʻzi tashkil etilgan davlat organi va tashkilotida ichki audit faoliyatini amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ichki audit xizmatlari tomonidan ichki audit xizmatlari tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining boʻysunuvidagi budjet tashkilotlarida ichki audit tadbirlari oʻtkazilmaydi.
5. Ichki audit xizmati davlat organlari va tashkilotlarining asosiy faoliyati natijalariga javobgar hisoblanmaydi hamda ularga asosiy faoliyat yoʻnalishidan tashqari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa funksiyalarning yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Ichki audit xizmati tomonidan ichki audit maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish uchun ichki audit obyektlarida, shu jumladan, fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan obyektlarda ichki audit tadbirlarini oʻtkazadi, natijalarini rasmiylashtiradi hamda taklif va tavsiyalar tayyorlaydi.

Ichki audit tadbirlari vazirlik va idora rahbari tomonidan tasdiqlangan ichki audit yillik rejasi asosida oʻtkaziladi.
7. Vazirlik va idoralar tomonidan ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom ushbu nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda ichki audit tadbirlari ichki auditning milliy standartlari va ichki audit tadbirlarini oʻtkazish qoʻllanmasi asosida oʻtkaziladi.
2-bob. Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlarini tashkil etish
8. Ichki audit xizmati vazirlik va idoralar markaziy apparatida mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etiladi.
Ichki audit tadbirlari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan ichki audit yillik rejasi va Hisob palatasi taqdim etgan xavf tahlillariga asosan majburiy tartibda oʻtkaziladi. Bunda ichki audit yillik rejasiga kiritiladigan ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi.
Hisob palatasi bilan kelishishda ichki audit yillik rejasiga kiritilgan “yuqori” xavf darajasiga ega ichki audit obyektlarining chiqarib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom ushbu nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda ichki audit tadbirlari ichki auditning milliy standartlari va ichki audit tadbirlarini oʻtkazish qoʻllanmasi asosida oʻtkaziladi.
2-bob. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlarini tashkil etish
8. Ichki audit xizmati davlat organlari va tashkilotlarining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparatida mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etiladi.
Bunda ichki audit xizmatini tashkil etmasdan ichki audit faoliyatini boshqa tarkibiy tuzilmalarga yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunda ichki audit xizmatini tashkil etmasdan ichki audit faoliyatini boshqa tarkibiy tuzilmalarga yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Ichki audit xizmati bevosita vazirlik va idoraning birinchi rahbariga boʻysunadi.
Ichki audit xizmati faoliyatiga vazirlik va idoralarning boshqa mansabdor shaxslari, shuningdek, boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
81. Vazirlik shaklidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiga kiruvchi hamda tarkibida tizim va boʻysunuvdagi tashkilotlar mavjud boʻlmagan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalarda ichki audit faoliyati vazirlikning ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
9. Ichki audit xizmati bevosita davlat organlari va tashkilotining birinchi rahbariga boʻysunadi.
Ichki audit xizmati faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining boshqa mansabdor shaxslari, shuningdek, boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
91. Ichki audit xizmatlarining rahbarini (ichki audit xizmati bir nafar shtatdan iborat boʻlganda, ushbu shtatda faoliyat yurituvchi xodimni) lavozimidan ozod qilish masalasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi. Bunda davlat organi va tashkiloti tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnoma beriladi.
Ushbu taqdimnomada ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish sabablari hamda ularni tasdiqlovchi hujjatlar (ichki audit xizmati rahbarining arizasi, ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligini koʻrsatuvchi, ijro intizomi va odob-axloq qoidalariga amal qilmaganlikni tasdiqlovchi maʼlumotlar) ilova qilinadi.
92. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish yuzasidan ichki audit xizmati rahbari bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
Bunda ichki audit xizmati rahbari bilan oʻtkaziladigan suhbat taqdimnomani koʻrib chiqish jarayonida amalga oshiriladi.
93. Quyidagilar ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
ichki audit xizmati rahbarining zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki oʻziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarganligi uchun taʼqib qilinganligi holati aniqlanganda.
94. Taqdim etilgan hujjatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqilib, tegishli davlat organi va tashkilotiga ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari koʻrsatilgan xat taqdim etiladi.
10. Ichki audit xizmatining xodimi lavozimiga ichki audit boʻyicha milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi. Malaka sertifikatiga ega boʻlmagan shaxslarning ichki audit xizmatining xodimi lavozimiga ishga qabul qilishga hamda ularning ushbu tizimlarda faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

