25.07.2022 yildagi PF-175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini oshirish va qoʻshimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni ogʻir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qoʻshimcha mexanizmlarni joriy etish yoʻnalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam koʻrsatish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy qilindi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan nafaqa oluvchi oilalar soni oxirgi uch yilda toʻrt barobarga oshib, 1,9 millionga yetdi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalardagi bolalarni parvarishlash uchun toʻlanadigan nafaqa qamrovi kengayib, nafaqa tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi, mazkur toʻlov muddati 6 oydan 12 oygacha hamda nafaqa miqdori oʻrtacha 1,5 barobarga oshirildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlik nafaqalarining eng kam miqdorlari 3,2 baravarga oshirildi, aholini bandligini taʼminlashga qaratilgan 20 dan ortiq yangi instrumentlar joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib hamda ijtimoiy himoya sohasida tizimli islohotlarni izchil davom ettirish va yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatishda samarali idoralararo muvofiqlashtiruvchi tizimni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayonga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish hamda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida koʻrsatish amaliyotini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ijtimoiy himoya choralari Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) belgilangan ustuvor maqsadlar doirasida ishlab chiqiladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Strategiyada belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflar baholab boriladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoniga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyulga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish standartlarini tasdiqlasin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etilishi munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-sentabrdan Moliya vazirligi huzuridagi Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi tugatilishi hisobiga 3 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining faoliyatini tashkil etish boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro apparati shtat birliklari hisobidan 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy toʻlovlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirish shuʼbasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-sentabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari huzurida, ularning umumiy shtat birliklari doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish va Ijtimoiy sugʻurta nafaqalari toʻlovlarini monitoring qilish boʻlimlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsad va vazifalari bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-175-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STRATEGIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha 2030-yilgacha boʻlgan davrda ustuvor yoʻnalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni belgilab beradi hamda uning “Yoʻl xarita”si amalga oshirilishi natijasida koʻzda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Strategiya Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamgʻarmasi tomonidan 2020-yilda tayyorlangan “Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini baholash” natijalari va tavsiyalariga asoslanib ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Strategiya Xalqaro mehnat tashkilotining ijtimoiy himoyaning minimal darajalari boʻyicha 202-son tavsiyalariga muvofiq, barcha fuqarolar uchun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlaydigan tizimni yaratishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Strategiya quyidagi davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlarini qamrab olgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ijtimoiy yordam dasturlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy yordam tayinlash;
(4-band 1-kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash;
(4-band 1-kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir nafaqalarni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalarni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalikdan nogironlik nafaqasini (I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga) tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan bolalar nafaqasini (18 yoshgacha) tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga hamda hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan bolalarga nafaqa tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik dafn etish nafaqasi berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa (suyunchi puli) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarga imtiyozlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha toʻlovni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak xaridi uchun kompensatsiya tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pul mukofotini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ayrim toifalariga shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish boʻyicha imtiyozlar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlarini toʻlovdan ozod etish;
(4-band 1-kichik bandining yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim maktablarida darsliklar uchun ijara toʻlovlaridan ozod etish;
(4-band 1-kichik bandining yigirman birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun kiyim-bosh berish;
(4-band 1-kichik bandining yigirman ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar oʻquvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;
