13.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3371
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining qarori, 13.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3371
Кучга кириш санаси
13.06.2022
Hujjat 04.12.2025 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining

Qarori
Qarori
Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga fuqarolarni qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3371]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4962-son “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band boʻlmagan aholini oʻqitishni tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qurilish vazirligi va Transport vazirligi qaror qiladi:

1. Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga fuqarolarni qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2022-yil 4-iyun,
2022-yil 4-iyun,
19-son
19-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOSHKULOV
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOSHKULOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2022-yil 2-iyun,
2022-yil 2-iyun,
11-2022-son
11-2022-son
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2022-yil 3-iyun,
2022-yil 3-iyun,
6-son
6-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2022-yil 2-iyun,
2022-yil 2-iyun,
5-Q/Q-son
5-Q/Q-son
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2022-yil 2-iyun,
2022-yil 2-iyun,
2-son
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 4-iyundagi 19-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 2-iyundagi 5-Q/Q-son, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 2-iyundagi 11-2022-son, Qurilish vazirligining 2022-yil 2-iyundagi 2-son, Transport vazirligining 2022-yil 3-iyundagi 06-son qaroriga
ILOVA

Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga fuqarolarni qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi

NIZOM
NIZOM
Mazkur Nizom Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga (bundan buyon matnda Markazlar deb yuritiladi) fuqarolarni qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Markazlarga muddatli harbiy xizmatdan va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan shaxslar hamda mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz va band boʻlmagan fuqarolar (bundan buyon matnda talabgorlar deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilinadi.

2. Markazlarga talabgorlarni oʻqishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov yakka tartibdagi suhbat shaklida oʻtkaziladi.

3. Talabgorlar tanlovda tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (bundan buyon matnda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi deb yuritiladi) tomonidan berilgan yoʻllanma asosida ishtirok etadi.

2-bob. Markazda oʻqish istagini bildirgan talabgorlar roʻyxatini shakllantirish

4. Talabgorlar tanlovga yoʻllanma olish uchun yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga ariza bilan murojaat qiladi.

Bunda, ariza Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining masʼul xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining mehnat organlariga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun moʻljallangan “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritiladi.

5. Ariza Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi hamda talabgorga Markazga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi yoʻllanma beriladi.

Bunda, talabgor mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan fuqarolar toifasiga kirmasa, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan yoʻllanma berish rad etiladi.

Yoʻllanma berish rad etilganda, murojaat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan asoslantirilgan tushuntirish bilan talabgorga qaytariladi.

3-bob. Markazda oʻqishga qabul qilishni tashkil etish

6. Markazlarga oʻqishga qabul boʻyicha har yillik qabul parametrlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asoslantirilgan buyurtmanomalariga binoan shakllantiriladi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

7. Qabul parametrlarida Markazda oʻqish boshlanadigan kun, yoʻnalishlar boʻyicha qabul kvotasi koʻrsatiladi.

8. Markaz tomonidan navbatdagi oʻquv kurslari boshlanishidan kamida ellik kun oldin ommaviy axborot vositalarida hamda Markaz tashkil etilgan kasbiy taʼlim tashkilotining (bundan buyon matnda kasbiy taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) rasmiy veb-saytida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan eʼlon beriladi:

oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinadigan vaqt;

oʻqitish va tayyorlash yoʻnalishlari roʻyxati;

Markazning manzili va murojaat uchun telefon raqamlari.

9. Markazga qabul jarayonini tashkil etish uchun kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan kamida uch kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.

Bunda, Markaz boshligʻi ishchi guruh rahbari hisoblanadi.

10. Quyidagilar ishchi guruhning vazifalari hisoblanadi:

talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish;

suhbat oʻtkazish jadvallarini tuzish va tasdiqlash;

qabul va suhbat oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni tashkillashtirish;

talabgorlar uchun maslahatlar tashkil etish.

11. Markazga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish eʼlon berilgan kundan boshlab bir oy davom etadi.

12. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan yoʻllanma berilgan talabgor tanlovda ishtirok etish uchun tegishli kasbiy taʼlim tashkilotiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.

Bunda, arizaga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan berilgan yoʻllanma ilova qilinadi.

