14.07.2022 yildagi PQ-321-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash, meva-sabzavotchilikda zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuqorichirchiq tumanida joylashgan Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) hududida Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekistonda meva-sabzavotchilikda ilgʻor texnologiyalar oʻquv markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Meva-sabzavotchilik loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 3,7 mln AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekistonda “aqlli qishloq xoʻjaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Sanoat texnologiyalari innovatsion markazi loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 14 mln AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularning koʻchatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Zamonaviy koʻchatchilik loyihasi) uchun 2022 — 2026-yillarda 3,7 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari ajratilishi yuzasidan kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra Koreya Respublikasi Hukumatining mazkur grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilikning ilgʻor texnologiyalari boʻyicha oʻquv markazi va namunaviy xoʻjalik tashkil etiladi hamda bu orqali dehqon va fermer xoʻjaliklari xodimlari uchun zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish boʻyicha oʻquv va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya “aqlli qishloq xoʻjaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazida va respublikaning 5 ta hududida hududiy tajriba issiqxonalari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koreyalik mutaxassislar tomonidan dasturiy taʼminotlar bilan ishlash boʻyicha IT-mutaxassislar va yuqori malakali mahalliy trenerlar tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy issiqxonalar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi va issiqxona qurilishida foydalaniladigan asosiy jihozlar ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 nafar mutaxassislar, shu jumladan sohadagi oliy taʼlim muassasalari magistrlari va ilmiy xodimlari malaka oshirish uchun Koreyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya qishloq jamiyatlari korporatsiyasi (KRC) va Koreyaning Qishloq xoʻjaligida xalqaro hamkorlik instituti (DICA) Meva-sabzavotchilik loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilgʻor mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari Sanoat texnologiyalari innovatsion markazi loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi va Koreya oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilikda taʼlimni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) Zamonaviy koʻchatchilik loyihasini amalga oshiruvchilar hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, yangi oʻquv markazi, issiqxonalar, koʻchatxonalar, namunaviy xoʻjaliklar tashkil etish boʻyicha ijro etuvchi hamda masʼul organ sifatida belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar va materiallardan oqilona foydalanish va ularni saqlash uchun javobgar etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent agrar universiteti, Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari, magistrlari, ilmiy va ilmiy pedagogik xodimlarining mazkur loyihalar doirasida barpo etilayotgan muassasalar, tajriba maydonlarida amaliyot va stajirovkalar oʻtashi, ilmiy-tadqiqotlar olib borishi, yaratilgan yangi ishlanmalarni joriy qilishi, tajribalar oʻtkazishiga sharoitlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi (Sh. Gʻaniyev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar uchun Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hokimligi zaxirasidagi qishloq xoʻjalik xaritasining 2261q-konturidagi 4,3 gektar yer uchastkasini sugʻoriladigan yerlar toifasidan aholi punktlarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boshqa yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosasi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Kadastr agentligi (F. Poʻlatov) bir oy muddatda mazkur yer uchastkasini Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Toshkent viloyati Agroxizmatlar markaziga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) bilan birga 2022-yil oxiriga qadar xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan kamida 100 gektar yangi yer uchastkalarining oʻzlashtirilishi va sugʻoriladigan yerlar toifasiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Shukurov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda belgilangan tartibda davlat yer kadastri maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekistonda meva-sabzavotchilikda ilgʻor texnologiyalar oʻquv markazi, Oʻzbekistonda “aqlli qishloq xoʻjaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazi hamda Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularning koʻchatlarini yetishtirish markazining faoliyat tartibi hamda tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kodeksining 297-moddasiga muvofiq davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 246-moddasiga muvofiq davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ajratiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasida imoratlar va inshootlar qurilishi natijasidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan Koreya Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi hamda Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi oʻrtasida imzolangan Kelishuv hujjatlariga muvofiq amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining viza talabnomalariga binoan, mazkur qaror doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining talabnomasiga asosan loyihada ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-321-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-321-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

“Oʻzbekistonda meva-sabzavotchilikda ilgʻor texnologiyalar oʻquv markazini tashkil etish” loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar

1.

Meva-sabzavotchilikda ilgʻor texnologiyalar oʻquv markazini tashkil etish.

1. Loyihani boshlash uchun Koreyalik mutaxassislarning Oʻzbekistonga kelishi.

2022-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Oʻquv markazi binosini qurish uchun yer maydoni tanlash.

2022-yil sentabr

3. Qurilish ishlarini boshlash.

2022-yil noyabr

4. Zarur asbob-uskunalarni olib kelish va oʻrnatish.

2022-2023-yillar

5. Oʻquv markazi binosini toʻliq foydalanishga topshirish.

2023-yil mart

2.

Oʻquv-seminarlarni samarali tashkillashtirish va olingan bilimlarni amaliyotga qoʻllash uchun namunaviy xoʻjaliklar tashkil etish.

1. Namunaviy xoʻjaliklar tashkil etiladigan maydonchalarni tanlash.

2022-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Qurilish ishlarini boshlash.