(4-band 1-kichik bandining uchinchi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar hamda “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga yordam va koʻmak koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun nafaqa toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollar va ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ijtimoiy taʼminot dasturlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir pensiyasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik pensiyasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarga pensiya tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlik nafaqasi tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishdan boʻshatish nafaqasi tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Ijtimoiy xizmatlar dasturlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylarida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida hamda nogironligi boʻlgan bolalar, ayollar va erkaklar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlarida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish
(4-band 3-kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ekspertiza xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi tomonidan xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va hududiy markazlar tomonidan xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari tomonidan xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyda tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni bepul yoki imtiyozli dori-darmonlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlar dasturlari doirasida (keyingi oʻrinlarda — MBFCH):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamgʻarmalari (subsidiyalar, grantlar va kredit liniyalari) hisobidan bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarga xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, mablagʻlarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migratsiyasida boʻlgan vaqtda jarohat olishi, baxtsiz hodisaga uchrashi, ogʻir kasallikka chalinishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobidan koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini toʻlash imkoni boʻlmaganda tibbiy xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migratsiyasida boʻlgan vaqtida vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib boʻlgan yoki ogʻir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari uyushgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik toʻlangan mablagʻlarni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan sharoitlar bilan taʼminlanmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularni chet tillarga oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga ayrim xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi doirasida erishish koʻzda tutilayotgan maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Aholiga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish yoʻnalishidagi maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-maqsad: Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish. Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlashda mahalla darajasida ishlarni olib borish mexanizmini yoʻlga qoʻyish, yaʼni oilaning umumiy holatidan kelib chiqib, uni hayotiy qiyin vaziyatdan chiqarish boʻyicha kompleks yondashuv asosida ijtimoiy yordam va xizmatlarni koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oilani kambagʻallik holatidan chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha ijtimoiy yordam va xizmatlar dasturlarini oʻz ichiga olgan individual ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish orqali oilalar ijtimoiy himoya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish, bolalarning asossiz ravishda oilalaridan ajralishini bartaraf etish, bolalarga nisbatan zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-maqsad: Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi xodimlar salohiyatini kuchaytirish. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarining faoliyatini rivojlantirish va ularning kadrlar salohiyatini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-maqsad: Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar roʻyxati va standartlarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tomonidan kafolatlangan va bepul asosda taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash (ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bepul ijtimoiy xizmatlar oluvchi shaxslar kontingenti aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar hajmi, sifati va muddatlari, ularni koʻrsatish uchun zarur mehnat va moliyaviy resurslarni belgilovchi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-maqsad: Nogironlikni belgilashni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda nogironlikni belgilashning anʼanaviy “tibbiy” modelidan zamonaviy “ijtimoiy” modeliga bosqichma-bosqich oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modelida asosan shaxsning jamiyat hayotida ishtirok etish masalasi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-maqsad: Internat shaklidagi muassasalarni noinstitutsionallashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ogʻir kasalligi yoki nogironligi boʻlgan bolalarni va shaxslarni doimiy parvarish qiluvchilarning dam olishi uchun shart-sharoit yaratish va ularning dam olish vaqtida parvarishga muhtoj boʻlganlarga vaqtinchalik tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyaga olish, xususan oilalarga tarbiyaga olish, ularni vaqtinchalik parvarish qilish xizmatlarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijtimoiy xizmatlarni ustuvor tarzda institutsional taqdim etishdan bosqichma-bosqich voz kechish maqsadida oilaga tarbiyaga olishni (patronat) professionallashtirish va litsenziyalash, patronat ostidagi bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-maqsad: Parvarishlash iqtisodiyotining alternativ modellarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Parvarishlash iqtisodiyotining alternativ modellari konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) parvarishlash boʻyicha ijtimoiy xizmatlar roʻyxatini shakllantirish, standartlarini ishlab chiqish va xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) parvarishlash ishlari bilan norasmiy band boʻlgan shaxslarni malaka oshirish, qayta tayyorlash va sertifikat berish orqali rasmiy bandlikka oʻtkazish choralarini koʻrish.
