Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3363-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363, 2022-yil 19-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 10/22/3363/0322-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-iyul,
11-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yoʻl harakati qatnashchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs;”;
sakkizinchi xatboshidagi “qorongʻi vaqt” degan soʻzlar “sutkaning qorongʻi vaqti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“piyoda — transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaxs. Nogironligi boʻlgan shaxslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar aravachasini yetaklagan, shuningdek harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga oʻxshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;”.
2. 35-banddagi “2015-yil 24-dekabrdagi 370-son” degan soʻzlar “2022-yil 12-apreldagi 172-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 53-band va 83-bandning “v” kichik bandidagi “kunning” degan soʻzlar “sutkaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 93-bandda:
“b” kichik band “sariq bayroq,” degan soʻzlardan keyin “sutkaning” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
“v” kichik bandning birinchi xatboshisi “sariq bayroq,” degan soʻzlardan keyin “sutkaning” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
5. 100-bandning birinchi xatboshisi “qizil shit,” degan soʻzlardan keyin “sutkaning” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)