28.07.2022 yildagi 411-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi va kechki taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga muvofiq mehnat bozorida kadrlarga boʻlgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda fuqarolarning xohish-istaklarini hisobga olgan holda kollej va texnikumlarda sirtqi va kechki shakllarda taʼlim jarayonini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida taʼlimning sirtqi va kechki shakllariga oʻqishga qabul qilish, oʻqitishni tashkil etish, masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish hamda oʻquv jarayonlarini boshqarish tartibini nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi sirtqi va kechki taʼlim shaklidagi oʻquv jarayonlari talab darajasida tashkil etilishini qatʼiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tizimida oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar ushbu muassasalarda sirtqi va kechki taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻquv adabiyotlari va boshqa materiallar bilan taʼminlanishini tashkil etsin hamda ularga sifatli taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-iyuldagi 411-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) sirtqi taʼlimni (keyingi oʻrinlarda — sirtqi taʼlim) tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sirtqi taʼlim quyidagi shakllarda olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi shakl;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning sirtqi shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom talablari Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim muassasalarida sirtqi taʼlimni tashkil etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sirtqi taʼlimga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sirtqi taʼlimga oʻquvchilarni qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi shaklda — boshlangʻich professional, kasb-hunar kolleji, umumiy oʻrta (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning sirtqi shaklida — bir kasb yoki mutaxassislik doirasida ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar)ni egallash uchun tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻyicha professional taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga ega shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sirtqi taʼlimga oʻquvchilarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan tasdiqlangan Professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sirtqi taʼlimda oʻqish muddatlari kunduzgi taʼlim shaklidagi oʻquv rejalari boʻyicha oʻqish muddatini 1,25 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sirtqi taʼlim oʻquvchilariga oʻquvchilik guvohnomasi bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sirtqi taʼlim oʻquvchilarini oʻquv adabiyotlari va materiallar bilan taʼminlash va bilim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilar taʼlim muassasasining tegishli oʻquv jihozlari, auditoriyasi, laboratoriyasi, kutubxonasi hamda oʻquv-yordamchi tuzilmalari xizmatidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sirtqi taʼlim oʻquvchilarini oʻquvchilar safidan chetlashtirish, oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sirtqi taʼlimda oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash kunduzgi taʼlim uchun amalda boʻlgan meʼyorlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sirtqi taʼlimda oʻquv jarayonini va yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sirtqi taʼlimda oʻquv jarayoni kunduzgi taʼlim uchun tasdiqlangan kasb va mutaxassisliklarning taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sirtqi taʼlimda kasb yoki mutaxassisliklar oʻquv jarayoni reja-jadvali, ishchi oʻquv rejasi va dasturlari taʼlim muassasasi direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sirtqi taʼlim oʻquvchisi uchun oʻqishga qabul qilingan oʻquv yili boshida bevosita taʼlim muassasasida 10 kunlik oʻquv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida oʻqitiladigan ishchi oʻquv rejasidagi fanlar boʻyicha qisqacha maʼruza, nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Oʻquvchilarga mavzular boʻyicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik koʻrsatmalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquv semestri yakunigacha boʻlgan muddatda sirtqi taʼlimda oʻqish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib taʼlim olish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchi metodik koʻrsatmalardan foydalangan holda semestr uchun belgilangan fanlarning dasturlari boʻyicha mavzularni mustaqil oʻzlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquvchi fan boʻyicha topshiriqlarni bajargandan soʻng uni fan oʻqituvchisiga belgilangan muddatlarda (qoida tariqasida, masofadan turib Internet jahon axborot tarmogʻi orqali) yuboradi hamda qayddan oʻtkazadi. Fan oʻqituvchisi oʻquvchi yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Oʻqituvchi mavzular boʻyicha navbatdagi topshiriqlar va koʻrsatmalarni yuboradi, shuningdek, onlayn rejimda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻquvchi har bir semestr davomida tasdiqlangan reja-jadval boʻyicha, qoida tariqasida, kamida bir marta taʼlim muassasasiga oʻquv sessiyasiga chaqiriladi. Oʻquvchiga yoki uning ish joyiga oʻquv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquv sessiyasi davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi semestr uchun berilgan topshiriqlarning bajarilishini himoya qiladi. Fan boʻyicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda, oʻquvchiga yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlar boʻyicha yakuniy baholash oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi semestr davomida oʻqitiladigan fanlar maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashgʻulotlarda oʻquvchiga navbatdagi semestr davomida fanlarni oʻzlashtirishi va topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalari oʻrgatiladi. Mavzular boʻyicha topshiriqlar hamda ularni bajarish yuzasidan metodik koʻrsatmalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻquv semestri davomida oʻtkaziladigan maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlarida zamonaviy oʻqitish metodikalari hamda innovatsion texnologiyalardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻquvchi tasdiqlangan oʻquv rejasidagi barcha oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi shart boʻlib, bilimi qonunchilikda belgilangan tartibda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sirtqi taʼlimda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq baholashning mazmuni, uni bajarish metodi va tartibi hamda soni (bir oʻquv semestri davomida ikki martagacha) har bir fan boʻyicha sirtqi taʼlim uchun tayyorlangan fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurs (loyiha) ishi, nazorat savollari va test topshiriqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyslar, mashqlar, misol va masalalar;

tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan maxsus metodik ishlanmalar, eskizlar, modellar va tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-jadval ishlari va boshqalar.

Oraliq baholash masofaviy aloqa orqali onlayn rejimda oʻtkazilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻquvchilarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplom oldi amaliyotidan boshqa amaliyot kasb yoki mutaxassislikka mos boʻlgan holda oʻquvchining ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchining ish joyi taʼlim olayotgan kasbi yoki mutaxassisligiga mos boʻlmagan holda, shuningdek, ish joyiga ega boʻlmagan oʻquvchilar uchun ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan tashkilotda hamkorlik shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malakaviy amaliyotlarning hisobotlari oʻquv semestri davomida belgilangan tartibda himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muayyan bosqichdagi fanlarni toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchi taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan keyingi bosqichga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, ogʻir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan bosqichdagi fanlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtirmagan oʻquvchilarga qoʻshimcha muddat belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi uchun shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli direktor oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi oʻquv yiliga oʻtmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda shaxsiy jadvaldagi tegishli fanlarni oʻzlashtirmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun mazkur bosqichda qoldiriladi. Oʻquvchi birinchi bosqichning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, oʻquvchilar safidan chetlashtiriladi, oʻquvchining xohishiga koʻra akademik taʼtil berilgan hollar bundan mustasno.

25. Sirtqi taʼlimda har bir oʻquvchi uchun shaxsiy varaqa ochiladi hamda unda uning taʼlim muassasasidagi faoliyatining toʻliq monitoringi yuritilib, quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq ishlarning bajarilishi, oraliq va yakuniy baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichdan bosqichga oʻtganligi, bitiruv malakaviy ishi boʻyicha qoʻyilgan baho hamda yakuniy davlat attestatsiyasi baholari.

26. Sirtqi taʼlimda yakuniy davlat attestatsiyasi kunduzgi taʼlim shakli uchun tasdiqlangan tartib asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sirtqi taʼlim oʻquvchilariga oʻquv sessiyasida ishtirok etishi, bitiruvchi bosqich oʻquvchilariga yakuniy davlat attestatsiyalaridan oʻtishi, bitiruv malakaviy ishini himoya qilishi uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sirtqi taʼlimda tegishli kasb va mutaxassislik boʻyicha oʻquv rejasidagi yuklamani toʻliq bajargan holda yakuniy davlat attestatsiyasidan yoki bitiruv malakaviy ishining himoyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sirtqi taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sirtqi taʼlimda masofadan turib oʻqitish oʻquvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda oʻquv rejasidagi barcha fanlardan belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib oʻzlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Masofadan turib oʻqitish onlayn (masofadan turib real vaqt rejimida vebinarlar, videomaʼruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini oʻtkazish) va offlayn (masofadan turib oʻqitish tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Masofadan turib oʻqitish jadvali tegishli direktor oʻrinbosari tomonidan ishlab chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanilganda oʻquv kurslarining sifati va samaradorligining doimiy nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitishning texnik taʼminoti texnikumlarda metodik yordam koʻrsatish uchun belgilangan oliy taʼlim muassasasi tomonidan va kollejlarda esa — ular tegishli boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