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan 51-maqsad bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy taʼminot bilan qamrab olish yoʻnalishidagi maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-maqsad: Ijtimoiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurta toʻlovlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) homiladorlik va tugʻish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, ish beruvchi yuridik shaxs tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning toʻlovlar uchun mablagʻlari mavjud boʻlmagan hollarda ishdan boʻshatish nafaqalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatidagi sugʻurta toʻlovlarini ijtimoiy sugʻurta tizimi orqali amalga oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining moliyaviy barqarorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) rasmiy sektorda mehnat faoliyatini yurituvchi shaxslarni ijtimoiy sugʻurta vositalari bilan qoʻshimcha ijtimoiy himoya qilish darajasini taʼminlash orqali norasmiy sektorda mehnat faoliyatini yurituvchi shaxslarning rasmiy sektorga oʻtishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining 1952-yildagi “Ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-maqsad: Onalikning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlovlarini ijtimoiy sugʻurta tizimi orqali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining “Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 183-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam dasturlarini mustahkamlash yoʻnalishidagi maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-maqsad: Davlat tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamning aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yetkazib berilishini taʼminlash, kambagʻal oilalarning qashshoqlikka tushishiga yoʻl qoʻymaslik, oilalarni kambagʻallikdan olib chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy yordamdan oilani kambagʻallik holatidan chiqarishga qaratilgan vosita sifatida foydalanish maqsadida davlat tomonidan berilayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish tizimini yoʻlga qoʻyish. Ijtimoiy shartnoma tuzishda mablagʻlarni inson kapitalini rivojlantirishga yoʻnaltirish maqsadida bolalarni maktab, maktabgacha taʼlim va boshqa taʼlim muassasalariga qatnashi kabi shartlarni ishlab chiqish.
(2.3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ijtimoiy yordam dasturlarini ijtimoiy shartnoma orqali bandlikka koʻmaklashish dasturlari bilan bogʻlash va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolarini ish bilan taʼminlash hamda kelgusida ijtimoiy shartnoma shartlarini kengaytirish.
(2.3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish, ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni baholash mezonlari hamda oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromadni hisoblash usulini doimiy ravishda takomillashtirib borish va soddalashtirish, oilani Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasiga kiritish uchun kambagʻallik chegarasini qoʻllash;
(2.3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini inflyatsiya darajasidan kelib chiqib indeksatsiya qilib borish, aholi daromadlari va xarajatlarining oʻzgarishini inobatga olgan holda kamida har besh yilda uning qiymatini qayta koʻrib chiqish va ushbu miqdordan kelib chiqib, ijtimoiy nafaqalarni va eng kam pensiya miqdorlarini belgilash tizimini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) doimiy parvarishga muhtoj nogironligi boʻlgan bolalar parvarishi bilan band boʻlgan oila aʼzolarini minimal daromad manbai bilan taʼminlab borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Aholining zaif qatlamlari mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlardan foydalanishini kengaytirish yoʻnalishidagi maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-maqsad: Ishsiz shaxslarni qoʻllab-quvvatlashni inson kapitaliga investitsiyalar orqali amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va bandlikka koʻmaklashish dasturlariga ajratilgan resurslarni inson kapitalini rivojlantirishga, yaʼni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish kabi dasturlarga yoʻnaltirish, shu bilan birga jamoat ishlariga jalb qilingan band boʻlmagan aholi ulushini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishda eng kam xarajat talabi bilan, band boʻlmagan shaxsning doimiy bandligini taʼminlashda eng yaxshi natijalarni koʻrsatuvchi mutaxassislik dasturlarini tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kasb-hunarga oʻqitish va texnik taʼlim berish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-maqsad: MBFCH dasturlarining samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) resurslarni, shu jumladan, budjet mablagʻlari maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash maqsadida MBFCH natijalarini muntazam monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligiga koʻmaklashish kabi xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali koʻrsatish amaliyoti respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi. Ushbu tizim davlat mablagʻlari maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlaydi hamda dasturlarning band boʻlmagan aholini doimiy daromad manbai bilan taʼminlashini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholi bandligiga koʻmaklashish dasturlarini “mahallabay” tamoyili asosida hokim yordamchilari instituti orqali amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mavjud MBFCHni oʻrganish va baholash, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, jumladan ayollar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslarning MBFCHdan foydalanishida mavjud toʻsqinliklar bartaraf etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jamoat ishlarini va boshqa bandlikka koʻmaklashish dasturlarini Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, doimiy parvarish bilan band boʻlgan ayollar va boshqa ehtiyojmand, aholining zaif qatlamlarining ehtiyojlarini qondirishga moslashtirish orqali mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarning bandlik darajasini oshirish;
(2.4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishga qulay sharoitlar yaratish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga imkoniyati cheklangan tadbirkorlar, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoshlar va ayollarning startap dasturlarini qoʻllab-quvvatlash platformasini rivojlantirish.
(2.4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-maqsad: MBFCH dasturlarini monitoring qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu dastur doirasida bandlikka koʻmaklashish xizmatlarini koʻrsatishda band boʻlmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari oʻrtasida ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi va bu borada taraflarning ijtimoiy masʼuliyatini belgilovchi ijtimoiy shartnoma tuzish tizimi toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat ijtimoiy himoyasining institutsional boshqaruv va moliyalashtirish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Institutsional boshqaruv tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlariga masʼul boʻlgan organlari faoliyatining oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi vazifa va funksiyalari bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi hamda davlat ijtimoiy yordam va xizmatlari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyati takomillashtiriladi.
(3.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi aholining barcha ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasiga aylantiriladi.
(3.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va yuritishga masʼul boʻlgan vakolatli organni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida, davlatning aholini ijtimoiy himoya qilishga oid vazifa va funksiyalarini yagona tizim doirasida muvofiqlashtiruvchi davlat organini tashkil etish masalasi koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu organning quyidagi vazifalari nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Temir daftar” roʻyxatini yuritish hamda unga kiritiladigan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar bilan ishlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga, shu jumladan ayollar va yoshlarga moddiy koʻmaklashish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, huquqiy, uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;
(3.1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻrta muddatli istiqbolga maqsadli moʻljallarni asosiy moliyaviy hujjatlar va jarayonlarga kiritish, shuningdek, natijaga yoʻnaltirilgan budjet tizimi tamoyilini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy sugʻurta tizimi moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining daromadlari manbalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijtimoiy himoya sohasiga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish, shu jumladan yangi loyihalarni xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda grantlar asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlar boʻyicha davlat ijtimoiy himoyasiga yoʻnaltirilgan jami mablagʻlarni Davlat budjetida alohida xarajatlar boʻlimi sifatida aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) natijaga yoʻnaltirilgan budjet tizimini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Monitoring va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Strategiya amalga oshirilgan chora-tadbirlar ijrosi va maqsadli koʻrsatkichlardan kelib chiqib har yili baholanadi hamda 2030-yilgacha boʻlgan maqsadlarga erishish uchun unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Strategiya amalga oshirilishi, uning natijadorligi, samaradorligi hamda milliy maqsad va vazifalarga erishishdagi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflar qonunchilikka muvofiq baholab boriladi. Bunda boshqa yoʻnalishdagi davlat siyosatidan va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ijtimoiy himoya sohasini umumiy siyosat bilan muvofiqlashtirish maqsadida Strategiyaga tegishlicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi samaradorligini baholab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy himoya sohasiga oid maʼlumotlarni, shu jumladan har bir dastur kesimida ijtimoiy himoya oluvchilar soni, gender jihatdan taqsimlangan maʼlumotlar, sarflangan mablagʻ kabi maʼlumotlarni yigʻish, toʻplash va tahlil qilish, ijtimoiy himoya sohasidagi koʻrsatkichlar oʻzgarishlarini kuzatib borish va maqsadli koʻrsatkichlar bilan taqqoslash ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Indikator nomi

