Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Elektron dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-892-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi QL-880-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi QL-894-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2061-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-915-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-916-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-919-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-923-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri A. Abduxakimovga “Oʻzbekistonning turizm salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan ekoturizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 26-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-830-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida”gi 1779-IV-sonli Qaroriga oʻzgartish kiritish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-iyun,
2228-IV-son