Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 13-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2045-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 29-noyabrdagi 09/YuB-36-sonli ““Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2045-5, 09.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 29-sentabrdagi 184-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045, 2009-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi 2.5.7-pozitsiyasidagi “Nogironlarni” degan soʻz “Nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-iyun,
09/YuB-26-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2045-4/0635-son)