Bazaviy koʻrsatkichlar

Maqsadli koʻrsatkichlar

Boshlangʻich maʼlumotlar

Masʼul vazirlik va idoralar

2020-yil

2021-yil

2025-yil

2030-yil

Maʼlumot nomi

2020-yil

2021-yil

1.

Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy himoya boʻyicha xarajatlar (foizda)

6,0

5,7

6,5

7,0

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining jami xarajatlari (mlrd. soʻmda)

144 143

188 634

Moliya vazirligi

2.

Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy yordam dasturi bilan qamrab olish darajasi (foizda)

58,8

65,8

85,2

98,1

Ijtimoiy nafaqa oluvchi kam taʼminlangan oilalar (ming nafarda)

918

1 260

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi

3.

Kambagʻallik chegarasidan (2022-yildan boshlab minimal isteʼmol xarajatlari miqdori bilan belgilanadigan) past darajada yashovchi aholi (foizda)

-

17,0

8,5

5,0

Uy xoʻjaliklarini tanlanma kuzatuvi darajasi (foizda)

-

17,0

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi

4.

Oilada hamda muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sonining tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soniga nisbati (foizda)

97,3

99,3

100

100

“Mehribonlik” uylarida bolalar soni (ming nafarda)

2,0

0,6

Xalq taʼlimi vazirligi

Oilada hamda muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (ming nafarda)

75

78

Xalq taʼlimi vazirligi

5.

Aholining mehnat bozorida koʻrsatiladigan xizmatlar bilan qamrab olinganligi (foizda)

64,2

65,3

65,0

70,0

Bandlikka koʻmaklashish dasturlari va jamoat ishlariga jalb etilgan ishsiz shaxslar (ming nafarda)

1 000

880

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

6.

Ishsizlik nafaqasini oluvchi ishsizlar ulushi (foizda)

5,7

6,8

7,2

8,5

Ishsizlik nafaqasini oluvchi ishsizlar soni (ming nafarda)

89

98

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

7.

Yoshga doir pensiya taʼminoti va nafaqa bilan qamrab olingan pensiya yoshidagi aholining ulushi (foizda)

77,6

77,9

79,0

80,0

Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar soni (ming nafarda)

2 892

3 042

Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi

Pensiya yoshidan oshgan (60 yosh — erkaklar, 55 yosh — ayollar) aholi soni (ming nafarda)

3 725

3 906

Davlat statistika qoʻmitasi

8.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilgan reabilitatsiya xizmatlari ulushi (foizda)

16,9

16,9

17,9

20,9

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilgan nogironligi boʻlgan shaxslar soni (ming nafarda)

127

131

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

Nogironligi boʻlgan shaxslar soni (ming nafarda)

752

798

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

9.

Aholini muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash darajasi (foizda)

-

-

35,0

100,0

Nogironligi boʻlgan shaxslar soni (ming nafarda)

-

-

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

10.

Aholini muhtoj qismini reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash darajasi (foizda)

-

6,0

45,0

100,0

Nogironligi boʻlgan shaxslar soni (ming nafarda)

-

4 100

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

11.

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazida reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatilgan shaxslarning odam savdosidan jabrlangan deb eʼtirof etilgan shaxslarga nisbatan ulushi (foizda)

61,3

62,4

63,3

65,4

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazida reabilitatsiya qilingan odam savdosidan jabrlangan shaxslar (nafarda)

92

112

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

Odam savdosidan jabrlangan deb eʼtirof etilgan shaxslar (nafarda)

150

185

Ichki ishlar vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Erishiladigan maqsadlar

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Aholiga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish

1.

Davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatishda mahalla darajasida (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yoʻlga qoʻyish.

Vazirlar Mahkamasining davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini mahalla darajasida koʻrsatishga oid nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, xotin-qizlar faollari tomonidan quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini koʻzda tutish:

har bir xonadon ahvolini oʻrganish, oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojni aniqlash;

har bir oila uchun alohida ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish;

murakkab operatsiyalarni amalga oshirish, protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash, bolalarni bogʻchaga joylashtirish kabi ijtimoiy xizmatlar uchun oʻz tavsiyalari va buyurtmalarini berish;

ijtimoiy himoyaga masʼul barcha idoralar ishiga baho berish;

ijtimoiy xizmatlar oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishini doimiy nazorat qilib borish;

oilada xotin-qizlar, bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari yuzaga kelganda ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlashdan tashqari, zoʻravonlik qilgan shaxslar bilan tushuntirish ishlarini olib borish.