Talabgorlardan mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

13. Hujjatlarni topshirgan talabgorga ishchi guruh aʼzosi tomonidan hujjatlarning qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi.

4-bob. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish

14. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish uchun kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan kamida besh kishidan iborat quyidagi tarkibda Tanlov komissiyasi tuziladi:

komissiya raisi — kasbiy taʼlim tashkiloti direktori (u boʻlmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs);

komissiya kotibi — Markazning kadrlar boʻyicha inspektori;

komissiya aʼzolari — tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vakili, shuningdek Markazning masʼul xodimlari;

Ishchi guruh tarkibiga kiritilgan shaxslarning Tanlov komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

15. Tanlov komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

16. Yakka tartibdagi suhbat navbatdagi oʻquv kurslari boshlanishidan oʻn besh kun oldin boshlanadi va har bir yoʻnalish boʻyicha alohida oʻtkaziladi.

Bunda, yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvali kasbiy taʼlim tashkilotining eʼlonlar taxtasi va rasmiy veb-saytida suhbat boshlanishidan kamida besh kun oldin joylashtiriladi.

17. Talabgorlar yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladigan xonaga navbat bilan, biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini koʻrsatgan holda kiritiladi.

18. Talabgorlarning yakka tartibdagi suhbatga telefon va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi hamda ulardan foydalanishi taqiqlanadi.

19. Yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan oldin talabgorlarga Tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan suhbat oʻtkazish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.

20. Yakka tartibdagi suhbat ogʻzaki shaklda Tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan talabgorga beriladigan savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi.

21. Tanlovda talabgorlarga beriladigan savollar roʻyxati Tanlov komissiyasi tomonidan quyidagi toʻrtta yoʻnalishlar boʻyicha shakllantiriladi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi:

qurilish sohasidagi umumiy tushunchalar;

umumiy dunyoqarashning shakllanganligi;
umumiy dunyoqarashning shakllanganligi;
shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (oʻqishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat);

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan shaxslarning ular bormoqchi boʻlgan davlatning tili, tarixi, anʼanalari, urf-odatlari va qonunchiligi boʻyicha bazaviy tushunchalar.

Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida Tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan talabgorga yuqoridagi har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan jami toʻrtta savol beriladi.

22. Yakka tartibdagi suhbat shaffof oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida suhbat jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi.

23. Bitta talabgor bilan yakka tartibdagi suhbat 30 daqiqagacha davom etishi mumkin.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Bunda, mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan har bir yoʻnalish boʻyicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi.

24. Yakka tartibdagi suhbat natijalari quyidagi mezonlar asosida baholanadi hamda toʻplangan ballar umumlashtiriladi:

talabgor toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — “15”dan “25” ballgacha;

talabgor mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “10”dan “14” ballgacha;

talabgor mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “5”dan “9” ballgacha;

talabgor bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — “1”dan “4” ballgacha;

talabgor bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — “0” ball qoʻyiladi.

25. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini aniqlash uchun Tanlov komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil holda baholash varaqasini toʻldiradi va uni Tanlov komissiyasi kotibiga taqdim etadi.

Tanlov komissiyasi kotibi komissiya aʼzolari tomonidan talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi boʻyicha talabgorga qoʻyilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi.

Tanlov komissiyasi bayonnomasida talabgorlar roʻyxati kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan talabgordan boshlab joylashtiriladi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan talabgorlar tegishli qabul parametrlari doirasida Markazda oʻqishga tavsiya etiladi.

26. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalari Tanlov komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.

27. Yakka tartibdagi suhbat natijalari barcha yoʻnalishlar uchun suhbat yakunlangan kundan boshlab ikki ish kuni ichida tegishli kasbiy taʼlim tashkilotining eʼlonlar taxtasi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

28. Oʻqishga tavsiya etilgan talabgorlar bilan kasbiy taʼlim tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuziladi va ularni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi qabul qilinadi.

29. Yakka tartibdagi suhbat natijalari yuzasidan talabgorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Markaz tashkil etilgan kasbiy taʼlim tashkiloti tizimida boʻlgan vazirlik rahbarining buyrugʻi bilan mazkur vazirlikning hududiy boshqarmasida kamida besh kishidan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli vazirlikning hududiy boshqarmalari xodimlaridan vakillar hamda sohaga oid malakali mutaxassislar kiritiladi.

