Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2013 12.07.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 771
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

Qishloq va suv xoʻjaligi

vazirining birinchi oʻrinbosari

S. MURODOV

01.06.1999-y. 35/4-84-son

“KELIShILDI”

“Oʻzqishxoʻjtaʼminottuzatish”

Davlat kooperativ qoʻmitasi raisi

N. YUSUPOV

01.06.1999-y.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini texnikani avaylab saqlaganligi va undan samarali foydalanganligi, yonilgʻi-moylash materiallarini tejab sarflaganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 12-iyulda 771-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 21-oktabrdagi 199-sonli “Mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini texnikani avaylab saqlaganligi va undan samarali foydalanganligi, yonilgʻi-moylash materiallarini tejab sarflaganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 771-1, 25.10.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 139-sonli “Qishloq xoʻjaligi texnikasini saqlanishini yaxshilash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tartib Mashina--traktor parklari (keyinchalik MTP deb yuritiladi) tomonidan import va boshqa turdagi qishloq xoʻjalik texnikalaridan foydalangan holda mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni (xizmatlarni) bajarishda qatnashgan mexanizatorlar, tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini, texnikani avaylab saqlaganligi va undan samarali foydalanganligi, yonilgʻi-moylash materiallarini tejab capflaganligi uchun moddiy ragʻbatlantirishga moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Tartibda mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning quyidagi turlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikadan samarali foydalanganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikani avaylab saqlagani va yzoq muddat foydalanganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonilgʻi-moylash materiallaridan tejab foydalanganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikaviy xizmat koʻrsatishni va taʼmirlash xarajatlarini qisqartirganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari xoʻjalik yoki MTPlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini ragʻbatlantirishni qoʻshimcha chora-tadbirlarini qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻzda tutilgan qoʻshimcha haqlar MTPlar “Biznes-reja”sida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan, aksionerlarni umumiy yigʻilishi, xoʻjalik boshqaruvi qarori va kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda har chorakda yoki yil yakunida toʻlanib, “davr xarajatlari”ga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy ragʻbatlantirish maqsadida qoʻshimcha haq toʻlash uchun buxgalteriya hisobotlari asos qilib olinadi. Mexanizatorlarga yil davomida toʻlangan ish haqiga qoʻshimcha sifatida haq toʻlash, belgilangan mexanizatsiya ishlarining yillik hajmi toʻliq bajarilishi bilan birga yuqori unumli texnikaga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashga ketadigan sarf-xarajatlar hajmi belgilangandan ortib ketmagan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizatorlar qisman va butunlay qoʻshimcha haq toʻlanishidan mahrum etilishi mumkin. Bunday holatlarda (mexanizatsiya ishlari sifatiga nisbatan reklamatsiyalarining boʻlishi, 1 motosoatga belgilangan topshiriqlarning bajarilmasligi va boshqalar) aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda ijro organi tomonidan belgilanadi va buyruq asosida aniq sabablari koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Texnikadan samarali foydalanganligi uchun ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizatorlarni traktor yoki kombayn bilan smenada belgilangan ish meʼyorlarini agrotexnik talablar asosida sifatli qilib bajargani uchun, moddiy ragʻbatlantirish maqsadida quyidagi miqdorda qoʻshimcha haq toʻlash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mashinani
‎ishlatilgan
‎yillari‎‏
‎

‎‎Smenada belgilangan meʼyorni bajargani uchun ish turini hisobga olgan holda,
‎qoʻshimcha haq toʻlash miqdori kunlik tarif stavkalariga nisbatan
‎foiz hisobida
‎

