1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakilligiga nomzodni yoki patent vakilini malaka imtihonidan oʻtkazish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish yoki attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakillarini Patent vakillari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, patent vakillari toʻgʻrisida maʼlumotlarni vakolatli organning rasmiy axborotnomasi va veb-saytida eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarni koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament patent vakilligiga nomzodlarni (keyingi oʻrinlarda — nomzod) attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatidan foydalanish uchun Vazirlikka murojaat etish va davlat xizmatini koʻrsatish ushbu Reglament talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Patent vakilligiga nomzodning attestatsiyasi patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Patent vakili attestatsiyasi patent vakillarining kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakillari attestatsiyasi har besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Patent vakiliga patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma (keyingi oʻrinlarda ‒ guvohnoma) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nomzod uni patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida Vazirlikka YIDXPda mazkur Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani toʻldirish orqali murojaat qiladi va oʻz xohishiga koʻra arizasiga malakasini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodning oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud boʻlmaganda ushbu diplom nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Patent vakili uni attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida Vazirlikka YIDXPda mazkur Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani toʻldirish orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin murojaat etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza shakli toʻldirilganidan soʻng nomzod yoki patent vakili maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun YIDXP orqali ariza shakllantirilgan sanadan boshlab uch oy davomida mazkur Reglamentning 4-ilovasida belgilangan miqdordagi toʻlovlar amalga oshiriladi va toʻlov amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha YIDXP orqali murojaat etilganligi uchun belgilangan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Vazirlikning Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — YIDXPdan foydalanganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Vazirlikning Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida nomzod yoki patent vakiliga avtomatik ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nomzod yoki patent vakilini attestatsiyasi malaka imtihoni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihoni jarayoni ovozli videotasvirga tushiriladi, shuningdek Vazirlikning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod va patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Vazirlik tomonidan malaka komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nomzod yoki patent vakilini malaka imtihoniga qoʻyish yoki malaka imtihoniga qoʻyishni rad etish haqida qaror malaka komissiyasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoniga qoʻyilganligi yoki malaka imtihoniga qoʻyish rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi holatlarda nomzod yoki patent vakilini malaka imtihoniga qoʻyish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimi boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizaga notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan, shu jumladan imtihondan chetlashtirilgan nomzod yoki patent vakili imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy oʻtmasdan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentning 9 — 12-bandlarida belgilangan talablarga rioya etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tomonidan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda nomzod yoki patent vakiliga oʻn ish kuni ichida xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod yoki patent vakilini boshqa asoslar boʻyicha malaka imtihoniga qoʻyish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka imtihoniga qoʻyish rad etilganda nomzod yoki patent vakili attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblanadi. Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun toʻlangan toʻlov qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Malaka imtihoni nomzod yoki patent vakilini imtihonga qoʻyilgani haqida bildirishnoma yoʻllangan sanadan eʼtiboran ikki oydan oshmagan muddatda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoni oʻtish joyi, sanasi va vaqti haqida imtihon oʻtadigan sanadan oʻn kalendar kunidan kam boʻlmagan muddatda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nomzod yoki patent vakili imtihon topshirishda pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nomzod yoki patent vakili malaka imtihoni davomida intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun Vazirlik tomonidan tasdiqlangan dasturga mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari sohasida zarur bilimlarga ega ekanligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka imtihoni savollari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

sanoat mulkiga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi;

sanoat mulki sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

