Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 7-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2330-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/1-son qarori (roʻyxat raqami 2330, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandida:
beshinchi xatboshidagi “pasportlar toʻgʻrisida, shu jumladan, yoʻqolgan yoki amal qilish muddati tugagan pasportlar oʻrniga berilgan pasportlar” degan soʻzlar “pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar toʻgʻrisida, shu jumladan yoʻqolgan yoki amal qilish muddati tugagani oʻrniga berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “davlat notarial idoralari” degan soʻzlar “notarial idoralar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-may,
5/24-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 10/22/2330-2/0499-son)