Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 06.07.2022 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjat 07.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoni, “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-son hamda “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Subsidiya berish yuzasidan arizani kiritish va koʻrib chiqish shartlari, qaror qabul qilish va subsidiya berish tartibini nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorakoʻl va qorakoʻlcha teri uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga nasldor qoʻy va echkilarning import qilingan embrioni uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qaroriga
1-ILOVA

Qorakoʻlchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorakoʻl va qorakoʻlcha teri uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorakoʻlchilik subyektlariga subsidiya berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

subsidiya — eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorakoʻlchilik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan moliyaviy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlchilik subyektlari — qorakoʻl zotli qoʻylarni parvarish qiluvchi hamda qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻl teri — qorakoʻl zotiga mansub ona (sovliq) qoʻylardan tugʻilgan qoʻzilardan olinadigan xomashyo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlcha teri — asosiy podaga yaroqsiz ona (sovliq) qoʻylarni boʻrdoqiga boqib va urugʻlantirib, boʻgʻozlikning 130-135 kunligida soʻyilishi natijasida olinadigan xomashyo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qorakoʻl va qorakoʻlcha terini oʻzi yetishtirmasdan aholi va boshqa qorakoʻlchilik subyektlaridan xarid qilgan yoki qorakoʻl va qorakoʻlcha terini eksportga yoʻnaltirmagan qorakoʻlchilik subyektlariga subsidiya berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida beriladi.

2-bob. Subsidiya berish shartlari

6. Qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirib, eksportga yoʻnaltiruvchi qorakoʻlchilik subyektlari subsidiya oluvchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorakoʻlchilik subyektlariga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi miqdorda bir martalik subsidiya beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorakoʻl teri uchun 50 ming soʻmdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorakoʻlcha teri uchun 75 ming soʻmdan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya berish uchun zarur mablagʻlarni hisobga oladi.

3-bob. Subsidiya berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi

9. Qorakoʻlchilik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) subsidiya berishni soʻrab mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

qorakoʻl va qorakoʻlcha terini eksport qilish boʻyicha eksport shartnomasi nusxasi;

eksport shartnomasi boʻyicha qorakoʻlchilik subyekti hisobvaragʻiga kelib tushgan pul oʻtkazmalari haqidagi bank maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qoʻmitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi.

11. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.

12. Qorakoʻlchilik subyektlaridan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻmita eksport qilingan mahsulotlar hisob-faktura hujjatlari nusxalarini davlat bojxona xizmati organlaridan tegishli soʻrovnomalar yuborish orqali oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qoʻmitaga bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qoʻmitaga elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, Qoʻmita ariza kelib tushgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchiga tegishlicha elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali arizani koʻrib chiqish rad etilganligi toʻgʻrisida javob xatini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, Qoʻmita ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida qorakoʻlchilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan hamda eksport qilingan qorakoʻl va qorakoʻlcha teri sonini oʻrganadi hamda natijasi boʻyicha subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qilib, bir ish kunida ariza beruvchiga bu haqda xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Subsidiya berish toʻgʻrisidagi xabarda subsidiya summasi koʻrsatilishi zarur.

18. Qorakoʻlchilik subyektiga subsidiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlchilik subyektining mazkur Nizomda belgilangan talablarga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlchilik subyekti tomonidan soxta hujjatlar taqdim etilganligi yoki hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomning 14-bandida qayd etilganidan boshqa asoslarda subsidiya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Subsidiya berish rad etilgan qorakoʻlchilik subyekti xabarda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda subsidiya olish uchun Qoʻmitaga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar Qoʻmita tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

21. Subsidiya oluvchining arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiyani berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻmita subsidiya berish toʻgʻrisida xulosa qabul qilingandan soʻng bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish toʻgʻrisida buyurtmanomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir ish kuni ichida buyurtmanomada koʻrsatilgan mablagʻlarni Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar bir ish kuni ichida subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Moliya yili yakuni boʻyicha Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

26. Qoʻmita tomonidan subsidiya berilgan qorakoʻlchilik subyektlari reyestri yuritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Reyestrdagi maʼlumotlar oʻzgargan hollarda, Qoʻmita tomonidan uch ish kuni ichida unga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoʻmita maʼlumotlarning reyestrga toʻgʻri, oʻz vaqtida kiritilishi va yangilab borilishiga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Subsidiya oluvchilarga beriladigan subsidiyaning Qoʻmita tomonidan yetkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.

