17.06.2022 yildagi 334-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining idoraviy mansubligidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tugatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining idoraviy mansubligidagi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining “Toʻpchoq” QFYdagi Jayraxona qishlogʻi hududida joylashgan 200 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — maktabgacha taʼlim tashkiloti) idoraviy mansubligidan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining “Toʻpchoq” QFYdagi, Jayraxona qishlogʻi hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga tegishli boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkilotining bino va inshootlari hamda moddiy-texnik bazasi (keyingi oʻrinlarda — obyekt) Maktabgacha taʼlim vazirligiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Maktabgacha taʼlim vazirligi obyektni topshirish-qabul qilish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi obyektdan samarali va maqsadli foydalanilishi hamda uning negizida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun zarur barcha qulaylik va shart-sharoitlarga ega maktabgacha taʼlim tashkilotining faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining idoraviy mansubligidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-oktabrdagi 632-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 09/22/334/0532-son)