Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Birja savdolarida mis mahsuloti (mis katodi va mis katankasi), metall rux va ikkilamchi alyuminiyni sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-iyulya roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1735-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 24-sentabrdagi 34 va 86-son “Birja savdolarida mis mahsuloti (mis katodi va mis katankasi), metall rux va ikkilamchi alyuminiyni sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1735, 2007-yil 30-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 450-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
58-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
28-son
Kelishildi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
2022-yil 9-iyun
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2022-yil 17-iyun
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Boshqaruv raisi A. XURSANOV
2022-yil 9-iyun
“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktor v.v.b. I. BABAXANOV
2022-yil 9-iyun
“Oʻzbekiston respublika tovar-hom ashyo birjasi” AJ Boshqaruv Raisi Z. BADRIDDINOV
2022-yil 9-iyun
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 10/22/1735-1/0666-son)