101. Ichki audit xizmatlari shtat birliklarining eng kam soni ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari shtat birliklari sonini belgilashning mezonlari va eng kam meʼyorlariga muvofiq aniqlanadi.
Bunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi ichki audit xizmatlari xodimlarini sonini hisoblashda vazirliklarning quyi muassasalarida tashkil etilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni alohida hisobga olinadi.
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblashning meʼyorlari va mezonlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini belgilash davlat organi va tashkilotidagi belgilangan boshqaruv shtat birliklari soni doirasida amalga oshiriladi.
102. Davlat organi va tashkilotining markaziy apparatida tashkil etilgan ichki audit xizmati tomonidan ichki audit xizmati mavjud tizim tashkilotida faqat birinchi rahbar topshirigʻi asosida ichki audit tadbirlari oʻtkazilishi hamda tizim tashkiloti faoliyati boʻyicha maʼlumotlar olinishi mumkin.
11. Ichki audit xizmati xodimiga quyidagi hollarda ichki audit tadbirlarida ishtirok etishga yoki ushbu tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi:
11. Ichki audit xizmati xodimiga quyidagi hollarda ichki audit tadbirlarida ishtirok etishga yoki ushbu tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi:
ichki audit tadbirini oʻtkazish nazarda tutilgan ichki audit obyektida shaxsiy yoki mulkiy manfaatlari boʻlsa;
ichki audit tadbirini oʻtkazish nazarda tutilgan ichki audit obyektida shaxsiy yoki mulkiy manfaatlari boʻlsa;
ichki audit obyektida ishlagan davri shu obyektda oʻtkazilishi rejalashtirilgan ichki audit tadbirlari bilan qamrab olingan boʻlsa;
ichki audit obyektida ishlagan davri shu obyektda oʻtkazilishi rejalashtirilgan ichki audit tadbirlari bilan qamrab olingan boʻlsa;
manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka sabab boʻladigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka sabab boʻladigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Ushbu bandning ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ichki audit xizmati rahbari bu haqda davlat organi va tashkilotining birinchi rahbarini yozma shaklda xabardor qiladi.
111. Davlat organi va tashkiloti rahbari ichki audit xizmatiga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, xususan, masofaviy auditni amalga oshirish uchun zamonaviy rusumdagi kompyuter texnikalari bilan taʼminlash, davlat organi va tashkilotida mavjud barcha axborot tizimlariga onlayn rejimda kirish va undagi ichki audit tadbirini oʻtkazishga oid maʼlumotlarni tahlil qilish huquqini berish hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining zarur boʻlgan axborot dasturlaridan foydalanish choralarini koʻradi.
3-bob. Ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari
3-bob. Ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari
12. Ichki audit xizmatining asosiy maqsadi vazirlik va idoralarda budjet intizomini mustahkamlash va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini profilaktika qilish, budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini baholash hamda ichki audit faoliyati sohasidagi hujjatlar ijrosini taʼminlashdan iborat.
12. Ichki audit xizmatining asosiy maqsadi davlat organlari va tashkilotlarida budjet intizomini mustahkamlash va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini profilaktika qilish, budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini baholash hamda ichki audit faoliyati sohasidagi hujjatlar ijrosini taʼminlash hamda tizimdagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat.
13. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
13. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash, budjet hisobining yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini oʻrganish orqali budjet intizomini mustahkamlash;

masofaviy auditni qoʻllagan holda, budjet mablagʻlaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini amalga oshirish;

rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish va baholash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish orqali budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish va baholash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish orqali budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
vazirlik va idoralarni moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
davlat organlari va tashkilotlarini moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda tizimdagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoni samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va baholash.
14. Ichki audit xizmati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
14. Ichki audit xizmati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash, budjet hisobining yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini oʻrganish orqali budjet intizomini mustahkamlash boʻyicha:

budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish jarayonini, yaʼni xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali hamda ularga qoʻshimcha hujjatlarni tuzish, tasdiqlash va ijro etish tartibi va jarayonlarini oʻrganadi va baholaydi;

budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq boʻlgan maqsadlarga yoʻnaltirilishini oʻrganadi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq boʻlgan maqsadlarga yoʻnaltirilishini oʻrganadi;
mehnatga haq toʻlash boʻyicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qoʻshimchalar va boshqa toʻlovlar miqdorlariga rioya etgan holda, toʻlovlar amalga oshirilishini tahlil qiladi;

budjetdan ajratiladigan mablagʻlar normativlarga muvofiq xarajatlar smetasiga kiritilishini oʻrganadi;
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar normativlarga muvofiq xarajatlar smetasiga kiritilishini oʻrganadi;
xodimlarning belgilab qoʻyilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga, tarifikatsiya roʻyxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etilishini oʻrganadi;

koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari turlari va sifatini oʻrganish orqali mablagʻlar iqtisod qilinishi va maqbullashtirilishi boʻyicha taklif tayyorlaydi;
koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari turlari va sifatini oʻrganish orqali mablagʻlar iqtisod qilinishi va maqbullashtirilishi boʻyicha taklif tayyorlaydi;
moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi, asoslanganligi, toʻliqligi hamda toʻgʻri shakllantirilganligini oʻrganish orqali ular yuzasidan rahbariyatga ishonchli maʼlumotlar taqdim etadi;
moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi, asoslanganligi, toʻliqligi hamda toʻgʻri shakllantirilganligini oʻrganish orqali ular yuzasidan rahbariyatga ishonchli maʼlumotlar taqdim etadi;
asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar holati va ularning kelib chiqish sabablari hamda manbalarini oʻrganish orqali barcha turdagi debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish va ularning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

aktivlardan foydalanish va ularning saqlanishini baholash orqali ularni doimiy butligi va ishga yaroqliligini oʻrganadi hamda ularning natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
aktivlardan foydalanish va ularning saqlanishini baholash orqali ularni doimiy butligi va ishga yaroqliligini oʻrganadi hamda ularning natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari statistikasini yuritadi va ular yuzasidan vazirlik va idora rahbarini xabardor qilib boradi;
aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari statistikasini yuritadi va ular yuzasidan davlat organlari va tashkiloti rahbarini xabardor qilib boradi;
davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini hamda xarid komissiyalari faoliyatini oʻrganadi;
davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini hamda xarid komissiyalari faoliyatini oʻrganadi;
xarid qilingan tovarlar maqsadga muvofiqligi, toʻgʻri kirim qilinishi, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini oʻrganadi;
xarid qilingan tovarlar maqsadga muvofiqligi, toʻgʻri kirim qilinishi, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini oʻrganadi;
xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarliklari bajarilishini oʻrganadi;
xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarliklari bajarilishini oʻrganadi;
faoliyat va uni moliyaviy taʼminlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etmaslik holatlari mavjudligi ehtimolini oʻrganadi;
faoliyat va uni moliyaviy taʼminlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etmaslik holatlari mavjudligi ehtimolini oʻrganadi;
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida tushuntirish va tavsiyalar beradi;
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida tushuntirish va tavsiyalar beradi;
ichki audit tadbiri natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taklif va tavsiyalar bajarilishini nazorat qiladi;
ichki audit tadbiri natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taklif va tavsiyalar bajarilishini nazorat qiladi;
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
moliya-buxgalteriya xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi;
moliya-buxgalteriya xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi;
b) masofaviy auditni qoʻllagan holda, budjet mablagʻlaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini amalga oshirish boʻyicha:

masofaviy auditni keng koʻlamda qoʻllash, zamonaviy axborot texnologiyalari va maʼlumotlar bazasi vositasida ichki audit obyektlari va yoʻnalishlarini aniqlash yoʻli bilan ichki audit tadbirlari samaradorligini oshiradi;

xavf tahlilini amalga oshirish orqali mablagʻlardan samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
xavf tahlilini amalga oshirish orqali mablagʻlardan samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
moliyaviy taʼminlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardagi oʻzaro nomuvofiqliklar, kamchiliklar va boʻshliqlarni aniqlash orqali ularni bartaraf etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan oʻtkazilgan moliyaviy nazorat va tashqi audit natijalari boʻyicha aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlariga kelgusida yoʻl qoʻymaslik va oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