30. Qorakoʻlchilik subyekti subsidiya berilishini rad etish toʻgʻrisidagi xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorakoʻl va qorakoʻlcha teri uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Qorakoʻlchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorakoʻl va qorakoʻlcha teri uchun subsidiya berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(qorakoʻlchilik subyektlari)

Subsidiya olishda talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni ariza bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga topshirish.

Yil davomida

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

1. Qorakoʻlchilik subyekti tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa, ularni javob xati bilan qaytarish.

1 ish kuni ichida

2. Qorakoʻlchilik subyekti tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, ularni oʻrganib chiqish.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

1. Oʻrganish natijasida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa haqida ariza beruvchiga xabar yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya olish toʻgʻrisida buyurtmanoma berish.

Xulosa qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Respublika budjetidan tegishli subsidiya summasini Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish.

Buyurtmanoma qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

Qorakoʻlchilik subyektining hisobvaragʻiga tegishli subsidiya summasini oʻtkazish.

Maxsus gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushgandan boshlab 1 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorakoʻl va qorakoʻlcha teri uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga _______________________dan ‎
‎(qorakoʻlchilik subyektning nomi)

Ariza

_______________________________________________ (qorakoʻlchilik subyektning nomi) tomonidan yetishtirilib, ______________________ga (mamlakat nomi) umumiy qiymati _______________________ (valyuta)ga teng, TIF TN kodi ____________________ boʻlgan _____________________ (mahsulotning nomi) mahsulot(lar) eksport qilindi.

___________________________________________ tomonidan (qorakoʻlchilik subyektning nomi) yetishtirilib, eksport qilingan ____ dona ___________________ terisi (mahsulotning nomi) uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan subsidiya berilishini koʻrib chiqishingizni va tegishli mablagʻlarni ______________________________ (tijorat bankining nomi) tijorat bankining ______________________________ (hududning nomi) filialidagi _____________________________ hisobvaragʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilindi:

qorakoʻl va qorakoʻlcha terini eksport qilish boʻyicha eksport shartnomasi nusxasi;

eksport shartnomasi boʻyicha qorakoʻlchilik subyekti hisob varagʻiga kelib tushgan pul oʻtkazmalari haqidagi bank maʼlumotnomasi;

_______________________ rahbari _________________________ (F.I.O.)

Bogʻlanish uchun telefon: (____)______________

____________________________________________________(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga nasldor qoʻy va echkilarning import qilingan embrioni uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlariga nasldor qoʻy va echkilarning, shu jumladan, qorakoʻl zotli qoʻylarning chet davlatlardan import qilingan embrioni uchun subsidiya berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qiluvchi — nasldor qoʻy va echkilarning embrionini chet davlatdan olib kiruvchi tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nasldor qoʻy va echkining embrioni — chet davlatdan olib kirilgan, kelib chiqishi tegishli hujjatlar (nasldor qoʻy va echki guvohnomasi) bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror koʻpaytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan hayvon homilasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — nasldor qoʻy va echkilarning embrionini import qilishda xarajatlar oʻrnini qisman qoplash uchun import qiluvchiga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan moliyaviy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchilar — ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda nasldor qoʻy va echkilarning embrionini import qilgan tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya berish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nasldor qoʻy va echkilarning embrionini import qiluvchilar subsidiya oluvchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Import qiluvchilarga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nasldor qoʻy va echkilarning har bir embrioniga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 400 ming soʻm miqdorda subsidiya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda, subsidiya oluvchilarga subsidiya berish uchun zarur mablagʻlarni hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Import qiluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) subsidiya ajratishni soʻrab mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan qoʻy va echki embrionining nasldorligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

nasldor qoʻy va echki embrionini sotib olish yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va toʻlov topshiriqnomasi nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qoʻmitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nasldor qoʻy va echkining embrioni quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nasldor qoʻy va echki embrionining kelib chiqishi, yaʼni ota-onasining nasllilik xususiyatlari yuqori zotga mansub boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nasldor qoʻy va echkining embrioni respublikada urchitiladigan qoʻy va echkilar zotlari yoʻnalishiga mos kelishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qoʻmitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchidan mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻmita nasldor qoʻy va echkining embrioni hisob-faktura hujjatlari nusxalarini davlat bojxona xizmati organlaridan tegishli soʻrovnomalar yuborish orqali oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar subsidiya oluvchi tomonidan Qoʻmitaga taqdim etilganda, ushbu Nizomning 8-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizomning 8-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, Qoʻmita ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida nasldor qoʻy va echkining embrioni import qilinganligini oʻrganadi hamda natijasi boʻyicha subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qilib, bir ish kunida ariza beruvchiga bu haqida xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Subsidiya berish toʻgʻrisidagi xabarda subsidiya summasi koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Subsidiya berish rad etilgan import qiluvchi xabarda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda subsidiya olish uchun Qoʻmitaga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar Qoʻmita tomonidan ikki ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Import qiluvchining arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiyani toʻlash tartibi

