15.06.2022 yildagi PQ-281-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada parrandachilik sohasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarga yoʻnaltirish uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, parrandachilik xoʻjaliklarining ozuqaga boʻlgan talabini barqaror taʼminlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, sohaga keng aholi qatlamlarini jalb etish va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, tarmoqda ilmiy-texnik yondashuvlar va axborot texnologiyasidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Parrandasanoat” uyushmasining 2023-yil 1-apreldan boshlab parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqini faqatgina “my.vetgov.uz” saytida roʻyxatdan oʻtgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvchi parrandachilik xoʻjaliklariga berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar “my.vetgov.uz” saytini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik sohasidagi maʼlumotlarni tizimli tahlil qilish uchun soliq xizmati, statistika, bojxona, veterinariya organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik xoʻjaliklaridagi ota-onalar galasi, inkubatsion tuxumlar, bir kunlik joʻjalar, ozuqa yem zaxirasi, parrandachilik mahsulotlari (isteʼmol tuxumi), parranda goʻshti hamda boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishdan to oxirgi isteʼmolchiga sotish hajmlarining butun zanjiri boʻyicha kompleks hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik xoʻjaliklarining haqiqiy ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek, ozuqa yem mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji va subsidiyalar ajratish miqdorini aniqlash mezonlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq 2022-yil 1-sentabrga qadar “my.vetgov.uz” saytini bosqichma-bosqich takomillashtirish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi (Gʻaniyev, Qoʻchqorov) 2022-yil 1-noyabrga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan mezonlar boʻyicha tartibning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyundan boshlab Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan joylashtiriladigan 400 milliard soʻmgacha kredit resurslari hisobidan parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu kredit hisobidan tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini soʻndirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi maqsadlar uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kredit foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun 3 yilgacha “2+1” tamoyilida kompensatsiya hamda kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, inkubatsion tuxum, bir kunlik joʻja, ozuqa mahsulotlari va uning qoʻshimchalari, dori vositalari, qoʻshimcha komponentlar, bugʻdoy, makkajoʻxori, soya doni, soya va kungaboqar shrotini zaxira qilishga aylanma mablagʻlarni toʻldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht yetishtirish yoʻnalishidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion sexlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologik asbob-uskunalarini, shuningdek, maxsus texnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari boʻyicha kredit mablagʻlari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, asosiy poda (gala)ni shakllantirish, shu jumladan inkubatsion tuxum, joʻjalar (final gibrid), ona tovuqlar va ota-ona galasini xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlar uchun kreditlar investitsiya loyihasini moliyalashtirish sifatida uzoq muddatga ajratilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan maqsadli mablagʻlarning 1-bosqichidan qaytgan qismi ushbu qarorning 4-bandi “a” kichik bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maqsadlarga “b” kichik bandida belgilangan muddatlarda kredit ajratish uchun yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltirilgan miqdoridagi mablagʻlarini qaytarish muddati 7 yildan 10 yilgacha 5 yillik imtiyozli davr bilan uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4015-son hamda 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qarorlariga asosan parrandachilik mahsulotlari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga ularning mavjud quvvatlarini toʻliq ishga tushirish, shu jumladan modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, ozuqa mahsulotlari zaxirasini tashkil etish va aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish uchun mazkur qaror qabul qilingunga qadar ajratilgan kreditlarning qaytarish muddatini tadbirkorlarning arizalariga koʻra hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi takliflariga asosan oʻn yilgacha uzaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari parrandachilik va omuxta yem mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning qaytarish muddatlarini qarzdorlarning arizalariga asosan ularning moliyaviy holati va pul oqimlari prognozi tahlilidan kelib chiqib qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi bir oy muddatda “Parrandasanoat” uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tarmoq korxonalariga xizmatlar koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, sohaga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, xodimlarni ijtimoiy ragʻbatlantirish, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023-yilning avgust — dekabr oylarida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada 10 milliard soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga 2022-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar davrda parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya miqdori 12 ming soʻm etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan subsidiya toʻlovlari boʻyicha moliyaviy resurslar ajratilishini, shu jumladan respublika budjetining parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublikasi va boshqa davlatlardagi bugʻdoy va makkajoʻxori doni, soya va kungaboqar shroti ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni birja savdolariga jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Parrandasanoat” uyushmasi xorijiy kompaniyalar tomonidan birja savdolariga yem mahsulotlari talabni qondiradigan hajmlarda qoʻyilishini taʼminlash maqsadida parrandachilik korxonalarini birja savdolariga jalb qilish choralarini koʻrsin hamda ularning bugʻdoy, makkajoʻxori doni, soya va kungaboqar shroti mahsulotlariga boʻlgan talabini korxonalar kesimida har oy birjaga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AJ, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ kalendar yilning yanvar — iyun, dekabr oylarida har oyda kamida 30 ming tonna donni sotish uchun birja savdolariga chiqarish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi 2022-yil 1-sentabrga qadar respublikada faoliyat koʻrsatayotgan har bir yirik parrandachilik xoʻjaliklarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha muammolarini, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va tannarxini oʻrgansin hamda hududlarda tuxum yoʻnalishida amalga oshiriladigan loyihalarning samaradorligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S. Xolxoʻjayev parrandachilikni mahallalar kesimida rivojlantirish va sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal qilish uchun masʼul etib belgilansin va sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oʻn besh kunda Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar 1-ilovaga muvofiq parranda mahsulotlari yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini bajarish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parranda goʻshti ishlab chiqarish hajmlarini yil yakuniga qadar kamida 35 foizga oshirib, 600 ming tonnaga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B. Norqobilov va “Parrandasanoat” uyushmasi raisi B. Isayev zimmasiga qarorning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini taʼminlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashiga takliflar kiritib borish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini taʼminlashga masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va D.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-281-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-281-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda parranda goʻshti yetishtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tonna

T/r

Hududlar nomi

Broyler goʻsht

Boshqa turdagi parranda goʻshti

Jami parranda goʻshti

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

19,8

3,2

23,0

2.

Andijon viloyati

35,5

6,5

42,0

3.

Buxoro viloyati

22,5

4,5

27,0

4.

Jizzax viloyati

26,4

3,6

30,0

5.

Qashqadaryo viloyati

25,4

4,6

30,0

6.

Navoiy viloyati

11,8

3,2

15,0

7.

Namangan viloyati

36,4

5,6

42,0

8.

Samarqand viloyati

127,0

12,0

139,0

9.

Surxondaryo viloyati

10,3

4,7

15,0

10.

Sirdaryo viloyati

36,4

1,6

38,0

11.

Toshkent viloyati

110,0

13,0

123,0

12.

Fargʻona viloyati

54,1

4,9

59,0

13.

Xorazm viloyati

12,6

4,4

17,0

Jami:

528,1

71,9

600,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-281-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-bandning “a” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur mablagʻlarning 70 million AQSH dollari ekvivalentidagi qismi tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasida kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATBga 10 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punktdan past foiz stavkada ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-band “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“parrandachilik xoʻjaliklari va omuxta yem ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, inkubatsion tuxum, bir kunlik joʻja, ozuqa mahsulotlari va uning qoʻshimchalari, dori vositalari, qoʻshimcha komponentlar, bugʻdoy, makkajoʻxori, soya doni, soya va kungaboqar shrotini zaxira qilishga aylanma mablagʻlarni toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht yetishtirish yoʻnalishidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion sexlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologik asbob-uskunalari, shuningdek, maxsus texnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/281/0526-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)