Malaka komissiyasi tomonidan tasdiqlangan savollar Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka imtihoni savollarini shakllantirishda sanoat mulkiga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda sanoat mulki sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoʻnalishlaridagi savollar nomzod arizasida kelgusidagi faoliyati uchun koʻrsatilgan ixtisoslikka yoki patent vakilining ixtisosligiga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ayrim ixtisosliklarga bevosita taalluqli Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mavjud boʻlmasa, tegishli savollar Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga (1883 y.) mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq ixtisoslik boʻyicha suhbatdan oʻtadigan nomzod yoki patent vakiliga har bir qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha yana 1 tadan qoʻshimcha savol beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Patent vakillarining ixtisosligi quyidagi intellektual mulk obyektlari boʻyicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro va foydali modellar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutuqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integral mikrosxemalar topologiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Malaka imtihoni suhbat shaklida oʻtkaziladi va natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nomzod yoki patent vakiliga savollarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod yoki patent vakiliga ikki va undan ortiq ixtisoslik boʻyicha savollarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun har bir qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha savol uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka imtihonini oʻtkazish jarayonida nomzod yoki patent vakiliga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, kompyuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalarni olib kirish yoki foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa nomzod yoki patent vakillari bilan suhbatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon tugamasdan malaka komissiyasi aʼzolarining ruxsatisiz va nazoratisiz xonadan tashqariga chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod yoki patent vakilining mazkur qoidalarga amal qilmasligi uni imtihondan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirilgan nomzod yoki patent vakili attestatsiyadan oʻtmagan deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tayyorgarlik koʻrish uchun berilgan vaqt tugagandan soʻng nomzod yoki patent vakili oʻziga berilgan savollar boʻyicha malaka komissiyasiga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida qoʻshimcha savollar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod yoki patent vakili savollarga javob berib boʻlganidan soʻng, unga xonadan chiqishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Malaka komissiyasi suhbat natijasiga koʻra nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish yoki attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod yoki patent vakili ikki va undan ortiq ixtisoslik boʻyicha imtihon topshirgan taqdirda barcha ixtisosliklarning umumiy suhbat natijasi yuzasidan yagona qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Malaka komissiyasi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqami va qabul qilingan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etgan komissiya aʼzolari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazilgan yoki attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan nomzodlar yoki patent vakillarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiya qarori ustidan shikoyat qilish huquqining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror malaka imtihoni oʻtkazilgan kunning oʻzida imtihonda ishtirok etgan nomzod yoki patent vakillariga oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi qarori ikki nusxada tuziladi. Qarorning bir nusxasi malaka imtihoni oʻtkazish jarayoni tushirilgan ovozli videotasvir saqlash qurilmalari bilan birga attestatsiyadan oʻtkazishga oid hujjatlar yigʻma jildiga tikiladi, ikkinchi nusxasi esa bir ish kuni ichida nomzod yoki patent vakiliga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihoni oʻtkazish jarayoni qayd etilgan ovozli videotasvir Vazirlik tomonidan bir yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Reglament talablariga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan, shu jumladan imtihondan chetlashtirilgan nomzod yoki patent vakili malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan olti oy oʻtgandan soʻng malaka imtihonida qayta ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nomzod yoki patent vakillari tomonidan malaka komissiyasi qarori ustidan apellatsiya komissiyasiga shikoyat etish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Attestatsiyadan oʻtkazilgan nomzod yoki patent vakili haqidagi maʼlumotlar Vazirlik tomonidan bir ish kuni ichida Patent vakillari davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritiladi hamda ularga mazkur Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shaklda QR-kod qoʻyilgan guvohnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilish muddati — besh yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Muayyan ixtisoslik boʻyicha attestatsiyadan oʻtgan patent vakili guvohnomaning amal qilish davrida qoʻshimcha ixtisoslik olish uchun Vazirlikka ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda patent vakilini qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazish ushbu Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda mazkur Reglamentning 6-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish muddatini hisoblash yangidan boshlanadi va patent vakiliga yangi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Reyestrdagi qayd quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxat raqami (ushbu raqam guvohnomaga ham qoʻyiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakilining doimiy turar joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasi qarori raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakilining faoliyat ixtisosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakilining yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozishmalar uchun manzil (Oʻzbekiston Respublikasi hududida), shuningdek telefon raqami hamda elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakili roʻyxatdan oʻtkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berilgan yoki joʻnatilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan guvohnomaning amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakilining attestatsiyadan oʻtgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakilining reyestrdan oʻchirilgan sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilining murojaatiga koʻra reyestrdagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. Bunda toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan oʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtmagan yoxud reyestrdan oʻchirilgan shaxsning oʻz faoliyatida patent vakili maqomidan foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Patent vakillari toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Patent vakilining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar u reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng avtomatik tarzda Vazirlikning rasmiy axborotnomasi va veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vazirlikning rasmiy axborotnomasi va veb-saytida patent vakili toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma roʻyxat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatadigan faoliyat ixtisosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozishmalar uchun manzil (Oʻzbekiston Respublikasi hududida), shuningdek telefon raqami hamda elektron pochta manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vazirlik rasmiy axborotnomasi va veb-saytida, shuningdek patent vakillarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan patent vakillari faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan chora-tadbirlar, patent vakili reyestrdan oʻchirilganligi haqida va boshqa maʼlumotlarni eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Davlat xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha yozishmalar (soʻrovnoma, bildirishnoma va xabarnomalar), shuningdek attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar elektron shaklda YIDXP orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Nomzod yoki patent vakilining xohishiga koʻra YIDXP tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishning har bir bosqichi toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nomzod yoki patent vakili davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod yoki patent vakili davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganida uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(oliy maʼlumotli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza topshirish.
Zaruratga koʻra arizaga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi va malakasini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ilova qilish.
Xohishiga koʻra
(patent vakili uchun har besh yilda kamida bir marta)
2-bosqich
Nomzod yoki patent vakili
(oliy maʼlumotli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)
Ariza topshirish uchun BHMning 4 baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirish (toʻlov summasining 90 foizi undiriladi).
Ariza shakllantirilgan sanadan boshlab uch oy davomida
3-bosqich
Adliya vazirligi
Arizani qabul qilish.
Ariza raqami va sanasini nomzod yoki patent vakiliga yuborish.
Avtomatik tarzda
4-bosqich
Adliya vazirligi
Nomzod va patent vakilini attestatsiya (malaka imtihoni)dan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining eng malakali va tajribali xodimlari, advokatlar, olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda malaka komissiyasi tuzish.
Ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni davomida
5-bosqich
Adliya vazirligi
Ariza va unga ilovaga qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish.
Natijasi boʻyicha nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoniga qoʻyilganligi yoxud malaka imtihoniga qoʻyish rad etilganligi haqida bildirishnomani yuborish.
Ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni davomida
6-bosqich
Malaka komissiyasi
Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida oʻtkazish:
intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;
sanoat mulkiga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi;
sanoat mulki sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.
Nomzod yoki patent vakilini imtihonga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnoma yoʻllangan sanadan boshlab ikki oy ichida
7-bosqich
Adliya vazirligi
Malaka imtihoni jarayonini ovozli videotasvirga tushirish Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilish.
Malaka imtihoni oʻtkazish davomida
8-bosqich
Malaka komissiyasi
Suhbat natijasiga koʻra nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish yoki attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
(Attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan nomzod yoki patent vakili malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan olti oy oʻtgandan soʻng malaka imtihonida qayta ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi)
Malaka imtihoni oʻtkazilgan kunning oʻzida
9-bosqich
Adliya vazirligi
Malaka komissiyasi qarorining bir nusxasini nomzod yoki patent vakiliga yuborish.
Malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida
10-bosqich
Adliya vazirligi
Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan guvohnomani yuborish.
Patent vakilining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnoma va veb-saytda eʼlon qilish.
(Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan oʻchiriladi)
Malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga
Nomzodni patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan avtomatik tarzda yuklab olinadi.

** Oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud boʻlmaganda ushbu diplom nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Nomzodning istagiga koʻra taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga
Patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
(malaka oshirish kursida oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat maʼlumotlari)*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan avtomatik tarzda yuklab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilligiga nomzodlar va patent vakillarini attestatsiyadan hamda patent vakillarini qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazish uchun toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORI

Patent vakilligiga nomzodlar va patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish
BHMning 4 baravari
2.
