21.07.2022 yildagi 395-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga muvofiq hamda taʼlim sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2020 — 2022-yillarda taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash sohalarini raqamli transformatsiya qilish dasturining 16-bandiga muvofiq oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar dublikatini berish davlat xizmatini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻqolgan yoki foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan, shuningdek, shaxsning ismi (familiyasi, otasining ismi) oʻzgarganda taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini olish maqsadida davlat xizmatidan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani elektron ravishda toʻldirish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatidan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish asoslarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini rasmiylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda, ariza beruvchi oʻn besh ish kuni ichida yigʻim toʻlamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilishi tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini talabgorning manziliga yetkazib berish maqsadida “Oʻzbekiston pochtasi” AJ axborot tizimini oʻz platformasi bilan integratsiya qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar hamda professional taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim, davlat boji va barcha turdagi toʻlovlarning Yagona billing tizimiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi miqdoridagi mablagʻ undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 395-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)ga davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat namunasidagi taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni beruvchi Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti)ni tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki foydalanish uchun oʻzining asl holatini yoʻqotgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda, dublikat berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar hamda uning dublikati bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglament harbiy oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi hamda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasasi va akademik litsey diplomi dublikati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan, davlat va nodavlat kasb-hunar kollejlari va professional taʼlim muassasalari diplomi dublikati Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, davlat va nodavlat ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar diplomi dublikati oʻz tizimiga kiruvchi taʼlim tashkilotlari boʻyicha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi soʻrovnomani YIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi va yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov summasining 90 foizi miqdoridagi mablagʻ undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65 foizi — tegishliligi boʻyicha vakolatli organning Budjet muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni rivojlantirish markazi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65 foizi — tegishliligi boʻyicha vakolatli organning Budjet muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni rivojlantirish markazi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmati koʻrsatilishi muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng soʻrovnoma 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishliligi boʻyicha vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni mobaynida tegishli taʼlim muassasalari hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini oʻz imzosi va muhri bilan rasmiylashtiradi hamda bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ davlat xizmati natijasi tayyor boʻlganligi haqida “Oʻzbekiston pochtasi” AJni elektron tizim orqali xabardor qilgandan soʻng “Oʻzbekiston pochtasi” AJ taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organ manzilidan ariza beruvchining manziliga besh ish kuni mobaynida yetkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pochta aloqasi orqali yetkazilgan davlat xizmatlarining natijasi uchun amalga oshiriladigan toʻlovlar ariza beruvchi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza beruvchi taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini rasmiylashtirishda xatoliklar mavjudligini aniqlaganda, ilgari yuborilgan ariza raqamini koʻrsatgan holda takroriy ariza yuborish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi oʻn besh ish kuni ichida yigʻim toʻlamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan murojaat etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarni arxivdan olish zarurati yuzaga kelgan hollarda davlat arxivlari besh ish kuni mobaynida belgilangan tartibda arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organga bepul taqdim etadi. Bunda taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni berish muddatiga qoʻshimcha ravishda yana besh ish kuni qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dublikat berish boʻyicha asosli arxiv hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, tegishli hujjatni berish rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ xodimlari tomonidan ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.

2. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini olish uchun toʻlovni amalga oshiradi.

3. Ariza beruvchi davlat xizmati natijasi pochta aloqasi orqali yetkazilishini xohlasa, pochta xizmatlari uchun belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchi tomonidan berilgan soʻrovnomani vakolatli organlarga yuboradi.

Vakolatli organlar:

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi;

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;

Madaniyat vazirligi;

Badiiy akademiya.

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organlar

1. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini rasmiylashtiradi, davlat xizmati natijasi tayyor boʻlganligi haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Toʻldirilgan soʻrovnomada davlat xizmati natijasi ariza beruvchining manziliga yetkazilishi koʻrsatilganda, davlat xizmati natijasi tayyor boʻlganligi haqida “Oʻzbekiston pochtasi” AJni axborot-kommunikatsiya tizim orqali xabardor qiladi.

10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

1. Ariza beruvchi

1. Tayyor boʻlgan davlat xizmati natijasini vakolatli organlardan olib ketadi.

1. Xohishiga koʻra

2. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ

2. Davlat xizmati natijasi ariza beruvchining manziliga yetkazilishi koʻrsatilgan boʻlganda tayyor boʻlgan hujjat dublikatini vakolatli organlardan olib, soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga (ariza beruvchiga) yetkazib beradi.

2. 5 ish kuni mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini olish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________

(sana)

__________________

(raqami)

1. Familiyasi:

1.1. Agar familiyasi oʻzgargan boʻlsa, u haqida maʼlumot:

2. Ismi:

2.1. Agar ismi oʻzgargan boʻlsa, u haqida maʼlumot:

3. Otasining ismi:

3.1. Agar otasining ismi oʻzgargan boʻlsa, u haqida maʼlumot:

4. Pasport (ID — karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) (mavjud boʻlganda):

6. Tugʻilgan sanasi:

7. Tugʻilgan joyi:

8. Yashash manzili:

9. Taʼlim muassasasining nomi, kirgan va tamomlagan yili, taʼlim turi, kasbi, taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislik nomi:

10. Elektron manzili va telefon raqami:

11. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini yetkazib berish joyi (manzil aniq koʻrsatilishi lozim)*:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Davlat xizmatlarining natijasini pochta aloqasi orqali yetkazish uchun toʻlovlar ariza beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan manzilning haqqoniyligiga shaxsan ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ariza beruvchi davlat xizmati natijasini vakolatli organlardan oʻzi kelib olib ketsa, mazkur pozitsiya toʻldirilmaydi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/395/0655-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son; 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)