2023-yil fevral

3. Zarur asbob-uskunalarni olib kelish va oʻrnatish.

2023-yil sentabr

4. Namunaviy xoʻjaliklarni foydalanishga topshirish.

2023-yil dekabr

3.

Dehqon va fermer xoʻjaliklari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha davomli oʻquv-seminarlari tashkil etish.

1. Mahalliy mutaxassislarning ilgʻor tajribani oʻrganish maqsadida Koreyaga yuborilishini tashkil etish.

2023 — 2026-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Dehqon va fermer xoʻjaliklari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

2023-yil mart

4.

Qilingan ilmiy-tadqiqotlar va soha rivojlanishi oʻrtasida bogʻliqlikni taʼminlash.

1. Oʻzbek tilida turli xildagi oʻquv materiallar va qoʻllanmalar tayyorlash.

2022-2023-yillar

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Vazirlik veb-sayti orqali Koreyalik mutaxassislar tomonidan soha vakillariga keng miqyosda tavsiyalar berib borilishini taʼminlash.

2022-2023-yillar

“Oʻzbekistonda aqlli qishloq xoʻjaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar

5.

Loyiha amalga oshiriladigan hududlarni aniqlash va yer maydonlarini ajratish.

1. Loyiha maqsadidan kelib chiqib, loyiha amalga oshiriladigan hududlar taklifini tayyorlash.

2022-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Taklif etilgan hududlarni donor tashkilot bilan kelishish.

2022-yil noyabr

3. Loyihani amalga oshirish uchun yer maydonlarini ajratish.

2022-yil dekabr

6.

Issiqxona qurilishida foydalaniladigan asosiy jihozlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish.

1. Mahalliylashtirilishi samarali boʻlgan asbob-uskunalarni aniqlash.

2023-yil aprel

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Issiqxona jihozlarini ishlab chiqarish boʻyicha qurilish ishlarini boshlash.

2023-yil avgust

3. Mazkur asbob-uskunalarning ishlab chiqarilishini toʻliq yoʻlga qoʻyish.

2023-yil dekabr

7.

Tanlangan hududlarda zamonaviy issiqxonalar tashkil etish.

1. Issiqxona tashkil etiladigan yer maydonini tanlash va yerga birlamchi ishlov berish.

2023-yil may

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Qurilish ishlarini boshlash.

2023-yil iyul

3. Zarur asbob-uskunalarni olib kelish va oʻrnatish.

2023-yil sentabr

4. Zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish.

2023-yil noyabr

5. Issiqxonalarni toʻliq foydalanishga topshirish.

2023-yil dekabr

8.

“Aqlli fermer xoʻjaligi”ni boshqarish boʻyicha davomli oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

1. Oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

2023-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Mahalliy mutaxassislarning Koreyaga yuborilishini tashkil etish.

2024 — 2026-yillar

3. Oʻzbek tilida turli xildagi oʻquv materiallar va qoʻllanmalar tayyorlash.

2022-2023-yillar

4. Vazirlik veb-sayti orqali Koreyalik mutaxassislar tomonidan soha vakillariga keng miqyosda tavsiyalar berib borilishini taʼminlash.

2022-2023-yillar

“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularning koʻchatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar

9.

Loyiha amalga oshiriladigan hududlarni aniqlash va yer maydonlarini ajratish.

1. Taklif etilgan hududlarni aniqlash va donor tashkilot bilan kelishish.

2022-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Loyihani amalga oshirish uchun yer maydonlarini ajratish.

2022-yil noyabr

10.

In-vitro laboratoriyasi va koʻchatxona tashkil etish.

1. Qurilishni amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotni tanlash.

2022-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Laboratoriya va koʻchatxona qurilishini amalga oshirish.

2023-yil sentabr

3. Zarur asbob-uskunalar va materiallarni olib kelish va oʻrnatish.

2023-yil dekabr

4. In-vitro laboratoriyasi va koʻchatxonani toʻliq ishga tushirish.

2024-yil yanvar

11.

Zamonaviy issiqxona tashkil etish.

1. Issiqxona tashkil etiladigan yer maydonini tanlash va yerga birlamchi ishlov berish.

2023-yil fevral

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

2. Qurilish ishlarini boshlash.

2023-yil mart

3. Zarur asbob-uskunalarni olib kelish va oʻrnatish.

2023-yil dekabr

4. Zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish.

2024-yil aprel

5. Issiqxonalarni toʻliq foydalanishga topshirish.

2024-yil may

12.

Koreya koʻchatchilik tajribasini oʻrganish boʻyicha oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

1. Oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

2023-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Har yili 10 ta mahalliy mutaxassislarning ilgʻor tajribani oʻrganish maqsadida Koreyaga yuborilishini tashkil etish.

2022-2023-yillar

3. Oʻzbek tilida turli xildagi oʻquv materiallar va qoʻllanmalar tayyorlash.

2022-2023-yillar

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 07/22/321/0642-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)