Patent vakillarini qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazish
BHMning 4 baravari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI
GUVOHNOMA
Ushbu bilan ________________________________________________________________________
Patent vakillari davlat reyestriga 20___ yil “___” ___________________
_________________________ son bilan tegishli yozuv kiritilgan.
Guvohnomaning amal qilish muddati 20___ yil “___”___________________ gacha.
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi oltinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligi soʻzlari” “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” soʻzlari “Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-banddagi “Agentlikda” soʻzi “Vazirlikda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“63. Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent vakillari malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta, keyinchalik attestatsiyadan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Nomzodni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish Vazirlik tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Malaka imtihoni jarayoni uzluksiz ovozli videotasvirga tushiriladi, shuningdek Vazirlikning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilinadi. Malaka imtihoni oʻtkazish jarayoni qayd etilgan videotasvir Vazirlik tomonidan bir yil mobaynida saqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellatsiya komissiyasi nomzodlar yoki patent vakillarining malaka komissiyasi qarori yuzasidan shikoyatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizom talablarini buzadigan xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlarini hamda Vazirlikning belgilangan muddatda attestatsiyadan oʻtmagan patent vakilini Patent vakillari davlat reyestridan (bundan keyin — reyestr) chiqarish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Apellatsiya komissiyasi malaka komissiyasi shakllantiriladigan tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yigʻilishda qatnashayotgan barcha aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar nisbati teng boʻlganda apellatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yozma ravishda tuziladi va apellatsiya komissiyasi raisi hamda boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya komissiyasi qaroriga qoʻshilmagan komissiya aʼzosi oʻz nuqtai nazarini bayon qilishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 20, 22 — 24 va 26-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. Nomzodlar va patent vakillarini attestatsiya hamda patent vakillarini qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazish uchun Vazirlik tomonidan tegishli xarajatlarni qoplash uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda toʻlov undiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-banddagi “investitsiya shartnomasi tuziladi” soʻzlari “majburiy tartibda investitsiya shartnomasi tuziladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning 13-bandi birinchi xatboshisidagi “Vazirlik tomonidan tayyorlanadi” soʻzlari “Vazirlik tomonidan bir oy muddatda tayyorlanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ishlab chiqaruvchi tomonidan maʼlum qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandidagi “boʻlishi mumkin” soʻzlari “boʻladi” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 11-bandning 2-kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligiga” soʻzlari “Adliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-kichik banddagi “Intellektual mulk agentligiga” soʻzlari “Adliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-kichik banddagi “Intellektual mulk agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 7-avgustdagi 622-son qaroriga 2-ilovaning 8 va 39-pozitsiyalari “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Intellektual mulk agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi beshinchi xatboshisidagi “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida” va “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashida (keyingi oʻrinlarda — Apellatsiya kengashi) koʻrib chiqiladigan masalalar turlari, Apellatsiya kengashining huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibi va moliyalashtirish manbalarini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” soʻzlari “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat muassasasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 24-banddagi “Agentlik” soʻzi “Davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 28-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning hisob raqamlariga” soʻzlari “Vazirlikning Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 29-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari” soʻzlari “Vazirlikning Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga 1-ilovaning 10-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Intellektual mulk agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-maydagi 273-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-banddagi “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik banddagi “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Adliya vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
Adliya vazirligi
26.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori
Tarmoq maʼlumotnoma / klassifikatorlari
Qonunchilik tarmoqlarini tasniflash uchun moʻljallangan.
261.
Tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatori
Xalqaro klassifikatorlar
Tovar va xizmatlarni tasniflash uchun moʻljallangan.
262.
Xalqaro patent klassifikatori
Xalqaro patent klassifikatori
Xalqaro patent klassifikatori.
263.
Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori

Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori.
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” boʻlimi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-fevraldagi 83-son qaroriga 1-ilovaning “3.b-vazifa”, 8.10-vazifa va “17.6-vazifa” pozitsiyalari “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” va “Intellektual mulk agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)