Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 200 000 (ikki yuz ming) soʻmlik banknot va 1 000 (bir ming) soʻmlik tanga koʻrinishidagi pul belgilarining chiqarilishi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 200 000 (ikki yuz ming) soʻmlik banknot va 1 000 (bir ming) soʻmlik tanga koʻrinishidagi pul belgilari chiqarish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan 200 000 (ikki yuz ming) soʻmlik banknot va 1 000 (bir ming) soʻmlik tanga koʻrinishidagi pul belgilarining namunalari hamda dizaynlari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 200 000 (ikki yuz ming) soʻmlik banknot va 1 000 (bir ming) soʻmlik tanga koʻrinishidagi pul belgilarining muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabarni, shuningdek, banknotlar tavsiflarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 5-iyul,
KQ-383-IV-son