01.06.2022 yildagi 291-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, bunda yer usti metro liniyasiga yaqin hududda istiqomat qilayotgan aholiga qulay sharoitlarga ega boʻlgan dam olish va sogʻlomlashtirish zonalarini barpo etish hamda xizmat koʻrsatish va servis sohasida qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2979-son qarori doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzunligi 11,2 kilometr boʻlgan “Doʻstlik-Qoʻyliq” va 6,9 kilometr boʻlgan “Sergeli-Olmazor” yoʻnalishlari boʻyicha yer usti metro liniyasi barpo etilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzunligi 8,5 kilometr boʻlgan “Qoʻyliq — Quruvchilar” yoʻnalishida hozirda qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer usti metro liniyasining konsepsiyasiga asosan 2023 — 2025-yillarda bosqichma-bosqich metroning keyingi yoʻnalishlarida qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi va Transport vazirligining Ohangaron shoh koʻchasida joylashgan Toshkent metropolitenining “Doʻstlik-Qoʻyliq” yer usti metro yoʻnalishi 1 — 5 bekatlari oraligʻidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida piyodalar va velosiped yoʻlaklari, avtoturargohlar, aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar, bolalar va sport maydonchalarini tashkil etish hamda hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent metropolitenining yer usti metro yoʻnalishlari ostida joylashgan Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUKga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer maydonlari xatlovdan oʻtkazilgan holda ularning yer usti metro yoʻnalishlari faoliyatiga taʼsir qilmaydigan qismi (metro ustunlari va ustunning ikki metr radiusidan tashqari qismi) Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga olingan yer maydonlari shahar arxitektura qiyofasini saqlagan holda fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun “E-Auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — auksion savdolari) orqali 5 yil muddatga ijara huquqi bilan, istisno tariqasida, 12 oyda teng ulushlarda boʻlib toʻlash sharti bilan savdoga chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion savdolari orqali olingan yer uchastkalarida savdo va xizmat koʻrsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari, kitob doʻkonlari, shuningdek, avtoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlarini (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalar) barpo etishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUKga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer maydonlarining yer usti metro yoʻnalishi faoliyatiga taʼsir qilmaydigan qismini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda xatlov natijalari boʻyicha aniqlangan yer maydonlarini belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vazirligi Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUK birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalarni joylashtirish va muvofiqlashtirish, bunda yer usti metro yoʻnalishlari tayanch ustunlari va metro yoʻliga zarar yetkazmaslik, yertoʻla qismini qurmaslik hamda metro tayanch ustunlari himoya hududini muhofaza qilish talablarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer usti metro yoʻnalishlari ostida joylashgan yer uchastkalarida ruxsat berilmaydigan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi va Qurilish vazirligi bir oy muddatda Toshkent metropolitenining “Doʻstlik-Qoʻylik” yer usti metro yoʻnalishi 1 — 5 bekatlari oraligʻidagi yer maydonlarida tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish konsepsiyasini tasdiqlasin hamda qurilish-montaj ishlari shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilingan holda bajarilishini qatʼiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/291/0466-son)