13.07.2022 yildagi 382-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisida axborot beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlardan samarali foydalanilishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81. Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joyni auksion orqali sotishdan tushgan mablagʻlarning 1 foizi operatorga, qolgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjet daromadiga oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 13-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/382/0629-son)