budjet tashkilotlarida budjet mablagʻlari boshqarilishi va budjet hisobi yuritilishini maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida monitoring qiladi;
budjet tashkilotlarida budjet mablagʻlari boshqarilishi va budjet hisobi yuritilishini maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida monitoring qiladi;
maxsus axborot tizimlaridan foydalangan holda, tender (tanlov) savdolarining oʻtkazilishi va shartnomalar tuzilishini monitoring qiladi;
maxsus axborot tizimlaridan foydalangan holda, tender (tanlov) savdolarining oʻtkazilishi va shartnomalar tuzilishini monitoring qiladi;
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasi va ularning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha takliflar beradi;
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasi va ularning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha takliflar beradi;
moliyaviy-iqtisodiy masalalarga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy va ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida vazirlik va idoralar vazifalarining toʻliq hajmda, oʻz muddatida va sifatli bajarilishini, iqtisodiy tejamkorlik, moliyaviy maqsadga muvofiqlik nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi;
moliyaviy-iqtisodiy masalalarga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy va ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida davlat organlari va tashkilotlari vazifalarining toʻliq hajmda, oʻz muddatida va sifatli bajarilishini, iqtisodiy tejamkorlik, moliyaviy maqsadga muvofiqlik nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi;
moliyaviy xato va kamchiliklarning oldini olish maqsadida masofaviy auditning maxsus modullarini ishlab chiqish va dasturiy majmualarga joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
moliyaviy xato va kamchiliklarning oldini olish maqsadida masofaviy auditning maxsus modullarini ishlab chiqish va dasturiy majmualarga joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
sohaga oid seminarlar, treninglar va boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etadi va/yoki ularni tashkil qiladi;
sohaga oid seminarlar, treninglar va boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etadi va/yoki ularni tashkil qiladi;
v) rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish va baholash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish orqali budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish boʻyicha:

vazirlik va idoralarning rivojlantirish dasturlarining samaradorlik (maqsadli) indikatorlari ijrosi natijalarini tahlil qiladi va baholaydi hamda sohaga taalluqli samaradorlikning yangi indikatorlarini joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining rivojlantirish dasturlarining samaradorlik (maqsadli) indikatorlari ijrosi natijalarini tahlil qiladi va baholaydi hamda sohaga taalluqli samaradorlikning yangi indikatorlarini joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat qarzi va grantlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini oʻrganadi;
davlat qarzi va grantlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini oʻrganadi;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qiladi;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qiladi;
vazirlik va idoralarning vazifalarini bajarish uchun shakllantirilgan tarkibiy tuzilma va uning tarkibidagi lavozimlar, boʻysunuv va hisobdorlikni yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
davlat organlari va tashkilotlarining vazifalarini bajarish uchun shakllantirilgan tarkibiy tuzilma va uning tarkibidagi lavozimlar, boʻysunuv va hisobdorlikni yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
vazirlik va idoralarning takrorlanuvchi va samarasiz vazifa hamda funksiyalarini aniqlash va baholash orqali ularni optimallashtirish, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritishni yoʻlga qoʻyish yoki toʻliq xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha taklif va tavsiyalar beradi;
davlat organlari va tashkilotlarining takrorlanuvchi va samarasiz vazifa hamda funksiyalarini aniqlash va baholash orqali ularni optimallashtirish, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritishni yoʻlga qoʻyish yoki toʻliq xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha taklif va tavsiyalar beradi;
mavjud moddiy, moliyaviy va inson resurslaridan samarali foydalangan holda yuqori natijadorlikka erishish, xususan, qoʻshimcha faoliyatni tashkil etish orqali budjetdan tashqari jamgʻarmalarga daromadlarni shakllantirish va oshirish imkoniyatlari boʻyicha taklif kiritadi;

budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish va ulardan foydalanish yuzasidan tahlillar oʻtkazish orqali daromadlarni oshirish va mablagʻlardan oqilona foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish va ulardan foydalanish yuzasidan tahlillar oʻtkazish orqali daromadlarni oshirish va mablagʻlardan oqilona foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
budjet tizimi budjetlaridan subsidiyalar ajratilishi maqsadga muvofiqligini, ajratilayotgan subsidiyalarning maqsadliligi va manzilliligini hamda samaradorligini baholaydi;
budjet tizimi budjetlaridan subsidiyalar ajratilishi maqsadga muvofiqligini, ajratilayotgan subsidiyalarning maqsadliligi va manzilliligini hamda samaradorligini baholaydi;
g) vazirlik va idoralarni moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish boʻyicha:
g) davlat organlari va tashkilotlarini moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda tizimdagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha:
dasturiy taʼminotlar va axborot texnologiyalarining tatbiq etilish holatini baholaydi hamda vazirlik va idoralar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga mosligini oʻrganadi;
dasturiy taʼminotlar va axborot texnologiyalarining tatbiq etilish holatini baholaydi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga mosligini oʻrganadi;
dasturiy taʼminotlardan olinadigan moliyaviy maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq shakllanganligini baholaydi;
dasturiy taʼminotlardan olinadigan moliyaviy maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq shakllanganligini baholaydi;
dasturiy majmualardan foydalanish tartiblari, bosqichlari va jarayonlari samaradorligini baholash orqali ularni maqbullashtirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
dasturiy majmualardan foydalanish tartiblari, bosqichlari va jarayonlari samaradorligini baholash orqali ularni maqbullashtirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali faoliyatning yanada samarador va natijador boʻlishini taʼminlashga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali faoliyatning yanada samarador va natijador boʻlishini taʼminlashga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan nazorat ishlariga oid hujjatlarni monitoring qilib boradi;
d) ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoni samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va baholash boʻyicha:
ichki nazorat tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishini baholaydi va baholash natijalari hamda takomillashtirish boʻyicha takliflar yuzasidan rahbariyatga maʼlumot taqdim etib boradi;
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan aniqlangan xavflarning belgilangan tartibda baholanishini oʻrganadi;
xavflar yuzasidan chora-tadbirlar rejasining ishlab chiqilishi va bajarilishi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazadi;
xavflarni boshqarish jarayoni bilan bogʻliq audit tadbirlarini oʻtkazadi hamda xavflarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi.
4-bob. Ichki audit xizmatlarining huquq va majburiyatlari
4-bob. Ichki audit xizmatlarining huquq va majburiyatlari
15. Ichki audit xizmatlari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
15. Ichki audit xizmatlari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
ichki audit faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni elektron, ogʻzaki va yozma shaklda soʻrash va olish;
ichki audit faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni elektron, ogʻzaki va yozma shaklda soʻrash va olish;
istisno tariqasida, Markaziy bank va tijorat banklaridan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjet va davlat qarzi mablagʻlarining harakatiga doir maʼlumotlarini markazlashgan tartibda soʻrab olish;
oʻz vakolatlarini mustaqil ravishda, faqat qonunchilik hujjatlariga boʻysungan holda amalga oshirish;
oʻz vakolatlarini mustaqil ravishda, faqat qonunchilik hujjatlariga boʻysungan holda amalga oshirish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazasidan foydalanish;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazasidan foydalanish;
ichki audit obyekti mansabdor shaxsi hamda ichki audit tadbiri oʻtkazilayotgan sohaga masʼul boʻlgan shaxslardan yuzaga kelayotgan masalalar boʻyicha tushuntirish olish;
ichki audit obyekti mansabdor shaxsi hamda ichki audit tadbiri oʻtkazilayotgan sohaga masʼul boʻlgan shaxslardan yuzaga kelayotgan masalalar boʻyicha tushuntirish olish;
ichki audit obyektlarining tegishli xodimlaridan ichki audit tadbirlari natijalari boʻyicha hujjatlarni imzolashni soʻrash;
ichki audit obyektlarining tegishli xodimlaridan ichki audit tadbirlari natijalari boʻyicha hujjatlarni imzolashni soʻrash;
davlat moliyaviy nazorat organlari bilan ichki audit obyekti faoliyatiga doir maʼlumotlarni almashish;
davlat moliyaviy nazorat organlari bilan ichki audit obyekti faoliyatiga doir maʼlumotlarni almashish;
ichki audit faoliyatini amalga oshirishda maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun vazirlik va idoralarning tuzilmasidagi mutaxassislarni jalb etish;
ichki audit faoliyatini amalga oshirishda maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining tuzilmasidagi mutaxassislarni jalb etish;
ichki audit tadbirlarini oʻtkazish maqsadida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan hollarda, ichki audit obyektining barcha binolariga, shuningdek, elektron va qogʻoz arxivlari hamda dasturiy majmualariga kirish va ulardan foydalanish;

