Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIMMATBAHO METALLAR VA QIMMATBAHO TOSHLAR QOʻMITASI TARKIBIDAGI “FONON” ILMIY-ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASINING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallardan samarali foydalanish, jahon bozorida raqobatlashadigan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar yetkazib berishni koʻpaytirish hisobiga “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining eksport imkoniyatini oshirish, qimmatbaho metallar, toshlar va kristallarni qayta ishlash yuzasidan uning ilmiy-ishlab chiqarish imkoniyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasining “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi davlat korxonasi hisoblanadi va yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi, oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash hamda oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash prinsipida ishlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
zargarlik buyumlari bozorini oʻrganish yuzasidan marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
raqobatbardoshli zargarlik buyumlari va toshlar ishlab chiqarish, olmoslarga ishlov berish, kristallar yetishtirish;
zargarlik va oltin qazib olish sanoati uchun standart hamda etalon namunalar tayyorlash;
zargarlik sanoatida yagona ilmiy-texnika siyosatini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda kristallar sintezi va diagnostikasi texnologiyalarini rivojlantirish, asboblar va qurilmalar yaratish.
3. “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda Birlashma ustavini ishlab chiqsin va uni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Musodara qilingan va davlat foydasiga topshirilgan zargarlik buyumlaridan, qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar parchalaridan samarali foydalanish maqsadida;
Qimmatbaho metallar qoʻmitasi tomonidan ekspertizadan oʻtgan zargarlik buyumlarining, qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar parchalarining taʼmirlash va yangi zargarlik buyumlari tayyorlash uchun belgilangan tartibda “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga topshirilishiga;
Keyingi tahrirga qarang.
“Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
koʻrsatib oʻtilgan zargarlik buyumlarini, mablagʻlarni keyinchalik hukumatning tegishli qarorlarida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazish sharti bilan, tashqi va ichki bozorlarda sotishga;
badiiy jihatdan yuksak boʻlgan noyob zargarlik buyumlarini taʼmirlash, tayyorlash va Qimmatbaho metallar qoʻmitasi muzeyiga topshirishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi:
Burchmulladagi “Olmos” zavodini, uning “Suzana”, “Binokor” shoʻba korxonalari bilan birga, 1997-yil 1-oktabrdagi holatiga koʻra “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga balansdan balansga bersin;
Keyingi tahrirga qarang.
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga Uyushma faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga, uning tuzilmasiga aniqlik va Ustavga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Monokristallar va zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 6-maydagi 120-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 24-dekabr,
566-son