O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI XORIJIY INVESTITSIYALAR VA KREDITLAR MASALALARI BO‘YICHA IDORALARARO KENGASH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 526-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“korxonalarning xususiy xorijiy investitsiyalar (xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashaydigan fuqarolari, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar) jalb etiladigan korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni ularga tatbiq etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga muvofiqligini belgilash”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 13-iyun,
147-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-con, 169-modda)