2022-yil avgust

1-maqsad: Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish

13-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlariga masʼul boʻlgan organlar faoliyatining oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash

Mablagʻ talab qilmaydi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Maxkamova),

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(Turdiyev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2.

Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish.

Nogironlikni belgilashning anʼanaviy “tibbiy” modelidan zamonaviy “ijtimoiy” modeliga bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutuvchi konsepsiyani tasdiqlashga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil sentabr

4-maqsad: Nogironlikni belgilashni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish

Mablagʻ talab qilmaydi

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(Inakov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

3.

Yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash choralarini kuchaytirish.

“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek, patronat tarbiyasidagi bolalarning tarbiyalanish sharoitlarini joylarda tanlanma kuzatuv ishlari asosida tashkil etish.

2022-yil oktabr

5-maqsad: Internat shaklidagi muassasalarni noinstitutsionallashtirish

Mablagʻ talab qilmaydi

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Milliy gvardiya

(Mamayusupov)

Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalash va parvarishlashdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

4.

Doimiy parvarishga muhtoj shaxslar va qariyalarni hamda doimiy parvarish bilan band oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni mustahkamlash.

Vazirlar Mahkamasining tuman (shahar) darajasida bolalar va ehtiyojmand shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etishga oid qarori loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

5-maqsad: Internat shaklidagi muassasalarni noinstitutsionallashtirish

Hisob-kitoblarga asosan qarorda belgilangan moliyalashtirish hajmi va manbalari doirasida

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(Inakov)

II. Mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy taʼminot bilan qamrab olish

5.

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etish.

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasini tuzish. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlovchi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil avgust

6-maqsad: Ijtimoiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tayinlanadigan va toʻlanadigan nafaqalarni tayinlash va toʻlash nizomini tasdiqlashga oid qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

2024-yil 1-yanvardan budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi boʻyicha haq evaziga toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlarida ishlayotgan xodimlarga umumiy ish staji va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan majburiy oylik badallari hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib, homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻliq toʻlash amalga oshirilishini;

2026-yil 1-yanvardan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi hamda ish beruvchi yuridik shaxs sifatida tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ishdan boʻshatish nafaqasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari oqibatidagi toʻlovlar amalga oshirilishini nazarda tutish.

2023-yil iyul

6.

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlarni dastur orqali amalga oshirishni tashkil etish.

Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida alohida modul yaratish.

2022-yil avgust

6-maqsad: Ijtimoiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Moliya vazirligi

(Abruyev)

Homiladorlik va tugʻishga oid vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish elektron tizimini yaratish.

2022-yil avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

7.

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining idoralararo elektron maʼlumot almashinuvini tashkil etish.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi bilan barcha mehnat shartnomasi boʻyicha ishlovchi xodimlarni qamrab olishga oid chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

6-maqsad: Ijtimoiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

8.

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish.

2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga hisob-kitoblariga asosan 200 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratish.

2022-yil sentabr

6-maqsad: Ijtimoiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

9.

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish choralarini koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasining budjet-soliq siyosatidan kelib chiqib, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirishda qoʻshimcha manbalarni aniqlash yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyul

6-maqsad: Ijtimoiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

(Rafikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining daromadlari manbalarini shakllantirish.

2022-yildan boshlab oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqishda Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi xarajatlarini inobatga olgan holda uning daromadlarini shakllantirish manbalarini nazarda tutish.

2022-yil noyabr

6-maqsad: Ijtimoiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Ijtimoiy sugʻurta tizimining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish.

“Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish:

sugʻurta toʻlovlarini moliyalashtirishning manbalarini aniqlash;

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan nafaqalarni belgilash;

ijtimoiy sugʻurta nafaqalarini tayinlash boʻyicha minimal kvalifikatsiya shartlari, minimal va maksimal nafaqa miqdorlarini belgilash.