33. Tizimida kollejlar va texnikumlar boʻlgan vazirliklar va idoralar masofadan turib oʻqitish elementlarini joriy etish dasturiy platformasi, reglamenti va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi pedagoglar masofadan turib oʻqitishda oʻquv materiallari, topshiriqlar va maslahat ishlarini taʼlim muassasasi rasmiy veb-saytidagi “Sirtqi taʼlim” sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim beruvchi pedagog kadrlar uchun oʻquv yuklamasi ularning shaxsiy ish rejalarida qayd etiladi.

35. Taʼlim muassasasi direktori masofadan turib oʻqitishning qatʼiy nazorat qilinishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitishda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish va ilmiy-metodik masalalar taʼlim muassasasi pedagogik kengashi yigʻilishida muhokama qilib boriladi.

5-bob. Sirtqi taʼlimda oʻquv jarayonini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sirtqi taʼlim mavjud boʻlgan taʼlim muassasalarida boʻlim boshligʻi va metodist lavozimlaridan iborat boʻlgan sirtqi boʻlim tashkil etiladi. Bunda boʻlim shtat jadvali taʼlim muassasasi uchun belgilangan normativlarga muvofiq shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sirtqi boʻlimni boʻlim boshligʻi boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi taʼlimni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, oʻquvchilarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish boʻyicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi hamda oʻqitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va oʻquvchilar oʻzlashtirishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini tegishli pedagoglar bilan birgalikda muvofiqlashtiradi va tasdiqlaydi, oʻquvchilar bilan oʻquv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;

mehnat muhofazasi, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni, boʻlim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etadi;

taʼlim muassasasining pedagogik kengashi majlislarida sirtqi taʼlim manfaatlarini oʻz vakolati doirasida himoya qiladi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi taʼlimda oʻquv jarayonini taʼminlaydigan pedagoglarni tegishli direktor oʻrinbosari bilan birgalikda taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi boʻlimning taʼlim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sirtqi boʻlim maʼmuriy boshqaruv jihatdan taʼlim muassasasi direktoriga hamda oʻquv va metodik ishlar yuzasidan taʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sirtqi boʻlimni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Sirtqi boʻlim faoliyati har bir oʻquv semestri oxirida tegishli boʻlimlar oʻquv-metodik kengashida va oʻquv yili yakunida taʼlim muassasasi pedagogik kengashida muhokama etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar

41. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi taʼlimni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar nomi

Masʼul bajaruvchilar

Muddatlar

1-bosqich

Kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha sirtqi taʼlim qabul parametrlarini tasdiqlash.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Har yili 1-iyunga qadar

2-bosqich

Kasb va mutaxassisliklarning oʻquv jarayoni reja-jadvali, oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish.

Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari

Oʻquv jarayoni boshlanishidan 1 oy oldin

3-bosqich

Sirtqi taʼlimga qabul qilingan oʻquvchilarga dastlabki tanishtiruv mashgʻulotlarini oʻtkazish.

Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari

Har yili tasdiqlangan reja-jadval boʻyicha

4-bosqich

Oʻquv jarayonini tashkil etish.

Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari

Har bir semestrda tasdiqlangan reja-jadval boʻyicha

5-bosqich

Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoni sifati va samaradorligini nazorat qilish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Oʻquv jarayoni davomida

6-bosqich

Tegishli kasb va mutaxassislik boʻyicha oʻquv rejasidagi yuklamani toʻliq bajargan holda yakuniy davlat attestatsiyasidan yoki bitiruv malakaviy ishining himoyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida davlat namunasidagi diplom berish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari

Oʻqitish davri yakunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil iyuldagi 411-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) kechki taʼlimni (keyingi oʻrinlarda — kechki taʼlim) tashkil etish tartibini belgilaydi. laboratoriyasi, kutubxonasi, axborot-resurs markazlari hamda oʻquv-yordamchi tuzilmalari xizmatidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim muassasalarida kechki taʼlimni tashkil etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kechki taʼlimga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kechki taʼlimga oʻquvchilarni qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki shaklda — boshlangʻich professional, kasb-hunar kolleji, umumiy oʻrta (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning kechki shaklida — bir kasb yoki mutaxassislik doirasida ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar)ni egallash uchun tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻyicha professional taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kechki taʼlimga oʻquvchilarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan tasdiqlangan Professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kechki taʼlimda oʻqish muddatlari kunduzgi taʼlim shaklidagi oʻquv rejalari boʻyicha oʻqish muddatini 1,1 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kechki taʼlim oʻquvchilariga oʻquvchilik guvohnomasi bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kechki taʼlim oʻquvchilarini oʻquv adabiyotlari va materiallar bilan taʼminlash va bilim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechki taʼlim oʻquvchilari taʼlim muassasasining tegishli oʻquv jihozlari, auditoriyasi, laboratoriyasi, kutubxonasi, axborot-resurs markazlari hamda oʻquv-yordamchi tuzilmalari xizmatidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kechki taʼlim oʻquvchilarini oʻquvchilar safidan chetlashtirish, oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kechki taʼlimda oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash kunduzgi taʼlim uchun amalda boʻlgan meʼyorlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kechki taʼlimda oʻquv jarayonini va yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kechki taʼlimda oʻquv jarayoni kunduzgi taʼlim uchun tasdiqlangan kasblar va mutaxassisliklarning taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kechki taʼlimning tegishli kasb va mutaxassisliklari ishchi oʻquv rejasi va fan dasturlari tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi hamda taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquv jarayoni grafigi taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv jarayoni bir oʻquv yilida ikki semestrli boʻlib, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish kunduzgi taʼlim bilan bir xil tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻquvchi tasdiqlangan ishchi oʻquv rejasidagi barcha oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kechki taʼlimda oʻqish odatda kunduzgi smena mehnat faoliyatidan keyingi vaqtda auditoriya mashgʻulotlari (maʼruza, amaliy, laboratoriya) shaklida hamda oʻquvchilarni asosiy ish joyidan ajralmagan holda mustaqil, shu jumladan, masofadan turib oʻqitish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquv mashgʻulotlarining ayrim qismi taʼlim muassasasi hamda oʻqituvchilarning vaqt va imkoniyatlarini inobatga olgan holda oʻquvchilarning mehnat faoliyati smenasiga muvofiqlashtirilib, kunning birinchi yarmida ham tashkil qilinishi mumkin. Bunda guruh oʻquvchilarining oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishi imkoniyati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kechki taʼlimda oʻqish (kunduzgi taʼlimdan farqli ravishda) bir haftada, odatda, 4-5 kun amalga oshiriladi va haftalik oʻquv soati hajmi 20 soatdan oshmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻtkaziladigan maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlarida zamonaviy oʻqitish metodikalari hamda innovatsion texnologiyalardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilar bilimi qonunchilikda belgilangan tartibda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kechki taʼlimda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq baholashning mazmuni, uni bajarish metodi va tartibi har bir fan boʻyicha tayyorlangan fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurs (loyihasi) ishi, nazorat savollari va test topshiriqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyslar, mashqlar, misol va masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini yechishga yoʻnaltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-jadval ishlari va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻquvchilarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish amaliyoti oʻquvchining ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchining ish joyi taʼlim olayotgan kasbi yoki mutaxassisligiga mos boʻlmagan holda, shuningdek, ish joyiga ega boʻlmagan oʻquvchilar uchun ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Muayyan bosqichdagi fanlarni toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchi taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan keyingi bosqichga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, ogʻir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan bosqichdagi fanlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtirmagan oʻquvchilarga qoʻshimcha muddat belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi uchun shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli direktor oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi oʻquv yiliga oʻtmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda shaxsiy jadvaldagi tegishli fanlarni oʻzlashtirmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun mazkur bosqichda qoldiriladi. Oʻquvchi birinchi bosqichning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, oʻquvchilar safidan