Traktorlarda‎

Kombaynlarda‎

2‎ -‎ 4‎
3‎ 6‎ 6‎
4‎ 8‎ 8‎
5‎ 10‎ 10‎
6‎ 12‎ 12‎
7‎ 15‎ 15‎
8 dan yuqori‎ 20‎ 20‎
‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Mexanizatorlar smenada belgilangan normani bajargani uchun ish turini hisobga olgan holda qoʻshimcha haq toʻlash foizlarini ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, koʻpaytirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini texnikani uzoq muddat ishlatgani uchun mexanizatorlarga hisoblangan qoʻshimcha haq hisobidan 15 foiz chegirib qolingan mablagʻ hisobiga qoʻshimcha haq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikadan samarali foydalanganligi uchun qoʻshimcha haq ekin turlari boʻyicha ishlangan texnologik kartalarda rejalashtirilgan 20 foiz joriy mukofot fondi hisobidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol: 1995-yilda ishlab chiqarilgan “Magnum-7240” traktorini mexanizator 4 yil mobaynida ishlatib kelmoqda. U oktyabr oyida 25 ish kunida 300 gektar yer maydonni shudgorlagan. Xoʻjalikda 1 ish kuni uchun 8 gektar yer haydash meʼyori belgilangan boʻlib, 25 ish kunida 37,5 smenalik (300: 8) ish bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik boshqaruvining yoki aksiyadorlik jamiyati qarori bilan har oyda texnikani yaxshi saqlagani va samarali foydalanganligi uchun qoʻshimcha haq belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer haydashga “b” razryad bilan, mexanizatsiya ishining tarif stavkasi boʻyicha 169 soʻm 23 tiyin ish haqi belgilanadi. Belgilangan tartib boʻyicha 4 yil davomida traktorni ishlatgani uchun kunlik tarif stavkasining 8 foizi miqdorida qoʻshimcha haq belgilanishi kerak. Tarif stavkasining 8 foizi 13,54 soʻmni (169,23 x 8) : 100) tashkil etadi va bajarilgan 37,5 kunlik ish meʼyori uchun 507,75 soʻm (37,5 x 13,54) qoʻshimcha haq hisoblanadi va uning 15 foizi 76,16 soʻmni chegirib qolib, 431,59 soʻmni mexanizatorga, chegirib qolingan 76,16 soʻmni esa tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini ragʻbatlantirish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Texnikani avaylab saqlagani va uzoq muddat foydalangani uchun moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya muddati oʻtgandan keyingi yillar uchun mexanizatorga boshqargan texnikasidan qilingan sof foydaning birinchi yili uchun 5 foiz, ikkinchi yili uchun 1.0 foiz va uchinchi yili va keyingi yillar uchun 15 foiz miqdorida qoʻshimcha haq berish tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya muddati tugagan texnikalarga mulk egalarining roziligi bilan va Davlat mulk qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda, mazkur texnikani uzoq muddat foydalanishda va saqlashda ishtirok etgan mexanizatorlarga sotilishi mumkin. (“Magnum”, “Keys”, “Maral” va boshqa rusumli import texnika vositalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yonilgʻi-moylash materiallaridan tejab foydalanganligi uchun ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonilgʻi-moylash materiallarini tejab sarflashda moddiy manfaatdorlikni oshirish maqsadida yonilgʻi-moylash materiallarini belgilangan sarflash meʼyorlariga nisbatan tejagani uchun quyidagi tartibda moddiy ragʻbatlantirish belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnika vositasi bilan bajarilgan ish agrotexnik sifat talablariga javob bergan taqdirda traktorchi-mashinistlarga tejalgan yonilgʻi-moylash materiallari qiymati shartnoma shartlarida koʻrsatilgan tartibda xoʻjalikning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ish haqi tariqasida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonilgʻi-moylash materiallarining qiymati ish bajarilgan davrdagi “Biznes-reja”da koʻrsatilgan narxlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonilgʻi-moylash materiallarini tejagani uchun mukofot berish va ularni ortiqcha sarflashga yoʻl qoʻyilganligi uchun oylikdan chegirib qolish, hisob-kitoblarini har chorakdan keyin amalga oshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonilgʻi-moylash materiallarini asossiz ravishda ortiqcha capflanishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarda yuridik, mansabdor shaxslar va bevosita sarf-xarajatlarga yoʻl qoʻygan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizator bilan rahbar oʻrtasidagi tuzilgan shartnomada bu tartibni bajarish yuzasidan tomonlarning mulkiy javobgarligi aniq oʻz aksini topishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Texnikaviy xizmat koʻrsatish va taʼmirlash xarajatlarini qisqartirganligi uchun ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikaviy xizmat koʻrsatish va taʼmirlash xarajatlarini qisqartirganlik uchun mexanizatorlarni ragʻbatlantirishda har bir texnika vositasi uchun bir yillik xarajatlar meʼyorlari MTP va xoʻjaliklarda ishlab chiqilib, “Biznes-reja”ga kiritilgandan soʻng (aksiyadorlarning) umumiy yigʻilishida tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ragʻbatlantirish tartibini quyidagicha amalga oshirish tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: T-4 rusumli haydov traktorini kapital taʼmirlashdan texnik qarov xarajatlaridan tashqari 1999-yilda ehtiyot qismlar qoʻyish uchun 50 ming soʻm sarflash rejalashtirilgan boʻlsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mexanizatorlar yil davomida 40 ming soʻmlik ehtiyot qism sarfladi. U holda tejab qolgan mablagʻni 70 foizi yoki 7 ming soʻmni mexanizatorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mexanizator belgilangan rejadagi 50 ming soʻmdan ortiqcha sarf qilishga yoʻl qoʻysa, bunga asosli sabab boʻlmasa meʼyordan oshiqcha ehtiyot qism sotib olish uchun ketgan xarajatni mexanizator oʻz hisobidan qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z. Shuningdek, mexanizatorlarni moddiy ragʻbatlantirishda qishloq xoʻjalik mashinalari shinalari, akkumulyatorlardan samarali foydalanish va ularni xizmat muddatlarini uzaytirish choralarini belgilovchi tartiblarni qoʻllash tavsiya etiladi.