2024-yil dekabr

6-maqsad: Ijtimoiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi

(Xaydarov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

(Rafikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Onalik muhofazasini ijtimoiy sugʻurta tizimi bilan qamrab olish.

1. Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutuvchi vaqtinchalik nizomni tasdiqlashga oid qarori loyihasini ishlab chiqish:

budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi boʻyicha oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda homiladorlik va tugʻish nafaqasining bir qismi toʻlanadi;

fuqaroning ish stajida 1 oygacha boʻlgan tanaffuslar mavjud boʻlsa, ushbu tanaffuslardan bevosita oldingi va bevosita keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi;

ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi belgilangan miqdorining qolgan qismi uning ish haqidan kelib chiqib, ish beruvchilar hisobidan toʻlanadi.

2022-yil avgust

7-maqsad: Onalikning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

(Rafikov),

Ish beruvchilar konfederatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Vaqtinchalik nizomga budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi boʻyicha haq evaziga toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan xodimlarga umumiy ish staji va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan majburiy oylik badallari hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib, homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.

2024-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Maxkamova),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

3. Vazirlar Mahkamasiga Xalqaro mehnat tashkilotining 183-son “Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Konvensiyasini ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflarni kiritish.

2024-yil mart

III. Davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam dasturlarini takomillashtirish

13.

Davlat ijtimoiy yordamini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish:

kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish;

ijtimoiy shartnomada kam taʼminlangan oilalar tomonidan farzandlarining maktabdagi davomatini va bogʻchaga borishini taʼminlash hamda biriktirilgan poliklinikadan majburiy vaksinalarni oʻz vaqtida olishi kabi shartlarni belgilash;

ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va shartnoma shartlari bajarilishini taʼminlash.

2022-yil noyabr

8-maqsad: Davlat tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamni aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yetkazib berilishini taʼminlash, kambagʻal oilalarning qashshoqlikka tushishiga yoʻl qoʻymaslik, oilalarni kambagʻallikdan olib chiqish

Mablagʻ talab qilmaydi

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Maktabgacha taʼlim vazirligi

(Shin),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

14.

Oilalarni kambagʻallik holatidan chiqarish va qayta kambagʻallikka tushib qolishining oldini olish choralarini koʻrish.

Ijtimoiy shartnoma orqali oilalarni kambagʻallik holatidan chiqarishga va qayta kambagʻallikka tushib qolishining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha dasturlar joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2023-yil noyabr

Mablagʻ talab qilmaydi

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Musayev)

15.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini davlat tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlarning yagona maʼlumotlar bazasiga aylantirish.

“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi hamda “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga moddiy yordam yoki kompensatsiya toʻlashdan oldin oilaning kam taʼminlanganligini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tasdiqlash.

2023-yil dekabr

9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Norqulov),

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Parpibayeva),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

16.

Hokim yordamchilari va mahalladagi xotin-qizlar faoli institutining ijtimoiy himoya sohasidagi vakolatlarini kengaytirish.

“Onlayn mahalla” elektron platformasiga oilaning mavjud chorva mollari, tomorqa yer maydonlari, oila aʼzolarining maqomi (chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatda boʻlishi, oʻrta maxsus, professional yoki oliy taʼlim muassasasida oʻqishi, xorijda mehnat qilayotganligi va boshqalar) boʻyicha maʼlumotlarini kiritishini taʼminlash.

2022-yil dekabr

9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Maxkamova),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

“Onlayn mahalla” elektron platformasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil aprel

17.

Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish sohasini takomillashtirish.

Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish sohasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida alohida modul yaratish (“Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli).

2022-yil sentabr

9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish

“Mahallada ijtimoiy xizmat” modulini ishlab chiqishga ajratilgan Birlashgan millatlar tashkiloti Bolalar fondining grant mablagʻlari doirasida, “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Maxkamova),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

Mahalladagi xotin-qizlar faollarini Jahon bankining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan ulangan maxsus planshetlar bilan taʼminlash.

