Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 3-iyundagi roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1992-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 29-maydagi 1-mh-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1992-4, 06.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1992, 2009-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan oʻqishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 4-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud tugʻilganlik haqidagi guvohnoma;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-may,
2-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2022-y., 10/22/1992-3/0474-son)