Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
Qarori
“Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2508-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 22-avgustdagi 43, 78 va 01/19-26/11-son “Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2508, 2013-yil 17-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 498-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 16-apreldagi 11, 77 va 01/15-1-10/19-son “Birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” gi qarori (roʻyxat raqami 2508-1, 2018-yil 5-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2508-1/1327-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
54-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
32-son
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-iyun,
367/01-15-son
Kelishildi:
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi Z. BADRIDDINOV
2022-yil 9-iyun
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi M. ABDULLAYEV
2022-yil 14-iyun
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2022-yil 17-iyun
Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A. AXMEDXADJAYEV
2022-yil 14-iyun
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 10/22/2508-2/0672-son)