Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2983-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 25-yanvardagi 4-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2983, 2018-yil 16-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2983/0908-son) bilan tasdiqlangan Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi va 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-iyun,
12-2022/B-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)