Ishchi guruh va Tanlov komissiyasi tarkibiga kiritilgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

30. Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi boʻlgan talabgor suhbat natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta muddat ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

31. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellyatsiya shikoyatini u kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati bergan talabgor ishtirokida koʻrib chiqadi.

32. Talabgorning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:

eʼtiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish va tanlov natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;

eʼtiroz asosli boʻlsa, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish va tanlov natijalariga oʻzgartirish kiritish.

33. Apellyatsiya komissiyasining yigʻilishlarida koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.

5-bob. Markazda tahsil oluvchilarni oʻqitish

34. Markazda oʻqitish kunduzgi oʻqish shaklida amalga oshiriladi.

35. Markazlarda qurilish sohasidagi kasblar boʻyicha oʻqitish xalqaro (jumladan “World Skills”) standartlarga muvofiq hamda potensial xorijiy ish beruvchilarning talablarini hisobga olgan holda, xorijiy tillar boʻyicha — yetakchi mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Bunda, har bir yoʻnalish boʻyicha oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

36. Tahsil oluvchilar quyidagi hollarda oʻqishdan chetlatiladi:

Markaz ichki tartib qoidalarini uch marta buzganda;

uzrli sabablarsiz (tasdiqlovchi maʼlumotnomalar boʻlganda, tahsil oluvchining sogʻligʻi holatining yomonlashganligi uzrli sabab deb topiladi) 36 soatdan ortiq dars qoldirganda;

tahsil oluvchiga nisbatan sudning ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlash toʻgʻrisidagi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

oʻz xohishiga binoan.
oʻz xohishiga binoan.
6-bob. Malakaviy imtihonni oʻtkazish
6-bob. Malakaviy imtihonni oʻtkazish
37. Tahsil oluvchilarning oʻqish jarayonida egallagan bilimini va oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida oʻquv dasturi yakunlangandan soʻng oʻn kun ichida malakaviy imtihon oʻtkaziladi.

38. Tegishli kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan malakaviy imtihonni oʻtkazish boʻyicha Malakaviy imtihon komissiyasi tuziladi.

39. Malakaviy imtihon komissiyasiga Markaz boshligʻi (u boʻlmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) raislik qiladi.

40. Malakaviy imtihon komissiyasiga har bir yoʻnalish boʻyicha Markazning oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, shuningdek tegishli hududdagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining masʼul xodimlari kiritiladi.

41. Malakaviy imtihon nazariy savol va amaliy topshiriq shaklida oʻtkaziladi. Bunda imtihon biletida bitta nazariy savol va ikkita amaliy topshiriq beriladi.

Imtihon savollari va amaliy topshiriqlar oʻquv dasturi doirasida tuziladi.

Malakaviy imtihon savollari va amaliy topshiriqlari malakaviy imtihon boshlanishidan bir oy oldin kasbiy taʼlim tashkilotining eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyish orqali oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.

42. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha malakaviy imtihonni oʻtkazish jadvali imtihon boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin Markaz boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.

43. Tahsil oluvchi nazariy savollarga bergan javoblariga qarab, quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:

tahsil oluvchi toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini toʻliq tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — “5” ball;

tahsil oluvchi mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “4” ball;

tahsil oluvchi mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “3” ball;

tahsil oluvchi bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — “2” ball.

44. Tahsil oluvchining amaliy topshiriqni bajarishi quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:

tahsil oluvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq, mustaqil hamda amaliy metodik qoʻllanmalardan foydalanmasdan bajardi deb topilganda — “5” ball;

tahsil oluvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq, mustaqil bajardi, biroq tegishli amaliy metodik qoʻllanmalardan foydalandi deb topilganda — “4” ball;

tahsil oluvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq bajardi, biroq tegishli metodik qoʻllanmalardan hamda ishlab chiqarish taʼlim ustasining ogʻzaki maslahatidan foydalandi deb topilganda — “3” ball;

tahsil oluvchi tegishli metodik qoʻllanmalardan hamda ustaning ogʻzaki maslahatidan foydalangan holda topshiriqni toʻgʻri va toʻliq bajara olmagan deb topilganda — “2” ball.

