07.06.2005 yildagi PF-3617-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.06.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO-SANOAT PALATASINING XORIJIY MAMLAKATLARDAGI VAKOLATXONALARINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz va xorijiy tadbirkorlar, shu jumladan kichik va xususiy biznes korxonalari oʻrtasida barqaror iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda chuqurlashtirish, eksport salohiyatini oshirish, respublikaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligining xorijiy mamlakatlar, birinchi navbatda Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Germaniya Federativ Respublikasida (Avstriya Respublikasidagi ishlarni qamrab olgan holda) savdo-sanoat palatasi vakolatxonalarini, shu jumladan savdo-investitsiya uylarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, savdo-investitsiya uylari Oʻzbekiston Respublikasining va ular qaysi davlat hududida tashkil etilsa oʻsha davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzini-oʻzi qoplash va oʻzini-oʻzi moliyalash prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga savdo-investitsiya uylari orqali quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarini xorijiy bozorlarga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning investitsiya imkoniyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekistondagi xorijiy investorlar va sheriklar uchun axborot-maslahat ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tadbirkorlariga manfaatli shartlarda yetkazib berish uchun ilgʻor mini-texnologiyalarni tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli chet davlatlarda savdo sanoat palatasi va uning aʼzolari manfaatlarini ifoda etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyuldagi PF-3453-son Farmoni 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari mutaxassislarini jalb etish orqali” soʻzlari “xorijdagi diplomatiya vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalalar boʻyicha maslahatchilari, ular boʻlmagan hollarda esa — tegishli masʼul xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorligini tashkil etishni taʼminlash orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari xorijiy mamlakatlarda tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalari, korxonalari orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet ellardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib keladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3617-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 165-modda)