20. Qoʻmita subsidiya berish toʻgʻrisida xulosa qabul qilingandan soʻng bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish toʻgʻrisida buyurtmanomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir ish kuni ichida buyurtmanomada koʻrsatilgan mablagʻlarni Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar bir ish kuni ichida subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Moliya yili yakuni boʻyicha Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoʻmita tomonidan nasldor qoʻy va echkining embrioni uchun subsidiya berilgan chorvachilik subyektlari reyestri yuritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Reyestrdagi maʼlumotlar oʻzgargan hollarda, Qoʻmita tomonidan uch ish kuni ichida unga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoʻmita maʼlumotlarning reyestrga toʻgʻri, oʻz vaqtida kiritilishi va yangilab borilishiga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Subsidiya oluvchilarga berilgan subsidiyaning Qoʻmita tomonidan yetkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Import qiluvchi subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga nasldor qoʻy va echkilarning import qilingan embrioni uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Nasldor qoʻy va echkining import qilingan embrioniga subsidiya berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(import qiluvchi)

Subsidiya olishda talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni ariza bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga topshirish.

Yil davomida

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

1. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa, ularni javob xati bilan qaytarish.

1 ish kuni ichida

2. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, ularni oʻrganib chiqish.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

1. Oʻrganish natijasida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa haqida ariza beruvchiga xabar yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma berish.

Xulosa qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Respublika budjetidan tegishli subsidiya summasini Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish.

Buyurtmanoma qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

Qorakoʻlchilik subyektining hisobvaragʻiga tegishli subsidiya summasini oʻtkazish.

Maxsus gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushgandan boshlab 1 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga nasldor qoʻy va echkilarning import qilingan embrioni uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga _______________________dan
‎(import qiluvchining nomi)‎

Ariza

_______________________________________________ (import qiluvchining nomi) tomonidan ______________________dan (mamlakat nomi) umumiy qiymati _______________________ (valyuta)ga teng, TIF TN kodi ____________________ boʻlgan _____________________ (nasldor qoʻy va echki nomi) embrioni import qilindi.

___________________________________________ tomonidan (import qiluvchining nomi) ‎import qilingan ____ dona embrion uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan subsidiya berilishini koʻrib chiqishingizni va tegishli mablagʻlarni ______________________________ (tijorat bankining nomi) tijorat bankining ______________________________ (hududning nomi) filialidagi _____________________________ hisob varagʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilindi:

import qilingan qoʻy va echki embrionining nasldorligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

nasldor qoʻy va echki embrionini sotib olish yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va toʻlov topshiriqnomasi nusxasi;

_______________________ rahbari _________________________ (F.I.O.)

Bogʻlanish uchun telefon: (____)______________

____________________________________________________(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qorakoʻlchilik klasterlariga yaylov yerlarida shaxtali va tik quduqlar hamda suv tortish uchun nasos stansiyalarini (keyingi oʻrinlarda — suv inshootlari) yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiya berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga qorakoʻlchilik klasteriga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan moliyaviy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv koʻtarish lentasi — shaxtali quduqdan suv chiqaruvchi yassi tasma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tik quduq — yer osti chuqur qatlamidagi suv manbasidan elektr nasosi orqali yer ustiga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxtali quduq — yer osti birinchi qatlamidagi suv manbasidan suv koʻtarish lentasi orqali yer ustiga suv chiqarish uchun qazilgan quduq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlchilik klasteri — respublikaning yaylovlarga ega boʻlgan barcha hududlarida oziqa bazasini yaratgan holda, mayda shoxli nasldor mollarni koʻpaytirish, shuningdek, mol soʻyish, teri va junni qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishga ixtisoslashgan klaster.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tegishli boʻlmagan yer maydonlarida qazilgan suv chiqarish quduqlariga subsidiya ajratilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya berish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirgan qorakoʻlchilik klasterlari subsidiya oluvchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirgan qorakoʻlchilik klasterlariga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 120 mln soʻmgacha bir martalik subsidiya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya berish uchun zarur mablagʻlarni hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qorakoʻlchilik klasterlari Qoʻmitaga subsidiya berishni soʻrab mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurs tejamkor uskunalar, suv koʻtarish lentasi yoki boshqa uskunalar sotib olinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari;

yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisida loyihalashtirish tashkilotining xulosasi (ekspertiza xulosasi) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya orqali yaylov yerlaridan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan yaylov ijara shartnoma nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qoʻmitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qoʻmitaga bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qoʻmitaga elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, Qoʻmita ariza kelib tushgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchiga tegishlicha elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali arizani koʻrib chiqish rad etilganligi toʻgʻrisida javob xatini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, Qoʻmita ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida yaylov yerlarida suv inshootlari qurilganligini (rekonstruksiya qilinganligini) oʻrganadi hamda natijasi boʻyicha subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qilib, bir ish kunida ariza beruvchiga bu haqda xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Subsidiya berish toʻgʻrisidagi xabarda subsidiya summasi koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qorakoʻlchilik klasteriga subsidiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlchilik klasterining mazkur Nizomda belgilangan talablarga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorakoʻlchilik klasteri tomonidan soxta hujjatlar taqdim etilganligi yoki hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomning 18-bandida qayd etilganidan boshqa asoslarda subsidiya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Subsidiya berish rad etilgan qorakoʻlchilik klasteri xabarda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda subsidiya olish uchun Qoʻmitaga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar Qoʻmita tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Subsidiya oluvchining arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiyani toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoʻmita subsidiya berish toʻgʻrisida xulosa qabul qilingandan soʻng bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish toʻgʻrisida buyurtmanomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir ish kuni ichida buyurtmanomada koʻrsatilgan mablagʻlarni Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar bir ish kuni ichida qorakoʻlchilik klasterlarining tijorat banklaridagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Moliya yili yakuni boʻyicha Qoʻmitaning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga tegishli yaylov yerlaridagi suv inshootlarini xatlovdan oʻtkazadi va ularning reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yilda yaylov yerlarida suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha tumanlar, hududlar hamda qorakoʻlchilik klasterlari kesimida yaylov yer maydoni va suv manbai koʻrsatilgan holda, hududiy manzilli roʻyxatni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan manzilli roʻyxat har yili 1-fevralga qadar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoʻmita tomonidan subsidiya berilgan qorakoʻlchilik klasterlari reyestri yuritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Reyestrdagi maʼlumotlar oʻzgargan hollarda Qoʻmita tomonidan uch ish kuni ichida unga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoʻmita maʼlumotlarning reyestrga toʻgʻri, oʻz vaqtida kiritilishi va yangilab borilishiga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Subsidiya oluvchilarga beriladigan subsidiyaning Qoʻmita tomonidan yetkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qorakoʻlchilik klasteri subsidiya berilishini rad etish toʻgʻrisidagi xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlari uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Qorakoʻlchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlari uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(qorakoʻlchilik klasteri)

Subsidiya olishda talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni ariza bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga topshirish.

Yil davomida

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

1. Qorakoʻlchilik klasterlari tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa, ularni javob xati bilan qaytarish.

1 ish kuni ichida

2. Qorakoʻlchilik klasterlari tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, ularni oʻrganib chiqish.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

1. Oʻrganish natijasida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa haqida ariza beruvchiga xabar yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma berish.

Xulosa qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Respublika budjetidan tegishli subsidiya summasini Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish.

Buyurtmanoma qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

Qorakoʻlchilik klasterlarining hisobvaragʻiga tegishli subsidiya” summasini oʻtkazish.

Maxsus gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushgandan boshlab 1 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlari uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga _______________________dan
‎(qorakoʻlchilik klasteri nomi)

Ariza

_______________________________________________ (qorakoʻlchilik klasteri nomi) tomonidan ________ga. yaylovlarda yangidan tik va shaxtali quduqlar burgʻilandi, (qazildi) yoki rekonstruksiya qilindi, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurildi yoki rekonstruksiya qilindi.

___________________________________________ tomonidan (qorakoʻlchilik klasteri nomi) burgʻilangan, qazilgan yoki rekonstruksiya qilingan quduqlar, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan nasos stansiyalari uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan subsidiya berilishini koʻrib chiqishingizni va tegishli mablagʻlarni ______________________________ (tijorat bankining nomi) tijorat bankining ______________________________ (hududning nomi) filialidagi ________________________hisobvaragʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bajaruvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma;

qurilish (rekonstruksiya) smetasi;

resurs tejamkor uskunalar, suv koʻtarish lentasi yoki boshqa uskunalar sotib olinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari;

yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisida loyihalashtirish tashkilotining xulosa (ekspertiza xulosasi) nusxasi;

kooperatsiya orqali yaylov yerlaridan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan yaylov ijara shartnoma nusxasi.

_______________________ rahbari _________________________ (F.I.O.)

Bogʻlanish uchun telefon: (____)______________

____________________________________________________(imzo)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/368/0604-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)