Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Birja savdolarida mazut yoqilgʻisini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1795-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 2-apreldagi 48 va 30-son “Birja savdolarida mazut yoqilgʻisini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1795, 2008-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 127-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
56-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
30-son
Kelishildi:
Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A. AXMEDXADJAYEV
2022-yil 14-iyun
“Tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi Z. BADRIDDINOV
2022-yil 9-iyun
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi M. ABDULLAYEV
2022-yil 14-iyun
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2022-yil 17-iyun
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
2022-yil 9-iyun
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 10/22/1795-1/0667-son)