Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
“Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2921-5]
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son “Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 935-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-iyul,
9-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasidagi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur boʻlgan normalar va talablar hamda ularni bajarish shartlarining mazmunini, yagona sport tasnifini shakllantirish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish tartibini belgilaydi.”;
b) 14-band, 20-bandning birinchi xatboshisi va 28-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 15-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 21-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 22-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi (16 yoshga toʻlmagan sportchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi);”;
e) 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 30-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 32-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi (16 yoshga toʻlmagan sportchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi);”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)