Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2984-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (“Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori)”gi, 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 33, 24-2017-son qarori (roʻyxat raqami 2984, 2018-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2984/0913-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-iyun,
20-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-iyun,
12-2022-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Talabalar tomonidan HTOʻBda taʼlim olish uchun HTOʻBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
reyting daftarchasi nusxasi.”.
3. 12-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 13-banddan “shaxsiy-ruhiy oʻrganish,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Talabalarning harbiy xizmatga yaroqliligini tekshirish boʻyicha tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) muvofiq fevral-mart oylarida oʻtkaziladi.”.
6. 15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. 23-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. 3-ilovada:
a) 3-banddagi “shaxsini tasdiqlovchi hujjati” degan soʻzlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Talabalarning turnikda tortilish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
11 marotaba va undan koʻp tortilganda — “aʼlo”;
9-10 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
7-8 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
1 — 6 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.”;
v) 12-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) erkak talabalar uchun:
14,4 soniya ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
14,5 — 14,8 soniyada bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,9 — 15,4 soniyada bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
15,5 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi;”;
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Erkak talabalarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
13,20 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
13,20 daqiqadan koʻp, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,0 daqiqadan koʻp, biroq 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
14,30 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.”;
d) 16-banddagi “kamida bitta” degan soʻzlar “ikkita” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
|
“ |
||||||
|
T/r |
Talabaning F.I.O. |
Tibbiy koʻrik natijalari |
Umumjismoniy tayyorgarlikni baholash natijalari |
OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari |
Chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash natijalari |
Talabaning umumiy bali |
|
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)