vazirlik yoki idoralar tomonidan chaqiriladigan moliyaviy-iqtisodiy masalalarga tegishli yigʻilishlarda ishtirok etish;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan chaqiriladigan moliyaviy-iqtisodiy masalalarga tegishli yigʻilishlarda ishtirok etish;
jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda, kassa va kassa binolari, omborlar, arxivlar va boshqa binolarni muhrlash, qalbakilashtirish, soxtalashtirish va boshqa suisteʼmolliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, ichki audit obyektidan tegishli hujjatlarni olib qoʻyish, shuningdek, vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va hisob-kitoblar xatlovdan oʻtkazilishini talab qilish;
jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda, kassa va kassa binolari, omborlar, arxivlar va boshqa binolarni muhrlash, qalbakilashtirish, soxtalashtirish va boshqa suisteʼmolliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, ichki audit obyektidan tegishli hujjatlarni olib qoʻyish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va hisob-kitoblar xatlovdan oʻtkazilishini talab qilish;
ichki audit faoliyati natijalarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan, audio-foto va video qayd etish vositalaridan foydalanish;
ichki audit faoliyati natijalarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan, audio-foto va video qayd etish vositalaridan foydalanish;
ichki audit xizmatining xodimi bilan ichki audit tadbirlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydigan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ichki audit tadbirini oʻtkazishni rad etish, toʻxtatish;
ichki audit xizmatining xodimi bilan ichki audit tadbirlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydigan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ichki audit tadbirini oʻtkazishni rad etish, toʻxtatish;
vazirlik va idoralar tizimidagi moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha tuzilmalar bilan hamkorlikda xodimlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha tuzilmalar bilan hamkorlikda xodimlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
ichki audit faoliyatiga taalluqli boʻlgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun vazirlik va idoralar rahbarlariga kiritish.
ichki audit faoliyatiga taalluqli boʻlgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga kiritish.
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Ichki audit xizmatlari:
16. Ichki audit xizmatlari:
ichki audit faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish, oʻz vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;
ichki audit faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish, oʻz vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;
ichki audit tadbirlarini xolis, subyektiv fikrlarning taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshirish;
ichki audit tadbirlarini xolis, subyektiv fikrlarning taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshirish;
ichki audit xizmati xodimlari tomonidan ichki audit xizmati obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlarni amalga oshirmasdan hamda odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda ichki audit tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlash;

aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari, moliyaviy xato va kamchiliklar, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar kamomadi yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri vazirlik va idoralarning birinchi rahbariga xabar berish;
aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari, moliyaviy xato va kamchiliklar, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar kamomadi yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbariga, shuningdek, “Davlat auditi” dasturi orqali Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga xabar berish;
jinoyat alomatlari, korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari (shu jumladan, ichki audit tadbirini amalga oshirgan shaxslar tomonidan) aniqlangan taqdirda, tegishli choralar koʻrish (hujjatlashtirish, oldini olish choralarini koʻrish) va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallarni yuborish yuzasidan vazirlik va idoralarning birinchi rahbarini xabardor qilish;
jinoyat alomatlari, korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari (shu jumladan, ichki audit tadbirini amalga oshirgan shaxslar tomonidan) aniqlangan taqdirda, tegishli choralar koʻrish (hujjatlashtirish, oldini olish choralarini koʻrish) va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallarni yuborish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarini, shuningdek, “Davlat auditi” dasturi orqali Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini xabardor qilish;
ichki audit faoliyati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, asosliligi, xolisligi va toʻliqligini taʼminlash;
ichki audit faoliyati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, asosliligi, xolisligi va toʻliqligini taʼminlash;
ichki audit faoliyatini amalga oshirishda axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish;
ichki audit faoliyatini amalga oshirishda axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish;
ichki audit tadbirlari natijalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
ichki audit tadbirlari natijalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
olingan hujjatlarning but saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
olingan hujjatlarning but saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
muntazam ravishda ichki audit tadbiri natijalari yuzasidan vazirlik va idora rahbariga maʼlumotlar kiritish;
muntazam ravishda ichki audit tadbiri natijalari yuzasidan davlat organlari va tashkiloti rahbariga maʼlumotlar kiritish;
“Davlat auditi” dasturiga ichki audit tadbirlari rejalari kiritilishini, barcha ichki audit tadbirlari roʻyxatdan oʻtkazilishini va ularning natijalari, budjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari ijrosini baholash natijalari kiritilishini taʼminlash;

budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ichki audit obyektlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

bir ish kuni ichida oʻzi aniqlagan va vakolati doirasida hal etish imkoni boʻlmagan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari yuzasidan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini xabardor qilish;
bir ish kuni ichida oʻzi aniqlagan va vakolati doirasida hal etish imkoni boʻlmagan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari yuzasidan “Davlat auditi” dasturi orqali Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini xabardor qilish;
xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik va tegishli darajada bajarmaganlik uchun “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan javobgarlik choralarini qoʻllash uchun Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini xabardor qilish;
xoʻjalik shartnomalarini bajarmaganlik va tegishli darajada bajarmaganlik uchun “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan javobgarlik choralarini qoʻllash uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini xabardor qilish;
ichki audit tadbirida aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini monitoring qilib borish;
ichki audit tadbirida aniqlangan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini monitoring qilib borish;
ichki audit tadbirlarini oʻtkazish vaqtida soʻralgan hujjat va materiallarni vazirlik va idoralar mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etmaslik holatlari boʻyicha dalolatnomalar tuzish;
ichki audit tadbirlarini oʻtkazish vaqtida soʻralgan hujjat va materiallarni davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etmaslik holatlari boʻyicha dalolatnomalar tuzish;
ichki audit obyekti mansabdor shaxslarining tushuntirishlar berish va ichki audit tadbiri natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼi rioya qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼi rioya qilish;
davlat, tijorat va xizmat sirlarini oshkor etmaslik;
davlat, tijorat va xizmat sirlarini oshkor etmaslik;
belgilangan vazifa va funksiyalarini bajarishda korrupsiya holatlarining, shu jumladan, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralarini koʻrish;
belgilangan vazifa va funksiyalarini bajarishda korrupsiya holatlarining, shu jumladan, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralarini koʻrish;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borish, ichki audit tadbirlari boʻyicha toʻplangan hujjatlarning nusxasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda saqlash hamda hisobini yuritish;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borish, ichki audit tadbirlari boʻyicha toʻplangan hujjatlarning nusxasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda saqlash hamda hisobini yuritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz faoliyati yuzasidan soʻralgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha majburiyatlarga ega.
Xavflarni boshqarish qoʻmitasiga xavflarni boshqarish jarayonini oʻrganish va tahlil qilish natijalari, xavflarni boshqarish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar, yuzaga kelayotgan kamchiliklar boʻyicha maʼlumotlar kiritib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻz faoliyati yuzasidan soʻralgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha majburiyatlarga ega.
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
5-bob. Ichki audit xizmatining hisobdorligi
5-bob. Ichki audit xizmatining hisobdorligi
17. Ichki audit xizmati vazirlik va idoralarning bevosita birinchi rahbarlariga hisobdordir.
17. Ichki audit xizmati davlat organlari va tashkilotlarining bevosita birinchi rahbarlariga hisobdordir.
18. Vazirlik va idoralar tomonidan Moliya vazirligiga ichki audit xizmati faoliyati natijalari yuzasidan hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasigacha choraklik hisobot hamda hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvariga qadar yillik hisobot taqdim etiladi.
18. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ichki audit xizmati faoliyati natijalari yuzasidan hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasigacha choraklik hisobot hamda hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvariga qadar yillik hisobot taqdim etiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
20. Mazkur Nizomning 7-bandi 2022-yil 1-sentabrdan va 10-bandi 2024-yil 1-apreldan boshlab amal qiladi.
20. Mazkur Nizomning 7-bandi 2022-yil 1-sentabrdan va 10-bandi 2024-yil 1-apreldan boshlab amal qiladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati toʻgʻrisida namunaviy nizomga
1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari shtat birliklari sonini belgilashning mezonlari va eng kam meʼyorlari

