10.06.2022 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.04.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzumchilik, bogʻdorchilik, issiqxona xoʻjaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga muvofiq uzumchilik, bogʻdorchilik, issiqxona xoʻjaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qarori 12-bandiga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ajratilgan mablagʻlar hisobidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy qilingan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi uchun bazaviy hisoblash miqdorini sifatlilik darajasi asosida belgilanadigan koeffitsiyentga koʻpaytirgan holda (bazaviy hisoblash miqdori har bir gektar mevali ekinlar hamda uzum uchun 8 mln soʻm qilib belgilanadi);
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratilayotgan har 10 gektar maydondagi uzum va mevali bogʻlar plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tegishli dalolatnomasiga asosan;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam boʻlmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda uzum va mevali bogʻlar plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan taʼminlash uskunalarini sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona tok koʻchati va payvandtagli tok koʻchati uchun 5 ming soʻm miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzum koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Oʻ. Umurzakov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 14, 15-bandlari, 5, 6-boblar, shuningdek unga 1, 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomi “(pakana va yarim pakana)” soʻzlaridan keyin “xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yangi intensiv bogʻ, xoʻraki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi orqali respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan subsidiya ajratiladi;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilova (Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizom)da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “(pakana va yarim pakana)” soʻzlaridan keyin “xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(pakana va yarim pakana)” soʻzlaridan keyin “xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bir qismini qoplash,” soʻzlaridan keyin “shartnoma shartlarini monitoring qilish hamda berilgan subsidiyani qaytarish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Subsidiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi intensiv bogʻ, xoʻraki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi) qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi)ning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi) tomonidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, subsidiyalar proporsional tarzda koʻchat va payvandtag turiga qarab tegishli Jamgʻarma tomonidan beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan koʻchatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv meva koʻchatiga — 8 000 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv meva payvandtagiga — 2 500 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tok koʻchatiga — 5 000 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tok payvandtagiga — 5 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun har bir dona koʻchatga beriladigan subsidiya miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga mevali koʻchat turi uchun belgilangan koeffitsiyentni koʻpaytirish yoʻli bilan quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Nomlanishi

Koʻchat turlari boʻyicha koeffitsiyentlar

tok koʻchatlari

urugʻli mevalar

danakli mevalar

yongʻoq mevalar

Koʻchatlar va payvandtaglar

1,00

0,50

0,75

1,00

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-banddagi “Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda” soʻzlari “Koʻchatlar va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda” soʻzlari “koʻchatlar va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi paragraf nomidan, 8 va 10-bandlardan, 28 va 34-bandlardan “intensiv” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Loyiha tashabbuskori koʻchatlar sotib olishga subsidiya olish uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi va koʻchat yetkazib beruvchi koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida uch tomonlama shartnomani tuzish uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilib, elektron imzo bilan tasdiqlangan arizani elektron pochta orqali yuboradi:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12, 15, 20, 21, 23, 24-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tegishligiga koʻra, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentliklar) loyiha tashabbuskoriga koʻchatlarni sotib olish uchun beriladigan buyurtmaga avans toʻlovi sifatida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-banddagi, 22-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 32-banddagi “Agentlik” soʻzlari “Agentliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. Agentlik qabul qilgan qaror toʻgʻrisida loyiha tashabbuskorini uch ish kun mobaynida yozma (elektron) ravishda xabardor qiladi va oʻn besh ish kunida loyiha tashabbuskori va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida koʻchatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya ajratib berish boʻyicha uch tomonlama shartnoma imzolanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Koʻchatchilik xoʻjaligi loyiha tashabbuskoriga yetkazib berilayotgan koʻchatlar uchun Jamgʻarmalar tomonidan moliyalashtirilgan mablagʻlarni mos ravishda har bir koʻchat narxidan chegirib qoladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Agentlikka” soʻzi “Agentliklarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidan “intensiv” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-banddagi “Agentlik” va “Jamgʻarma” soʻzlari tegishlicha “Agentliklar” va “Jamgʻarmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-banddagi “Jamgʻarma” soʻzi “Jamgʻarmalar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob nomidagi “intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda” soʻzlari “koʻchatlar va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-banddagi “Agentlik” va “Agentlikning” soʻzlari tegishlicha “Agentliklar” va “Agentliklarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-banddagi “Agentlikning” soʻzi “Agentliklarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova (Respublikada intensiv bogʻlarda mevali daraxt va uzum koʻchatlarini ekish sxemasining shartlari) “Meva turi” ustuni 12-pozitsiyasidan “(xoʻraki va kishmishbop)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilova (Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish sxemasi) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana), xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari

Plantatsiya asosida barpo etiladigan bogʻ va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining koʻchatlar turi, navi va soniga boʻlgan talabni aniqlash maqsadida intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi.

Har yili 1-noyabrga qadar

Shakllantirilgan manzilli roʻyxatni Agentliklarga taqdim etadi.

10 ish kunida

2-bosqich

Agentliklar

Taqdim etilgan manzilli roʻyxat asosida “in-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklarining koʻchatlar yetkazib berish imkoniyatini oʻrganib, olingan maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskorlariga yetkazadi.

10 ish kunida

3-bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Subsidiya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Agentliklarga hujjatlarni elektron shaklda taqdim qiladi.

Tashabbus koʻrsatish tartibida

4-bosqich

Agentliklar

Loyiha tashabbuskorlari va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida koʻchatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya mablagʻlarini ajratib berish boʻyicha uch tomonlama shartnomani imzolaydi.

15 ish kunida

5-bosqich

Agentliklar

Shartnoma imzolangandan soʻng Agentliklar koʻchatlar yetkazib berish uchun koʻchatchilik xoʻjaliklariga shartnomada belgilangan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

Mablagʻlar koʻchatchilik xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626-maxsus hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Jamgʻarmalar hisobraqamida mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda bir oy muddatda, aks holda uzogʻi bilan olti oydan oshmagan muddatda

6-bosqich

Agentliklar

Loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik xoʻjaligi ishtirokida subsidiya olgan koʻchatchilik xoʻjaligi dalasiga va “in-vitro” laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring oʻtkazadi.

Monitoring yakunlari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan parametrlarning bajarilish holati va koʻchatlar yetishtirish standartlariga mosligi toʻgʻrisidagi uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Monitoring davomida shartnoma shartlari bajarilmagani aniqlangan taqdirda, oʻtkazib berilgan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan yozma ravishda talabnoma yuboradi.

Har chorak yakuni boʻyicha

7-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Mablagʻlarni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.

Talabnomani olgan kundan 1 oy mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovadan “intensiv (pakana va yarim pakana)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilova nomidan “(xoʻraki va kishmishbop)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son; 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son; 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)