45. Tahsil oluvchi tomonidan nazariy savolga javob berilgandan hamda amaliy topshiriq bajarilgandan soʻng, Malakaviy imtihon komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan mustaqil baholanadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, tahsil oluvchiga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.

46. Malakaviy imtihon natijalari imtihon yakunlangan kunning oʻzida tahsil oluvchilarga eʼlon qilinadi.

47. Oʻrtacha arifmetik balli “3” balldan kam boʻlgan tahsil oluvchi malakaviy imtihondan oʻtmagan hisoblanadi.

48. Malakaviy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan (oʻrtacha arifmetik balli “3” va undan yuqori boʻlgan) tahsil oluvchilarga Malakaviy imtihon komissiyasi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan sertifikat beriladi.

49. Malakaviy imtihondan oʻtolmagan tahsil oluvchilarga Malakaviy imtihon komissiyasi qaroriga asosan imtihonni ikki marta qayta topshirish imkoniyati beriladi.

Malakaviy imtihonni qayta topshirishi lozim boʻlgan tahsil oluvchilar roʻyxati, qayta topshirish kuni va vaqti Malakaviy imtihon komissiyasi qarorida koʻrsatiladi.

50. Malakaviy imtihonni ikki marta qayta topshirishda ham qoniqarsiz natija koʻrsatgan tahsil oluvchiga sertifikat berilmaydi.

Bunda, Markaz tomonidan ushbu tahsil oluvchilar Markazda tahsil olganligi toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga maʼlumotnoma taqdim etiladi.

51. Malakaviy imtihon natijasidan norozi boʻlgan tahsil oluvchilar kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tuziladigan Apellyatsiya komissiyasiga malaka imtihoni natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta muddat ichida apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

52. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Malakaviy imtihon komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.

53. Apellyatsiya shikoyati Apellyatsiya komissiyasi tomonidan bir ish kunida tahsil oluvchining ishtirokida koʻrib chiqiladi.

54. Tahsil oluvchining eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:

eʼtiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish va malakaviy imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;

eʼtiroz asosli boʻlsa, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish hamda tahsil oluvchiga sertifikat rasmiylashtirish uchun Malakaviy imtihon komissiyasiga tegishli xulosasini yuborish.

55. Apellyatsiya komissiyasining yigʻilishlarida koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.

7-bob. Yakuniy qoida
7-bob. Yakuniy qoida
56. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.

Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga fuqarolarni qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

‎‎Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markaziga oʻqishga qabul qilish boʻyicha
‎ARIZA ‎

‎‎________________________________________
‎(kasbiy taʼlim tashkilotining nomi)
‎‎direktori _____________________________ ga _______________________________________ (yashash manzili)
‎_______________________________ da yashovchi

‎‎_________________________________________________________________________________________dan
‎ (ariza beruvchining F.I.O. toʻliq yoziladi)

‎‎‎ARIZA
‎‎

‎‎Meni ___________________________________________________________________________kasb yoʻnalishi
‎ (kasb nomi)

boʻyicha_____________________________________________________________________________ qurilish
‎(Markaz joylashgan hudud)

‎‎sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markaziga oʻqishga qabul qilishingizni soʻrayman.
‎‎Maʼlumoti ________________‎___ ,

‎‎______________________________________________

‎‎(oʻrta, oʻrta maxsus, oliy)

‎‎(tugatgan taʼlim muassasasi nomi)

‎‎_______________________________________________________________ ni __________ yilda tugatganman.
‎‎Yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladigan til ____________________ ______________________________________
‎‎Tugʻilgan vaqti va joyi: ___________ yil “________” _______________________________________________
____________________________________________________________________________________________
‎Roʻyxatdan oʻtgan yashash manzili:
‎___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________

‎‎(biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi boʻyicha yashash joyi (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, koʻcha xonadon raqami) toʻliq koʻrsatiladi)

‎‎Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari:
‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)‎

‎‎Bogʻlanish uchun telefon:
‎_____________________________________________________________________.

‎‎_____________________________________________ (ariza beruvchi shaxsning F.I.O.)

‎‎_________________ (imzo)

‎‎20_________ yil “_________”
(ariza topshirilgan sana)