Davlat organi va tashkiloti boʻysunuvidagi yuridik maqomga ega boʻlgan tashkilotlari soni

Davlat organi va tashkilotining yillik budjeti (budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga olgan holda)

Jami boshqaruv shtat birliklari soni

Hisoblanadigan koeffitsiyent

Minimal shtat birliklari soni

500 tadan ortiq

5 trln soʻmdan ortiq

1000 tadan ortiq

6,0

18

201 — 500

1 — 5 trln soʻm

751 — 1000

5,0

15

101 — 200

501 mlrd — 1 trln soʻm

501 — 750

3,0

9

51 — 100

201 — 500 mlrd soʻm

201 — 500

2,0

6

26 — 50

101 — 200 mlrd soʻm

101 — 200

1,0

3

25 tagacha

100 mlrd soʻmgacha

100 tagacha

0,3

1

Izoh.
1. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari eng kam shtat birliklari ushbu jadvalda koʻrsatilgan koeffitsiyentlarni qoʻshish orqali aniqlanadi.
Bunda umumiy yigʻindida hosil boʻlgan son 0,50 dan (1,75, 2,75 va hokazo) ortiq boʻlganda ushbu son 1 gacha yaxlitlanadi, agar 0,50 dan past boʻlsa, hisobga olinmaydi.
Masalan, davlat organi va tashkiloti tizimida 100 ta tashkilot mavjud. Davlat organi va tashkilotining yillik budjeti 150 mlrd soʻmni, jami boshqaruv shtat birliklari soni 150 nafarni tashkil etadi.
Bunda: 2+1+1=4. Yaʼni ushbu davlat organi va tashkilotida ichki audit xizmati uchun belgilanadigan eng kam shtat birliklari soni 4 tani tashkil etadi.
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining ichki audit xizmatlari shtat birliklarining eng kam soni ushbu jadval hamda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi xodimlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi xodimlar soni ushbu jadvaldagi davlat organi va tashkiloti boʻysunuvidagi yuridik maqomga ega boʻlgan tashkilotlari soni va jami boshqaruv shtat birliklari soniga kiritilmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati toʻgʻrisida namunaviy nizomga
2-ILOVA
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblashning
MEʼYORLARI VA MEZONLARI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar soni

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shtatlari soni

Har bir ustun boʻyicha hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori

Jami shtat birliklari minimal soni

Markazlash-tirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar soni

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shtatlari soni

Har bir ustun boʻyicha hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori

Jami shtat birliklari minimal soni

150 tadan ortiq

50 tadan ortiq

0,375

0,75

30 tadan ortiq

35 tadan ortiq

0,375

0,75

101 — 150

26 — 50

0,25

0,5

26 — 30

26 — 35

0,25

0,5

51 — 100

16 — 25

0,125

0,25

21 — 25

16 — 25

0,125

0,25

50 tagacha

15 tagacha

0,075

0,15

20 tagacha

15 tagacha

0,075

0,15

Izoh.
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tuman (shahar)lardagi tashkilotlarida tashkil etilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ulardagi moliya-iqtisod tuzilmalari shtatlari sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Bunda umumiy yigʻindida (respublika boʻyicha jamida) hosil boʻlgan son 0,50 dan ortiq boʻlganda ushbu son 1 gacha, 0,25 dan ortiq boʻlganda ushbu son 0,50 gacha yaxlitlanadi, agar 0,25 dan past boʻlsa, hisobga olinmaydi.
Masalan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tuman boʻlimida joylashgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tarkibida 60 ta tashkilot mavjud va moliya-iqtisod tuzilmasida 30 nafar shtat mavjud. Bunda: 0,125+0,25=0,375 birlik. Yaʼni ushbu tuman markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatidan kelib chiqib, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi ichki audit xizmatiga 0,375 shtat birligi hisoblanadi.
Bunda vazirlik boʻysunuvida tashkil etilgan barcha markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va moliya-iqtisod tuzilmalari shtatlari sonidan kelib chiqib, shtat birliklari hisoblab chiqiladi hamda ularning yigʻindisi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan meʼyorlar va mezonlar asosida hisoblangan shtat birliklari soniga qoʻshiladi.