Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
“Kemalarni roʻyxatga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2595-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 167-son “Daryo transportida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 23-maydagi 95-son “Kemalarni roʻyxatga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2595, 2014-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 25-son, 311-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-iyun,
8-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
2022-yil 2-iyun
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmita raisi Sh. ShARAXMETOV
2022-yil 1-iyun
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmita raisi N. OBLOMURADOV
2022-yil 7-iyun
Suv xoʻjaligi vaziri S. XAMRAYEV
2022-yil 1-iyun
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2022-y., 10/22/2595-1/0547-son)