2022-yil oktabr

IV. Aholining zaif qatlamlari mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlardan foydalanishini kengaytirish

18.

Inson kapitaliga investitsiyalar yoʻnaltirish orqali ishsiz shaxslarni barqaror daromad manbai bilan taʼminlash.

1. Har yilgi Yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturini shakllantirishda Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlarga (keyingi oʻrinlarda — MBFCH) ajratilgan resurslarni inson kapitalini rivojlantirishga, yaʼni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish, tadbirkorlikka jalb qilish kabi dasturlarga yoʻnaltirish hamda shu bilan birga jamoat ishlariga jalb qilingan band boʻlmagan aholi ulushini kamaytirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiya-lari boʻyicha oʻqitish, kasbga yoʻnaltirish.

Har yili

10-maqsad: Ishsiz shaxslarni qoʻllab-quvvatlashni inson kapitaliga investitsiyalar orqali amalga oshirish

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Maxkamova),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Norqulov),

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev)

19.

Resurslar, shu jumladan, budjet mablagʻlari maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash maqsadida MBFCH natijalarini muntazam monitoring qilib borish.

Mavjud MBFCH dasturlarini doimiy ish bilan taʼminlash nuqtai nazaridan baholash.

Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasiga dasturlarni optimallashtirish va natijadorligi past dasturlarni qoʻllashni toʻxtatish boʻyicha takliflarni kiritish.

2023-yil avgust

11-maqsad: MBFCH dasturlarining samaradorligini oshirish

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

Jahon banki (kelishuvga asosan)

20.

Bandlikka koʻmaklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali koʻrsatish tizimini respublikaning barcha hududlarida joriy etish masalasini oʻrganish.

Bandlikka koʻmaklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali koʻrsatish boʻyicha hududlarda kompleks oʻrganish ishlarini tashkil etishning grafigini tasdiqlash.

Oʻrganish ishlari natijasi boʻyicha bandlikka koʻmaklashish davlat xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali koʻrsatish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

11-maqsad: MBFCH dasturlarining samaradorligini oshirish

Mablagʻ talab qilmaydi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

(Maxkamova)

V. Moliyalashtirish, monitoring va baholash

21.

Natijaga yoʻnaltirilgan budjet tizimi tamoyilini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qoʻllash.

Davlat tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlarga, davlat ijtimoiy himoyasiga yoʻnaltirilgan jami mablagʻlarni Davlat budjetida alohida xarajatlar boʻlimi sifatida aks ettirish choralarini koʻrish.

2023-yil noyabr

16-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish

Mablagʻ talab qilmaydi

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

Tegishlicha ijtimoiy himoyaning ayrim dasturlarida xarajatlarning sifat va miqdor koʻrsatkichlarini belgilash hamda natijaga yoʻnaltirilgan budjet tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024-yildan boshlab

22.

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

1. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

2. Strategiyani 2024-yilgacha amalga oshirilgan ishlar va natijalar boʻyicha baholashdan oʻtkazish..

3. Baholash natijalari va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, Strategiyaning maqsadlari va koʻrsatkichlarini qayta koʻrib chiqish.

2023-yil 31-dekabr




2024-yil 1-iyul

2024-yil 1-iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Abruyev)



Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov)

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev)

23.

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi boʻyicha maʼlumot berib borish.

Masʼul vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilingan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlari ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida jamlanma hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.

Har yili iyul oyiga qadar

17-strategik maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish

Mablagʻ talab qilmaydi

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Norqulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

24.

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi boʻyicha koʻrsatkichlarning monitoringini yuritish.

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishi ustidan monitoring olib borish.

2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi boʻyicha koʻrsatkichlarini tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlarida eʼlon qilib borish.

2024-yilga qadar

17-strategik maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish

Mablagʻ talab qilmaydi

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(Inakov)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 06/22/175/0676-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)