Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 6-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3025-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 30-apreldagi 19, 8-2018-son qarori (roʻyxat raqami 3025, 2018-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil, 26-son, 524-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-may,
17-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-may,
07-2022-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 19-maydagi 17-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 17-maydagi 07-2022-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. Muqaddima “harbiy taʼlim fakultetlari,” degan soʻzlardan keyin “harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2 yil davomida, 2 va 3-kurslarda” degan soʻzlar “bir yil, 2-kursda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2022-y., 10/22/3025-1/0482-son)