chetlashtiriladi, oʻquvchining xohishiga koʻra akademik taʼtil berilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kechki taʼlimda har bir oʻquvchi uchun shaxsiy varaqa ochiladi hamda unda taʼlim muassasasidagi faoliyatining toʻliq monitoringi yuritilib, quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq ishlarning bajarilishi, oraliq va yakuniy baholashlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichdan bosqichga oʻtganligi, bitiruv malakaviy ishi boʻyicha qoʻyilgan baho hamda yakuniy davlat attestatsiyasi baholari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi kunduzgi taʼlim shakli uchun tasdiqlangan tartib asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kechki taʼlimda tegishli kasb va mutaxassislik boʻyicha oʻquv rejasidagi yuklamani toʻliq bajargan holda yakuniy davlat attestatsiyasidan yoki bitiruv malakaviy ishining himoyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kechki taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kechki taʼlimda masofadan turib oʻqitish oʻquvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda oʻquv rejasidagi barcha fanlardan belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib oʻzlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Masofadan turib oʻqitish onlayn (masofadan turib real vaqt rejimida vebinarlar, videomaʼruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini oʻtkazish) va offlayn (masofadan turib oʻqitish tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Masofadan turib oʻqitish jadvali tegishli direktor oʻrinbosari tomonidan ishlab chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanilganda oʻquv kurslarining sifati va samaradorligining doimiy nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitishning texnik taʼminoti texnikumlarda metodik yordam koʻrsatish uchun belgilangan oliy taʼlim muassasasi tomonidan va kollejlarda esa — ular tegishli boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tizimida kollejlar va texnikumlar boʻlgan vazirliklar va idoralar masofadan turib oʻqitish elementlarini joriy etish dasturiy platformasi, reglamenti va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi pedagoglar masofadan turib oʻqitishda oʻquv materiallari, topshiriqlar va maslahat ishlarini taʼlim muassasasi rasmiy veb-saytidagi “Kechki taʼlim” sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim beruvchi pedagog kadrlar uchun oʻquv yuklamasi ularning shaxsiy ish rejalarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Taʼlim muassasasi direktori masofadan turib oʻqitishning qatʼiy nazorat qilinishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib oʻqitishda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish va ilmiy-metodik masalalar taʼlim muassasasi pedagogik kengashi yigʻilishida muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Taʼlim muassasalarida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga masofaviy taʼlimni tashkil etish boʻlimi tashkil etilishi mumkin va mazkur boʻlim kechki taʼlimda masofadan turib oʻqitish amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kechki taʼlimda oʻquv jarayonini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kechki taʼlim oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan tegishli boʻlim boshliqlari bilan birgalikda boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Taʼlim muassasalarida kechki taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha qoʻshimcha metodist lavozimlari belgilangan normativlarga muvofiq joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki taʼlimni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, oʻquvchilarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish boʻyicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi hamda oʻqitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va oʻquvchilar oʻzlashtirishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini tegishli pedagoglar bilan birgalikda muvofiqlashtiradi va tasdiqlaydi, oʻquvchilar bilan oʻquv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat muhofazasi, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni, boʻlim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasining pedagogik kengashi majlislarida kechki taʼlim manfaatlarini oʻz vakolati doirasida himoya qiladi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun kechki taʼlimda oʻquv jarayonini taʼminlaydigan pedagoglarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki taʼlim masalalari boʻyicha taʼlim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro aloqani taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kechki taʼlim bilan bogʻliq xarajatlar taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida kechki taʼlimni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Tadbirlar nomi

Masʼul bajaruvchilar

Muddatlar

1-bosqich

Kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha kechki taʼlim qabul parametrlarini tasdiqlash.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Har yili 1-iyunga qadar

2-bosqich

Oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish.

Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari

Oʻquv jarayoni boshlanishidan 1 oy oldin

3-bosqich

Oʻquv jarayonini tashkil etish.

Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari

Oʻquv yili davomida tasdiqlangan reja-jadval asosida

4-bosqich

Kechki taʼlim oʻquv jarayoni sifati va samaradorligini nazorat qilish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Oʻquv jarayoni davomida

5-bosqich

Tegishli kasb va mutaxassislik boʻyicha oʻquv rejasidagi yuklamani toʻliq bajargan holda yakuniy davlat attestatsiyasidan yoki bitiruv malakaviy ishining himoyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida davlat namunasidagi diplom berish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari

Oʻqitish davri yakunida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 09/22/411/0686-son)