Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
313-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovada (Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
a) 16-banddagi “ushbu Nizomga ilova qilingan” soʻzlari “ushbu Nizomga 1-ilovadagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 23-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Davlat oʻrmon kadastri avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimidan foydalanib yuritilishi va unda oʻrmon yerlarini hisobga olishda erni masofadan zondlash, multispektrial kosmik suratlardan foydalanish nazarda tutiladi.
Tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtalar, chiziqlar va poligonlar) oʻzaro bogʻliqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi.
Davlat oʻrmon kadastri boʻyicha tematik qatlamlar atributiv maʼlumotlari quyidagilar asosida:
Oʻrmon boʻlimlari tematik qatlami atributiv maʼlumotlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon kvartallari tematik qatlami atributiv maʼlumotlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon bilan qoplangan yerlar tematik qatlami atributiv maʼlumotlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon bilan qoplanmagan yerlar tematik qatlami atributiv maʼlumotlari ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakllantiriladi”;
g) Nizomga ilova belgisidagi “nizomga ilova” soʻzlari “Nizomga 1-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat oʻrmon kadastrini yuritish sxemasi

1. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Davlat oʻrmon kadastri obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydi.
2. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotlarni oladi.
3. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimi maʼlumotlar bazasiga beradi.
4. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi soʻrovga koʻra Davlat kadastrlari yagona tizimi maʼlumotlar bazasidan Davlat oʻrmon kadastri boʻyicha axborotlar olishi mumkin.
5. Davlat kadastrlari yagona tizimidan foydalanuvchilar soʻrovga koʻra Davlat kadastrlari yagona tizimi maʼlumotlar bazasidan belgilangan tartibda Davlat oʻrmon kadastri boʻyicha kadastr axborotlari olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari stryelkalar bilan belgilangan.”;
e) quyidagi mazmundagi 2 — 5-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻrmon boʻlimlari tematik qatlami atributiv maʼlumotlari
|
Oʻrmon boʻlimining identifikatsiya raqami |
Oʻrmon boʻlimining nomi |
Oʻrmon boʻlimi tashkil etilgan sana |
Oʻrmon xoʻjaligining nomi |
Idoraviy mansubligi |
Oʻrmon boʻlimining joylashgan joyi |
Oʻrmon boʻlimi maʼlumotlari hisobga olingan sana | |
|
|
|||||||
|
|
|||||||
|
|
|||||||
|
|
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻrmon kvartallari tematik qatlami atributiv maʼlumotlari
|
Kvartalning identifikatsiya raqami |
Kvartal raqami |
Izoh | |
|
|
|||
|
|
|||
|
|
|||
|
|
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻrmon bilan qoplangan yerlar tematik qatlami atributiv maʼlumotlari
|
Kontur identifikatsiya raqami |
Maydoni (ga) |
Daraxt nomi |
Oʻrmonlarni koʻpaytirish usuli |
Daraxtlar yoshi boʻyicha mansubligi |
Daraxtlarning oʻrtacha yoshi |
Oʻrmonlarni tashkil qiluvchi asosiy turlar |
Oʻrmonlarning holati |
Bonitet sinfi |
Daraxtlarning zichlik darajasi |
Oʻrmon turi |
Daraxtlar zaxirasi (m³) |
Qiymati (soʻm) | |
|
|
|||||||||||||
|
|
|||||||||||||
|
|
|||||||||||||
|
|
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻrmon bilan qoplanmagan yerlar tematik qatlami atributiv maʼlumotlari
|
T/r |
Kontur identifikatsiya raqami |
Oʻrmon bilan qoplanmagan yerlar (ga) |
|
|
||
|
|
||
|
|
||
|
|
||
|
”. |
2. 2-ilovada (Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
a) 9 va 20-bandlardagi, 22-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish sxemasi

1. DShKni yuritish boʻlinmasi DShKning AGT maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun shaharsozlik faoliyati obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarini toʻplaydi.
2. DShKni yuritish boʻlinmasi oʻz vakolati doirasida oʻz maʼlumotlar bazasini yuritadi, DShK obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarini “OʻzGAShKLITI” DUKning DShKni tashkil etish va yuritish boʻyicha bosh tashkiloti (yoki uning filiallari)ga beradi.
3. “OʻzGAShKLITI” DUK olingan maʼlumotlarni tahlil qiladi va turkumlashtiradi, DShKning AGT maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va DKYaTga axborot beradi.
4. Qurilish vazirligi, “OʻzGAShKLITI” DUK va foydalanuvchilar soʻrovnoma boʻyicha DKYaT maʼlumotlar bazasidan DShK obyektlari boʻyicha axborot olishlari mumkin.
5. “OʻzGAShKLITI” DUKning DShKni yuritish boʻlinmalari, shuningdek, boshqa foydalanuvchilarning DShKning AGT maʼlumotlar bazasidagi zarur axborotlarni erkin olishlarini taʼminlaydi.
* Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari stryelkalar bilan belgilangan.”.
3. 3-ilovada (Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
a) 24-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chiqindilarni koʻmish va utilizatsnya qilish joylari davlat kadastrini yuritish sxemasi

1. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek, boshqa huquqlarning egalari chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari boʻyicha kadastr axborotlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadilar.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari mulkdorlardan va ushbu obyektlarga boshqa huquqlar egalaridan chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarini toʻplaydilar, kadastr yigʻmajildlarini shakllantiradilar va ularni Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasiga beradilar.
3. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi Davlat yer kadastridan hamda Binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotlarni oladi.
4. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi obyekt (chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari) ChKUJDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini DKYaT maʼlumotlar bazasiga beradi.
5. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi soʻrov boʻyicha DKYaT maʼlumotlar bazasidan chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi axborotlarni olishi mumkin.
6. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari obyektlari boʻyicha zarur axborotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga yuboradi.
7. DKYaTdan foydalanuvchilar soʻrovga koʻra DKYaT va ChKUJDK maʼlumotlar bazasidan chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari boʻyicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari stryelkalar bilan belgilangan.”.
4. 4-ilovada (Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi”;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlarining ijrochisi hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni Kadastr agentligi direktori amalga oshiradi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishni metodik taʼminlash Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi”;
g) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish sxemasi

1. Geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajaruvchilar KGDK obyektlari boʻyicha boshlangʻich axborotlarni Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasiga taqdim etadilar.
2. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi taqdim etilayotgan boshlangʻich materiallar talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ularni puxtalashtirish uchun qaytaradi.
3. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi KGDK obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini DKYaT maʼlumotlar bazasiga beradi.
4. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi soʻrov boʻyicha DKYaT maʼlumotlar bazasidan axborotlarni olishi mumkin.
5. DKYaT, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi maʼlumotlar bazasidan foydalanuvchilar soʻrovga koʻra KGDK obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari stryelkalar bilan belgilangan.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)